Fanidan o„quv-uslubiy majmua
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING O„QUV DASTURI
Download 0.98 Mb.
|
Sharqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o„qitishdan maqsad
- Fanning vazifasi
- Fan bo„yicha talabalarning bilimiga, ko„nikma va malakasiga qo„yiladigan talablar
- bilishi kerak
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING O„QUV DASTURIKirish Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‗jalik qaror topmoqda va uinng institutsional jihatlari takomillashmoqda. Transformatsiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo‗lishi va uning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishi o‗ziga xos tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va qonuniyatlar shakllanadi. O‗zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo‗nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o‗rganish, barcha jamiyatlarga xos bo‗lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo‗lish, nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg‗ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o‗rganish zaruriyatini izohlaydi. O„quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o„qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g‗oyalar va yondoshuvlar evolyutsiyasini aniq tushunchalar orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi ustuvor yo‗nalishlarini o‗rgatishdan iborat. Fan bo„yicha talabalarning bilimiga, ko„nikma va malakasiga qo„yiladigan talablar ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani mavzularini o‗zlashtirish jarayonida bakalavr: iqtisodiy nazariyaning asosiy g‗oyalari, tushuncha, kategoriya va tamoyillari, yondoshuvlari, umumiqtisodiy fanlarning o‗zaro mantiqiy bog‗liqligini bilishi kerak; ma‘ruza materiallarini o‗zlashtirish orqali milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, jahon xo‗jaligi shakllanish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tushuna olish, iqtisodiy tushunchalar va atamalarning amaliy namoyon bo‗lish shart-sharoitlari, omillarini tahlil qilish va iqtisodiy voqelikni ilmiy mushohada(idrok) etish ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak; iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishi va yechimi, asosiy ta‘limot va nazariyalarni tushunish orqali milliy iqtisodiyotning amal qilishi, boshqarilishi va bozor islohotlarini chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‗liq ilmiy va amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish malakalariga ega bo„lishi kerak. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling