Fanidan yozgan kurs ishi mavzu


Kurs ishining dolzarbligi


Download 0.53 Mb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1044128
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi tayyor (2)

Kurs ishining dolzarbligi
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e ‘tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e ‘tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi.
Ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;
Uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda

Kurs ishining maqsadi
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etishdan iborat. Fizika ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining muayyan aniq sohalarda amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim dasturlarini fanlar (yo‘nalishlar)aro, integrativ prinsiplar asosida ixtisoslashtirilgan tartibda ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling