Fanidan (Yangi 2019-yilgi darslik asosida)
-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasisud tizimi
Download 72.01 Kb.
|
8-sinf. HUQUQ MAVZULASHTIRILGAN TEST
15-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasisud tizimi.
1. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Ushbu O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan? A) 106-modda B) 105-modda C) 116-modda D) 112-modda 2. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadigan organni aniqlang? A) Oliy Majlis B) Sud hokimiyati C) Ijro etuvchi hokimiyat D) OAV 3. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanishi haqida O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining nechanchi moddasida berilgan? A) 113-modda B) 111-modda C) 106-modda D) 112-modda 4. Sud idoralarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishidan tashqari yana qanday huquqiy hujjatlarida belgilab qo’yilgan? A) O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasida B) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining hujjatlarida C) BMT tomonidan qabul qilingan “Sud idoralarining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy hujjatda D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarida 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunchiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi. Ushbu O‘zbekiston RespublikasiKonstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan? A) 106-modda B) 108-modda C) 116-modda D) 112-modda 6. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish asosan qaysi tilda olib boriladi? A) o’zbek tilida B) qoraqalpoq tilida C) ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda D) Barcha javoblar to’g’ri 7. O’zbekiston qonunchiligida sudyalarning vakolati necha yil etib belgilangan? A) 2,5 B) 5 C) 7 D) 10 8. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mos ekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri – bu… A) aybsizlik prezumpsiyasi B) odil sudlovni amalga oshirish C) demokratlashtirish D) liberallashtirish 9. Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish valiberallashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar to’g’risida berilgan qatorni aniqlang? A) sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, guvoh, gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha (agar aniq isbot bo‘lmasa) qaror qabul qilish taqiqlandi B) Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirildi va ular asosida fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sohalarda sud ishlarini yuritish bo‘yicha sud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi C) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi va uning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi D) Barcha javoblar to’g’ri 10. Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud hakami sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi. Ushbu jumla kimga tegishli? A) Abu ibn Tolib B) Monteskiyo C) Sitseron D) Mark Tulliy 11. Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun sud tizimini nechta sohaga bo’lgan? A) uchta B) to’rtta C) ikkita D) yettita 12. Amir Temur davlatida fuqarolik sudini kim boshqargan? A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi 13. Amir Temur davlatida harbiy sudni kim boshqargan? A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi 14. Amir Temur davlatida shariat sudini kim boshqargan? A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi 15. Amir Temur davlatida amaldorlar sudini kim boshqargan? A) islom qozisi B) aholi qozisi C) Lashkar qozisi D) xizmatchilar qozisi 16. Amir Temur saltanatida taxt vorislari ustidan hukmni kim chiqargan? A) islom qozisi B) aholi qozisi C) amirning o’zi D) xizmatchilar qozisi 17. Qaysi organ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini sharhlashhuquqiga ega? A) Oliy sud; B) Konstitutsiyaviy sud; C) Ichki ishlar vazirligi; D) Prokuratura 18. Sud o‘rganlarining o‘z vazifalarini samarali bajarishlari uchunzarur sharoitlarni yaratib berish majburiyati ... ning zimmasidadir. A) Konstitutsion sud; B) Vazirlar Mahkamasi; C) davlat; D) xalqaro tashkilotlar. Download 72.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling