Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Download 1.07 Mb.
|
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org
2.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlariMa‘lumki, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning umumjahon voqeasiga aylanishi XX asrning muhim belgisidir. Insoniyat tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni samarali ral eta oladi, xususan: muttasil ravishda ishlab chiqarishni o‗stirib, to‗kinchilikni ta‘minlash; tejamli xo‗jalik yuritib, barcha resurslardan oqilona foydalanish; v) ommaviy farovonlikni ta‘minlash; g) mazmuni yoki shaklidan qat‘i nazar ralol va samarali Mehnatning qadriga yetish; d) umuminsoniy ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tadbiq etish. Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonunqoidalari umum insoniy, ammo boriladigan marra bir xil bo‗lsada, uning yo‗llari har xildir. 3.Bozor turlari va tuzilishi YUqorida qayd qilinganidek, bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi. Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi - asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi 18-19 asrlarda bo‗lgan. Uning ba‘zi bir alomatlari rozir ham ushrab turadi.
Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, uning o‗zaklari tez o‗zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to‗g‗onlar, suv omborlari bo‗lmaydi. Bunday daryo nafaqat obihayot olib keladi, balki uning toshqinlari qirg‗oqlarni yuvib ketish bilan talafot ham keltiradi. Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U sivilizatsiyalashgan yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi.
Shu boisdan jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o‗rtasida to‗qnashuvlarga o‗rin qolmaydi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o‗tish deganda sivlizatsiyalashgan iqtisodiyot sari borish tushuniladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling