Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Download 0.98 Mb.
|
Sharqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning ishlab chiqarishdagi o„rni
- Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
- Asosiy qism
Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani 1 – blok fani hisoblanib, bakalavriat bosqichining Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‗yicha) yo‗nalishida 1-semestrida, boshqa barcha talim yo‗nalishlarida 5- semestrda o‗qitiladi. Ushbu o‗quv dasturiga kiritilgan savollar o‗quv rejasidagi matematik va tabiiy-ilmiy fanlar - «Axborot texnologiyalari», «Oliy matematika», umumkasbiy fanlar ‖Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖, ―Mikro- va makroiqtisodiyot‖, ―Iqtisodiy statistika‖, ―O‗zbekiston iqtisodiyoti‖, ―Moliya va kredit‖ kabi fanlarning dasturlari bilan uzviy bog‗liq va uslubiy jihatdan o‗zaro bir-birini to‗ldiruvchi mazmundadir. Fanni o‗qitishda shuningdek, zamonaviy iqtisodiy nazariya va ta‘limotlariga, rivojlangan, rivojlanayotgan va bozor transformatsiyasi mamlakatlariga xos bo‗lgan tendensiya va qonuniyatlarga tayaniladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o„rni ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligi va farovonligi, uning globallashuv shart-sharoitlaridagi faoliyati, axborotlashuv darajasi qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy tafakkur tarzini va ob‘ektiv voqelikni idrok etish salohiyatini kengaytirishda nazariy-ilmiy va uslubiy asos bo‗lib xizmat qilaveradi. Ushbu fanning ob‘ekti kengayadi, predmeti toraymaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ umumiqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarini nazariy jihatdan tadqiq etadi, turli jamiyatlarda namoyon bo‗lish xususiyatlarini aniqlaydi, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi yangi tushunchalar va atamalarning ishlab chiqilishida salmoqli rol o‗ynaydi. Shuningdek, boshqa iqtisodiy fanlar uchun uslubiy-nazariy ishlanmalarni, yondoshuvlarni, g‗oyalarni taqdim etadi. Shuning uchun bu fanni o‗rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yuqoridir. Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini yuqori darajada o‗zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot texnologiyalarini ushbu jarayonga tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda, fan bo‗yicha bilim berishda va o‗qitishda ko‗rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, interaktiv va masofaviy usullardan keng foydalaniladi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo‗mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, yetakchi iqtisodchi-nazariyotchi olimlar tomonidan nashr etilgan statistik va tahliliy to‗plamlar, monografik izlanishlar natijalaridan keng foydalaniladi. Asosiy qism Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling