Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish


Download 0.59 Mb.
bet10/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
239 28.10.2010

VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish
33. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) to‘g‘ri shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya qilish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazadi va o‘rganadi (tahlil qiladi).
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Nazoratni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organidan, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektidan narxlarni tartibga soluvchi organga taqdim etilgan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning hisob-kitobini asoslaydigan materiallarni so‘rashga haqlidir.
Birja (auksion) savdolarida shakllanayotgan narxlarni nazorat qilish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi har kuni birja (auksion) savdolar tashkilotchilari tomonidan birja (auksion) savdolariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan tovarning tegishli nomenklaturasi bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlardan, shuningdek sotilgan tovar narxlarining o‘rtacha birja narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan va birja (auksion) savdolarida shakllangan narxlardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Monopoliyaga qarshi davlat organi belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini bajarish, shuningdek tahlil qilish davomida mazkur Nizom talablari buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq ish qo‘zg‘aydi va tegishli qaror qabul qiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Ushbu Nizom talablari buzilishiga quyidagilar kiradi:
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirish, birja (auksion) savdolari natijasida shakllangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘llanish;
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonunchilikka muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olish;
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilishi;
tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilg‘i-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirish, bundan texnologik buzilishlarning oldini olishga yoki davlat organlarining ko‘rsatmalarini bajarishga yo‘naltirilgan yengib bo‘lmaydigan kuch, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hollari mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling