Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Agrobiznes va uning turlari


Download 0.98 Mb.
bet43/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Agrobiznes va uning turlari
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‗jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo‗jaligi bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyat bilan shug‗ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‗jaligiga texnikaviy, ta‘mirlash xizmat ko‗rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‗g‗inlarni qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‗jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko‗rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va birlamshi bo‗g‗ini fermer va derqon xo‗jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‗jaliklar o‗z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‗zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mexnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‗jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va Mehnat bevosita qo‗shiladi, bu esa yuqori samarani ta‘minlaydi. Fermer xo‗jaliklari mustaqil tuzilma bo‗lish sababli o‗z faoliyatini bozor konyukturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo‗jaligining yashovshanligini ta‘minlaydi.
Respublikada islorotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqishlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo‗jaliklari, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‗rsatishi lozimligini ta‘kidlab o‗tgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xo‗jaligini fermerlashtirish agrar islorotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zahar ko‗rib ishlash natijasida og‗ir arvolga tushib qolgan davlat xo‗jaliklarining tarkibi fermer xo‗jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‗jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo‗jaliklari uyushtirish hamda derqonning o‗z mol-mulki negizidan bunday xo‗jaliklarni derqon xo‗jaligi tashkil qilish yo‗li bilan boradi. Fermer xo‗jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‗rsatadi. Fermer va derqon xo‗jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‗zbekiston respublikasining «Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida»gi, ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi, ―qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida‖gi qonunlarga hamda qishloq xo‗jaligida islorotlarni shuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va rukumat qarorlariga asoslanadi.
Bu qonuniy aktlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustarkamlab qo‗yildi. Shu bilan, birga bu xo‗jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‗li bilan ularni rimoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo‗jaliklarini rivojlantirishni rag‗batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada Respublikada 2001 yil boshiga kelib fermer xo‗jaliklari soni 43800 dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xo‗jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 889,7 ming gektarni tashkil qilib, bir xo‗jalik ixtiyoridagi yer maydoni 20,3 gektarga to‗g‗ri keladi. 2000 yilda fermer xo‗jaliklarida butun qishloq xo‗jalik mahsulotlarining 5,1 foizi yetishtirilgan.
Respublikada fermer xo‗jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‗rsatuvshi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlovshi kishik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma‘lum turdagi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigasha qayta ishlashni qo‗shib olib boradigan korxonalardir.
Agrofirmalar ham qishloq xo‗jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste‘molga tayyor bo‗lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, shunonshi oilaviy xo‗jalik asosida ham tashkil topib, kishik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‗liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvshi bir nesha xo‗jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, Bog‗dorshilik va uzumshilik bilan shug‗ullanuvshi xo‗jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovshi sex va zavodlar, yetkazib beruvshi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokshilari ishlab chiqarish, xo‗jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling