Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning o‘zaro bog‘liqligi


Download 152.35 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi152.35 Kb.
#1059585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurbonov Islombek kurs ishi

Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning o‘zaro bog‘liqligi. O‘qitishning muammoli-izlanish metodlari amalda o‘qitishning og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlari yordamida qo‘llaniladi. Shu sababli o‘quv materialini muammoli bayon qilish metodlari, muammoli va evristik suhbatlar, muammoli-izlanish tipidagi ko‘rgazmali metodlarni qo‘llash, muammoli-izlanish amaliy ishlarini yoki hatto tadqiqotchilik ko‘rinishidagi ishlarni olib borish haqida gap yuritiladi.
O‘quv materiallarini muammoli hikoya va muammoli tuzilgan lektsiya metodida bayon qilish o‘qituvchining bayon jarayonida fikr yuritishini, faktlarni isbotlashini, tahlil qilishini va tinglovchilarning tafakkurini yanada aktivroq va ijodiyroq qilib, o‘ziga ergashtirishini nazarda tutadi. O‘qituvchi materialni shunchaki “bayon qilmaydi”, balki u muammo ustida ovozini chiqarib mulohaza yuritadi, masalani yechishga qanday qilib yondoshishni, uni yechish yo‘llarini qidiradi. Muloxaza yuritish jarayonida ba’zi fikrlarni ular asossizligini ko‘rib inkor etadi (chiqarib tashlaydi), boshqalarini esa rivojlantirib, shu zaylda oxir-oqibat to‘g‘ri va aniq yechimga keladi.
Evristik va muammoli-izlanish suhbati muammoli o‘qitish metodlaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga bir qator izchil va bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan savollarni qo‘yadi, o‘quvchilar bularga javob berar ekanlar, ayrim taxminlarni aytishlari va so‘ngra ularning to‘g‘riligini mustaqil isbotlashga harakat qilishlari kerak, bu bilan ular yangi bilimlarni o‘zlashtirishda mustaqil olg‘a qadam tashlashga harakat qiladilar.
O‘qitishning muammoli-izlanish metodlarida ko‘rgazmali qurollar endilikda eslab qolishni faollashtirish maqsadida emas, balki darslarda muammoli vaziyatlarni yaratadigan vazifalarni qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda ko‘rgazmali qurollar tobora ko‘p tayyorlanmoqdaki, ularda bir qator rasmlar va sxemalar ko‘rinishida o‘quvchilarning qanadydir umumlashtirishni aytib berish, ustun bo‘lgan sababalarni ajratib ko‘rsatish uchun mustaqil fikr yuritishlarini talab qiluvchi muayyan vaziyatlar tasvirlanadi.

Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling