Fanidan o„quv-uslubiy majmua


– ilova. O`quv materiallari


Download 1.07 Mb.
bet183/236
Sana20.11.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1788139
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236
Bog'liq
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org

1 – ilova.
O`quv materiallari


    1. Muammoli vazifa

Jahon xo`jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlarini aniqlang va uni bartarf etuvchi yo`llarni ko`rsating.




    1. Uslubiy ko`rsatma: xarakat ketma-ketligi (algoritm)
  1. Muammoni savol shakliga keltiring.


  2. Asosiy masalani shakllantiring, uning yechimi muammoli savolga javob berish darajasida bo`lsin.


  1. Milliy iqtisodiyot holatini tavsiflash imkonini beruvchi asosiy mezonlarni


  2. (belgi, tahlil yo`nalishi) ayting.


  3. Echish algoritmini tuzing.


  4. Jamoa bo`lib tanlangan ko`rsatkichni baholang, ularni yoritish ketma-ketligini o`rnating.


  5. Milliy iqtisodiyot holatini baholash bo`yicha tanlangan ko`rsatkich asosida bir qator kichik muammolarni shakllantiring va jadvalga yozing.


  6. ―Echimning mazmuni‖ ustuniga ularni aniqlash, hisoblash algoritmini (formulasi,


  7. tartibini) yozing. Muammoni yechish jadvalini to`ldiring.


  8. Siz tomonigizdan keltirilgan ko`rsatkichning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatini yoriting va oraliq xulosalarni shakllantiring va yozing.


  9. YAkuniy xulosani aniq va lo`nda qilib shaklantiring.


2 – ilova. Ish tartibi va reglament

  1. Muammoni yechish va prezentatsiya varog`ini yozish uchun guruhda ishlashga - 20 min.


  2. Muammo yechimini prezentatsiya qilish – 8 min. gacha.


  3. Jamoa bo`lib muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish - 10 min. gacha.


  4. O`zaro baholash – 1 min.


3 – ilova. Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari

Har bir guruh boshqa guruhlar taqdimotni baholaydi, mezonlar bo`yicha ballarni jamlaydi.


Baholash ko`rsatkichlari va mezonlari


Maksimal ball


1 guruh

2 guruh

3 guruh

Echimlar:



1,2









- muammoni va quyi muammoni to`g`ri shakllantirish;


0,4










- yechimni muammo va quyi muammo shakliga mos kelishi;


0,4










- mantiqiylik, aniqlik, xulosalarni qisqaligi.


0,4










Taqdimot:




1,4









- javoblarni aniqligi va tushunarliligi;


1,0










- har bir guruh ishtirokchisining faolligi (savollar, qo`shimchalar).


0,4










Reglament




0,4









Umumiy ballar yig`indisi




3,0









Guruh ishini umumlashtiruvchi baho

Guruh

1

2

3

Umumiy ball


Baho
(umuiy ball 2 ga bo`linadi)


2,2 -3 ball – «a‘lo»
1,2 - 2 ball – «yaxshi»
0,5 – 1,1 ball – «qon-li»
0-0,5 ball – «yomon»

1.

-













2.




-










3.







-









IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN REYTING TIZIMI

I.Umumiy qoidalar


  1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning yangi sifat bosqichida oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishdan maqsad mamlakatimizda ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‗zlashtirishida bo‗shliqlar hosil bo‗lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir. Oliy o‗quv yurtlarida talabalarning bilim darajasi asosan reyting tizimi bo‗yicha baholanadi. Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash – talabaning butun o‗qish jarayoni davomida o‗z bilimini oshirishi uchun muntazam ishlashi hamda o‗z ijodiy faoliyatini takomillashtirishini rag‗batlantirishga qaratilgan. Reyting tizimi mamlakatimizda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning sifat ko‗rsatkichlarining jahon andozalari hamda xalqaro mezonlarga muvofiqligini ta‘minlashga qaratilgan.


Kafedrada o‗qitiladigan fanlar bo‗yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‗rsatma


O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlari va O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―Oliy ta‘lim muassalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi Nizom (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta-maxsus ta‘lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug‗i bilan o‗zgartirish kiritilgan), fanning Namunaviy o‗quv dasturi hamda Ishchi o‗quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy ko‗rsatma fanlardan talabalar bilimini baholashda, shuningdek talabalar uchun ham mazkur fanni o‗zlashtirish jarayonida qanday ballar to‗plash mumkinligi haqida tasavvurga ega bo‗lishda muhim o‗rin tutadi.
  1. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimi quyidagi vazifalarning bajarilishini ko‗zda tutadi:


  1. talabalarda Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va


malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;


  1. talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta‘minlash;


v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda


o‗zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum
qilish; ye) talabalarning fanlar bo‗yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash; yo) o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
  1. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi


  1. Nazorat turlari, uni o‗tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta‘lim muassasasining (fakultet) o‗quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‗quv dasturida mashg‗ulot turlari bilan birgalikda ko‗rsatiladi.


  2. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi.


  3. Talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi:


    1. joriy nazorat – (JN);


    2. oraliq nazorat – (ON);


    3. yakuniy nazorat – (YaN);




Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlarida og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin. Talabaning bilim darajasi, eng avvalo, uning auditoriyada dars o‗tish jarayonidagi faolligi, o‗tilgan mavzularni o‗zlashtirish darajasi orqali quyidagicha aniqlanadi:
    1. ma‘ruzani sifatli konspektlashtirish darajasi, tinglash, o‗qituvchi tomonidan tashkil etilgan mavzuga oid bahs va munozaralarda faol ishtirok etish;


    2. amaliy (seminar) mashg‗ulotlarni konspektlashtirish darajasi, unga tayyorgarlik ko‗rish, misol, masala, test, keys-stadi va boshqalarni ishlab chiqishda faol qatnashish va h.k.


Barcha fanlardan talabaning semestr davomida o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan JNga jami ballning 40%, ya‘ni 40 ball ajratilgan. JN tarkibiga talabalarning ma‘ruza, amaliy va seminar darslariga faol qatnashishlari, uy vazifalarini bajarishlari, misollar, masalalar, yozma ish, nazorat ishlari, test va keys-stadilarni yechishlari hamda mustaqil ishlar (referat, Prezident I.A.Karimov asarlari, shuningdek iqtisodiyotga oid O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarni konspekt qilish hamda fanning ayrim mavzularini mustaqil o‗rganish) bo‗yicha topshiriqlarni bajarishlari natijasida to‗plagan ballari kiradi. Talabalarning fanni o‗zlashtirishlari bo‗yicha nazorat turlari ichida ―oraliq nazorat‖ (ON) muhim ahamiyat kasb etadi.


Oraliq nazorat (ON) semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‗p o‗tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. ONda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ONga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratish tavsiya etiladi. ON yozma ish, nazorat ishi, test, og‗zaki savol-javob va boshqa ko‗rinishlarda o‗tkazilishi mumkin.
Har bir professor-o‗qituvchi o‗zining ixtiyoridan kelib chiqqan holda ONni yuqorida keltirilgan ko‗rinishlaridan birini tanlab oladi. Oraliq nazoratni yozma ish shaklida o‗tkazilganda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzib olinadi. Oraliq nazorat test shaklida o‗tkazilsa, u holda 10 ta test savolidan kam bo‗lmagan variantlar tuziladi. Agar oraliq nazorat og‗zaki savol-javob tarzida o‗tkazilsa, u holda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzilib, ular asosida talabaning bilimi baholanadi. Fan bo‗yicha bir semestr davomida ikki marta ON o‗tkazish rejalashtirilgan. Har bir oraliq nazorat bo‗yicha talabaning bilimini 15 balldan, jami 30 ballga qadar baholash mumkin. ONlar TDShIda ishlab chiqilgan kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorati jadvallari asosida o‗tkaziladi.
Har bir professor-o‗qituvchi belgilangan kunlarda oraliq nazoratni o‗tkazib, talabalarning olgan ballarini tegishli guruh jurnaliga, kafedra va dekanatdagi oraliq nazoratlarni qayd qilish jurnallariga yozib qo‗yishlari shart.
Yakuniy nazorat (YaN) odatda semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi. Yakuniy baholashga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratilgan.
  1. Oraliq nazoratni o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o‗tkaziladi.


  2. Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‗tkazish jarayoni davriy ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o‗tkaziladi.


  3. O‗quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko‗ra talabalarni keyingi kursga o‗tkazish to‗g‗risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.


Fan bo‗yicha talabaning JN, ON va YaNdagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi har bir semestr yakunida dekanatlar tomonidan beriladigan maxsus qaydnomalarga kiritilishi va ularning natijalari kafedra majlisida tahlil qilib borilishi lozim.


III. Baholash tartibi va mezonlari
  1. Talabalarning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.


  2. Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.


Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga – 30 ball;


joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball
kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
  1. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisobgrafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‗yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi – 100 ballik tizimda baholanadi.


  2. Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‗rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:







    Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling