Aholi turmush darajasi statistikasi reja
Download 489.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Aholi turmush darajasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy daromadlar
Aholi turmush darajasi statistikasi REJA: 1. Aholi daromadlari turlari, tarkibi va shkllanish manbalari. 2. Aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari. 3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi daromadlari shakllanishiga ta’siri. Aholi daromadlari turlari, tarkibi va shakllanish manbalari. Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. "Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani ko’rsatadi. Bu o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin: Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuidir. 1 Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig’indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq. Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir: tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); investitsiya boyliklari; mehnat; tadbirkorlik faoliyati. Har bir sanab o’tilgan omillarga daromad - renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik daromadining boshlang’ich shaklini oladi. 2 Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki: bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha aks ettirmaydi; 1 Abdurahmonov Q.H. Mehnat iqtisodiyoti.Darslik.-T.:Mehnat, 2009 2 РадкоС.Г. Трудовой потенциал социально-экономическая категория. СПБ.: Просвещения, 2010 г. 140 с. boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama- qarshiliklarga olib keladi; har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi. Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. Aholi jami daromadlari tarkibi 1-rasmda ko’rsatilgan. Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi. Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi. 1-rasm. Aholi daromadlarining tarkibi Download 489.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling