Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar
Download 0.98 Mb.
|
Sharqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari
4.Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar Iqtisodiy fanlar shartli ravishda ikki guruhga bo‗linadi:
1) Umumiqtisodiy fanlar, ya‘ni iqtisodiyotni yaxlit olib o‗rganuvchi fanlar; 2) Xususiy iqtisodiy fanlar – iqtisodning u yoki bu sohasini yoxud korxona iqtisodini o‗rganuvchi fanlar. Iqtisodiyot nazariyasi butun bir kompleks fanlar, ya‘ni tarmoqlar iqtisodiyoti (savdo, sanoat, transport, qurilish iqtisodiyoti va r.k.), funksional iqtisodiyot (moliya, kredit, marketing, menejment, istiqbolni belgilash va boshqalar); tarmoqlararo iqtisodiyot (iqtisodiy geografiya, demografiya, statistika va boshqalar) kabi fanlarning metodologik asosidir. Iqtisodiyot nazariyasining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bilimlar oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa harakatga olib keladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosat asosida yotishi kerak, bu orqali esa xo‗jalik amaliyoti sohasini yoritishi lozim. Harakat (amaliyot) bilishga, bilish-oldindan ko‗ra bilishga, oldindan ko‗ra bilish esa to‗g‗ri harakatga olib keladi. Iqtisodiy siyosat ijtimoiy ishlab chiqarish, ne‘matlarni taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadlarga qaratilgan tadbirlari tizimidir. U jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini aks ettirmog‗i lozim va milliy iqtisodiyotni mustarkamlashga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 5.Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlariOdamlar yashash uchun iste‘mol qilishlari kerak; oziqovqat yeyishlari, kiyimkechak kiyishlari, ma‘lum turarjoy sharoitlariga ega bo‗lishlari lozim. Odamlarga zarur bo‗lgan bu narsalar tabiatda tayyor holda mavjud bo‗lmaydi. Moddiy ne‘matlarning manbalari mavjud bo‗lsada, ularni iste‘molga yaroqli narsalarga aylantirish uchun insonga kuchquvvat, aqlidrok berilgan. Aqlidrokni ishga solib, kasbkorni egallab, moddiy imkoniyatlardan o‗z rizqini hosil qilish insonlar YAIMasiga yuklatildi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko‗p. Ular iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, ma‘naviy va ratto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Ular orasida ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar ustuvor ahamiyatga ega, chunki ularni qondirishning o‗zi inson uchun birlamchi zarurat, bu ishlab chiqarishning rivojlanishini ta‘minlaydi. Odamlar madaniyat, san‘at, siyosat va boshqa qandaydir ijtimoiy faoliyat bilan shug‗ullanishlaridan avval, ularning birlamchi ehtiyojlari - ovqatlanish, kiyinish, boshpanaga ega bo‗lish, Mehnat qilish ehtiyojlari yuzaga chiqishi tabiiy.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o‗zining turidan qat‘i nazar, jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan daraja; jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzumi; hayot kechirishning tabiiygeografik sharoiti; tarixiymilliy an‘analar va odatlar bilan bog‗lanib ketadi. Muhokama uchun matn: Iqtisodiyot qoloq bo‗lsa, ehtiyojlar doirasi tor bo‗ladi. Aksincha, iqtisodiyot yuksak bo‗lsa, ehtiyoj keng va xilmaxil bo‗ladi. Shu jihatdan o‗rta asrdagi ehtiyoj bilan hozirgi asr ehtiyojini solishtirib bo‗lmaydi. Yoki postindustrial bosqichdagi jamiyat ehtiyojlari bilan an‘anaviy iqtisodiyotlardagi kishilar ehtiyojlari hajmi va tarkibi o‗rtasida ham katta tafovutlar yuzaga chiqadi Ehtiyoj inson hayotining ajralmas qismidir. Ammo, ehtiyoj inson uchun tug‗ma belgi emas, u nasldannaslga o‗tmaydi ham. U jamiyatda insonning sub‘ektiv xususiyatiga bog‗liq holda yuzaga keladi. Shu sababli kishilarda u yoki bu ne‘matni afzal ko‗rish mavjud. Ehtiyojlar xilmaxilligidan bir odamning ehtiyoji boshqasinikiga o‗xshamaydi, chunki u qat‘iy ravishda yakkalashgan. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojni guruhlarga bo‗lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi.
Ehtiyojlar kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy arvoli, kasbi, Mehnatining turi kabi omillarga bog‗liq. Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan kishilarning yakka ehtiyojlaridan iborat ekan, umumiy ehtiyojga aholining soni va tarkibi ham ta‘sir qiladi. Keyingi 200 yil ishida yer yuzidagi aholi soni deyarli 5 marta ko‗paydi. Bu ehtiyojga ta‘sir etmay qolmaydi, albatta. Aholining yosh, jins, ma‘lumot va kasb jihatidan tarkibiga, uning sanoat, qishloq xo‗jaligi, ilmma‘rifat sohalarida band bo‗lishiga qarab jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar har xil miqdorda va turlarda shakllanadi. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to‗xtovsiz yangilanib borishidan iborat. Bunday jarayon barcha ijtimoiyiqtisodiy tizimlarda mavjud bo‗lgan. Insoniyat paydo bo‗lgan davrdan boshlab shu kungacha ehtiyojlarning o‗sishi kuzatiladi. Ehtiyojni qondirishga intilish har doim iqtisodiy o‗sishni ta‘minlab kelgan. Ehtiyoj o‗sishining to‗xtashi jamiyat hayotining to‗xtashini bildiradi. Bu esa mutlaqo mumkin emas.
Iste‘molsiz ehtiyoj yuzaga kelmaydi, chunki faqat iste‘mol jarayonida mahsulot va xizmatlarning naqadar foydaliligi, ya‘ni ehtiyojni qondira olish xususiyatlari amaliy sinovdan o‗tadi. Shundan so‗nggina yangi ehtiyoj tarqalib, ommaviy tus oladi. Ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarish yuritiladi. O‗z navbatida ishlab chiqarish yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling