Fanidan o„quv-uslubiy majmua
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari
Download 1.07 Mb.
|
Fanidan o„quv-uslubiy majmua-fayllar.org
4.Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalariTovar qiymati ishlab chiqarishda vujudga keladi, ammo faqat bozorda bir tovarni ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi. Almashuv hozirgi zamon shakliga yetib kelgunsha bir qancha bosqishlarni bosib o‗tadi. Qiymatning eng elementar shakli bir tovar qiymatining boshqa tovarda gavdalanishidir. Qiymatning oddiy shakli ayirboshlashning endigina paydo bo‗lgan davriga to‗g‗ri keladi: bu vaqtda u hali tasodifiy xarakterga ega bo‗lgan. Masalan, 10 metr mato - 2 qop g‗alla. Bunda tovar ekvivalent rolini g‗alla o‗ynayapdi. Mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o‗sishi almashinadigan tovarlar sonini ko‗paytiradi, qiymatning to‗la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda doimiy tus oladi. Endi tovar qiymati bir nesha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi mumkin bo‗ladi, ya‘ni 2 ta qo‗y ( 2 qop g‗alla yoki 25 metr shit yoki 3 ta bolta kabi.
Xalqlarda va tarixning turli bosqishlarida ekvivalent vazifasini turli tovarlar bajargan. Ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishi, tovar almashuvining rivojlanib, savdosotiq ishlarining milliy doiradan chiqib ketishi, katta xalqaro bozorlarning paydo bo‗lishi, yagona umumiy ekvivalent zaruhiyatini keltirib shiqargan. Shu yo‗sinda qiymatning pul shakli kelib shiqqan. Umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajara boshlagan. Oltin pulga aylandi. Pul rolini tarixda boshqa materiallar ham (mis, temir, kumush) o‗ynagan. Shunday qilib pul-o‗ziga xos tovar, umumiy ekvivalentdir.
Pulning vujudga kelishida asosiy sabab-tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, Mehnat taqsimotining shuqurlashuvidir, buning natijasida ortiqsha mahsulotni ayirboshlash zaruhiyati vujudga kelgan. Pul esa ayirboshlashning eng qulay vositasi bo‗lganligi sababli insonlar tomonidan qabul qilingan. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling