Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Download 1.07 Mb.
|
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org
Namunaviy mezonlar asosida muayyan fanlardan joriy va oraliq nazoratlar bo‗yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e‘lon qilinadi. Jumladan, ―Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)‖ kafedrasidagi barcha fanlar bo‗yicha tayyorlangan oraliq nazorat savollari kafedraning 2010 yil 28 avgustdagi 1-majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Yakuniy baholashda yozma ishni o‗tkazish tartibi. Fanlar bo‗yicha yakuniy nazorat semestr oxirida yozma ish shaklida o‗tkaziladi. Yozma ish savollari va variantlari har o‗quv yilining boshida kafedra professor-o‗qituvchilari tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Jumladan, 2009-2010 o‗quv yili uchun barcha fanlardan yakuniy baholash bo‗yicha yozma ish savollari va variantlari «Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)» kafedrasining 2010 yil 28 avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Yozma ishning har bir varianti bo‗yicha qo‗yilgan savollarning mazmuni, qamrov darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Yozma ishni o‗tkazish asosan har bir semestrning so‗nggi o‗quv haftasiga mo‗ljallangan bo‗lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari chog‗ida o‗tkaziladi. Yozma ish variantida 5 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi. Yozma ishlarni baholash mezonlari yakuniy baholashga ajratilgan 30 balldan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi, ya‘ni har bir savolga maksimum 6 balldan to‗g‗ri keladi. Yozma ish o‗tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‗qituvchilar uni tekshirib baholaydilar. Yozma ish hajmi talabaning fan bo‗yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‗nikmasini baholash uchun yetarli bo‗lishi zarur. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‗yicha saralash balidan yuqori ball to‗plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‗plangan ballarga qo‗shiladi. Aks holda talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi faqat joriy va oraliq nazoratlarining ballari yig‗indisidan iborat bo‗ladi. Fanlar bo‗yicha talabalarning yozma ishlari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi. Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi: Rf =V O' 100 bu yerda: V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda); O' – fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda). Fan bo‗yicha joriy, oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy va oraliq nazorat turlari bo‗yicha 55 va undan yuqori ballni to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi. Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling