Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet9/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
narx (tarif) oshirilishini rad etish to‘g‘risida (narx yoki tarifni amaldagi darajada saqlash to‘g‘risida);
narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to‘g‘risida.
Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoxud amaldagi narx (tarif)ni yoki monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taklif etilayotgan narx (tarif)ni ushbu Nizom talablariga muvofiq asoslangan narx (tarif) darajasigacha o‘zgartirish yo‘li bilan, yoxud monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan darajada qoldirilgan holda amalga oshiriladi.
Narxni tartibga soluvchi organ o‘z qarori to‘g‘risida monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyektini yozma ravishda xabardor qiladi. Narx (tarif) oshirilishi rad etilgan taqdirda yozma bildirishnomada rad etishning asosi ko‘rsatiladi.
26. Narxni tartibga soluvchi organ tomonidan narx (tarif)ning deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi)da (mazkur Nizomga 9-ilova*) ko‘rsatilgan sana monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ning amalga kiritish sanasi hisoblanadi.
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) to‘g‘risidagi qarori tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda e’lon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova*) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova*) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektga, ikkinchi nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga va uning hududiy organlariga (keyingi o‘rinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) narxni (tarifni) hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflar (xarajatlar)ning bitta satri summasi sarflar (xarajatlar)ning boshqa turi satri summasi o‘zgarishi hisobiga o‘zgarganda monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti ushbu o‘zgarish to‘g‘risida, tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 1-ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga soluvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
* 1 va 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash tartibi
(V-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tovarlarning ayrim turlariga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z vakolatlari doirasida, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish ushbu Nizomning III bo‘limida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
30. Ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar davlat boshqaruvi tegishli organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni taqdim etadi. Davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar to‘liq hajmda olingandan keyin bir hafta muddatda quyidagi xatti-harakatlardan birini amalga oshirishi shart:
hujjatlar iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qaytaradi;
taqdim etilgan hujjatlarni narxlarni tartibga soluvchi organga kelishish uchun yuboradi.
31. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasi bilan birgalikda quyidagi tartibda narxlarni tartibga soluvchi organga yuboriladi:
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
davlat boshqaruvi organi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, hududiy joylashishi bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalariga.
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish ushbu Nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni shakllantirish va belgilash tartibi ushbu Nizomning III va IV bo‘limlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Narxlari (tariflari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlar (tariflar)ni:
normativ hujjat chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar unda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa);
narxlar (tariflar), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent o‘zgarganda narxlarni tartibga soluvchi organda tasdiqlashi (kelishib olishi) shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlari (tariflari) Hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlarni tartibga soluvchi organda narxlar (tariflar)ni:
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
normativ hujjat yoki Hukumat topshirig‘i chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar ularda boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa);
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
narx (tarif), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent o‘zgarganda deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi, kelishib olishi) shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling