Fanidan test savollari


Materiya borlig‘ining barcha obyektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakl sifatida qaysi falsafiy kategoriya ta’riflanadi?


Download 0.9 Mb.
bet15/61
Sana10.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1349125
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
Фалсафадан тест 300

Materiya borlig‘ining barcha obyektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakl sifatida qaysi falsafiy kategoriya ta’riflanadi?

  1. Vaqt

  2. Makon

  3. Jism

  4. Ong

  1. Harakatning asosiy xususiyatlari qanday?

  1. Abadiy va mutloq

  2. Nisbiy va o‘tkinchi

  3. Jarayon

  4. O‘tkinchi

  1. Harakatsizlikning asosiy xususiyatlari qanday?

  1. Nisbiy va o‘tkinchi

  2. Abadiy va mutloq

  3. Jarayon

  4. Abadiy

  1. Tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi bu - ...

  1. Harakat

  2. Taraqqiyot

  3. Rivojlanish

  4. O‘zgarish

  1. Elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati qanday harakat hisoblanadi?

  1. Fizik harakat

  2. Ximik harakat

  3. Biologik harakat

  4. Ijtimoiy harakat

  1. Atomlar va molekulalarning harakati qanday harakat xisoblanadi?

  1. Ximiyaviy

  2. Biologik

  3. Fizik

  4. Ijtimoiy

  1. Insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o‘zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikrlar harakatning qanday turiga kiradi?

  1. Ijtimoiy harakat

  2. Biologik harakat

  3. Fizik harakat

  4. Ximik harakat

  1. «Ekologiya» atamasi etimologik jihatdan yunoncha oikos va logos so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, oikos-bu....

  1. Uy, boshpana

  2. Tabiat

  3. O‘simlik

  4. Ta’limot

  1. “Tabiatga salbiy antropogen ta’sir darajasi ortida tabiiy muhit tanazzuli orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadigan holat... deyiladi.”

  1. Ekologik tanglik

  2. Ekologik rivojlanish

  3. Ekologik o‘sish

  4. Ekologik sakrash

  1. «Noosfera» bu— ?

  1. Aql-idrok sohasi

  2. Tabiiy bilim sohasi

  3. Ijtimoiy soha

  4. Iqtisodiy rivojlanish sohasi

  1. Gumanizm so‘zining ma’nosi?

  1. Insonparvarlik

  2. Mehnatsevarlik

  3. Tinchliksevarlik

  4. Milliylik

  1. Inson uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa bu- ?

  1. Shaxs

  2. Harakat

  3. Ong

  4. Ongsizlik

  1. Ong va ong osti hodisalarni ilk bor mufassal o‘rgangan faylasuf kim?

  1. Z.Freyd

  2. K.Yung

  3. D.Yum

  4. E.Fromm

  1. Miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin bo‘lmagan, massasi ham, energiyasi ham yo‘q, moddiy obyektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega bo‘lmagan falsafiy kategoriya, bu –

  1. Ong

  2. Sezgi

  3. Harakat

  4. Mohiyat

  1. «O‘zingni bilsang, olamni bilasan» degan ibora qaysi muallif qalamiga mansub?

  1. Suqrot

  2. Aflotun

  3. Aristotel

  4. Demokrit

  1. “Dialektika” so‘zining ma’nosini toping.

  1. yun. Dialektika – suhbat qurish san’ati

  2. yun. Dialektika – sezgi, xis-tuyg‘u

  3. yun. Dialektika – ong

  4. yun. Dialektika – ongsizlik

  1. Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi bu - ?

  1. O‘zgarish

  2. Qonun

  3. Rivojlanish

  4. Sabab

  1. Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui bu–...?

  1. Sifat

  2. Qarshilik

  3. Ziddiyat

  4. Harakat

  1. Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga urinish kimning ijodi bilan bog‘liq?

  1. Arastu

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Demokrit

  1. “Sof aqlning tanqidi” asrining muallifi kim?

  1. Kant

  2. Fixte

  3. Shelling

  4. Gegel

  1. Faqat mazkur obyektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya qaysi?

  1. Yakkalik

  2. Umumiylik

  3. Xususiylik

  4. Hodisa

  1. Qaysi mulohaza to‘g‘ri?

  1. Oqibat sabab ta’sirida vujudga keladi

  2. Sabab oqibat ta’sirida vujudga keladi

  3. Butun va qism fan kategoriyalaridir

  4. Oqibat sabab ta’sirida vujudga kelmaydi

  1. Amalga oshgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya qaysi?

  1. Voqelik

  2. Zaruriyat

  3. Tasodif

  4. Butun

  1. Struktura nima?

  1. Narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa yo‘li

  2. Narsaning boshqa bo‘linmaydigan qismi

  3. Narsaning eng umumiy xossalari

  4. Narsaning, predmetning yaxlit belgilari

  1. Falsafada “narsa o‘zida” g‘oyasi kimga tegishli?

  1. Kant

  2. Shelling

  3. Gegel

  4. Fixte

  1. Borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmui, bu - ...

  1. Falsafiy kategoriyalar

  2. Fan kategoriyalari

  3. Umumiy kategoriyalar

  4. Atamalar

  1. Subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki xodisa bu ...?

  1. Obyekt

  2. Makon

  3. Zamon

  4. Tushuncha

  1. Inson ongi yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasi nima?

  1. Bilim

  2. Hissiyot

  3. Sezgi

  4. Tasavvur


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling