Fanidan yozgan kurs ishi mavzu


Download 0.53 Mb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1044128
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi tayyor (2)

Kurs ishining vazifalari
Ta’lim tog‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan oquv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg‘ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo‘yadi.

1. FIZIKA o‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR


Fizika o‘qitish metodikasi kursini o‘rganish jarayonida talabalar yangi avlod fizika darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari va asosiy metodik adabiyotlar bilan tanishishlari kerak bo‘ladi. Fizika kursi asosiy bo‘limlarining mazmunini ochishda dunyoqarashni rivojlantirish, politexnik ta’lim muammosiga jiddiy e ‘tibor berish kerak bo‘ladi. Fizika o‘qitish metodikasi kursi bo‘yicha o‘quv materiallar hajmining kattaligi ularning hammasini ma’ruzada bayon etish imkoniyatini bermaydi. Materialning ma’lum qismi seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga, shuningdek pedagogik malakaviy amaliyot davrida o‘rganiladi. Fizika o‘qitish metodikasi kursining dasturida ba’zi umumiy masalalar maxsus bo‘limlarda xususiy metodika masalalaridan keyin berilgan. Bu hol talabalar xususiy metodikaning tegishli masalalarini o‘tgandan keyin, mazkur masala mohiyatini muvaffaqiyatli tushunib yetishlari mumkinligi nazarda tutadi. Fizika fan va fizika o‘quv kursi sifatida. Fizikani o‘qitish jarayoni didaktik tizim sifatida. O‘rta umum ta'lim va o‘rta maxsus ta'limda o‘qitishning takomillashtirishda FO‘M ning vazifalari va dolzarb muammolari hisoblanadi.
Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo‘lib,uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi.Dastur Davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi.Fizikadan o‘quv materialini tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:
— mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo‘nalishiga;
— fanning mantiqiy va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o‘qitish izchilligiga;
— nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog'lanishiga;
— fizika o‘qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta’minlashga. 0‘quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo‘yicha taqsimlash muammosi tug'iladi. Fizika o‘qitish tarixida o‘quv materialini yillar bo‘yicha taqsimlashda kurs tuzilishining uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va bosqichli variantlar.Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo‘limlar bir-biridan qat ‘iy ajratib qo‘yildi. o‘tilganlarga qaytish bo‘lmaydi. Fizika kursining radial qurilishining kamchiligi shundaki, unda o‘quvchilar sodda masalalarni ko‘rish bilan birga, o‘zlashtira olmaydigan materiallarni ham o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. Bir bo‘limdagi qiyin masalalardan ikkinchi bo‘limdagi yengil masalalarga birdaniga o‘tiladi. Fizika kursining konsentrik qurilishida har bir bo‘lim maktabda ikki marta ko‘rib chiqiladi, ya’ni butun o‘quv materiali ikkita konsentrga bo‘linadi. Birinchi konsentr fizika kursining deyarli hamma bo‘limi bo‘yicha boshlang‘ich (elementar) tushunchalarni o‘z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo‘yicha bilimlar sistemasini o‘z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o‘quv materialini to‘la yoki qisman o‘z ichiga oladi. Kursning konsentrik tuzilishida material o‘qitishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o‘quvchilaming aqliy o‘sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi. Konsentrik qurilishning kamchiligi shundaki, unda o‘quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko‘p sarf bo‘ladi va o‘quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.
Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o‘rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadi.Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to‘la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik,tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o‘rganish.
b) Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani o‘rganish.
d) Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o‘rganish.
O‘rta umum ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:
—o‘quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o‘lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
— o‘quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo‘llanilishi bilan tanishtirish;
— koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;
— buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish,ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o‘quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
— ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
— fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o‘lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fizikada qo‘yilgan maqsadlardan eng muhimi fizika kursining ilmiy darajasini ko‘tarishdan iborat edi. Buni amalga oshirishda ko‘pgina olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Fizikadan fakultativ mashg‘uIotlarga ham katta ahamiyat berildi.Unga oid o‘quv dasturlar va qo‘llanmalar chop etildi. Fizikaning va uning o‘qitish uslubiyotining rivojlanishida Sharq olimlarining hissalari ham bor. Al-Farobiy, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Qoshg‘ariy,Ulug'bek va boshqa mutafakkirlar olib borgan ishlari ancha salmoqlidir. Ibn Sinoning «Sharq Aristoteli», al-Beruniyning « o‘rta Osiyo Kopernigi» deb atalishi ularning fan sohasida olib borgan ishlarining qanchalik salmoqli ekanidan dalolat beradi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling