Fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati


O’simliklar zararkunandalari


Download 259.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi259.35 Kb.
#1628168
1   2
Bog'liq
1 MAVZU “KANALAR NEMATODALAR VA KEMIRUVChILAR” FANINING MAQSADI

O’simliklar zararkunandalari — madaniy o’simliklarni zararlaydigan yoki 
ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, 
ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub O’simliklar zararkunandalari ko’p. 
Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar 
sinfidan yumaloq chuvalchanglarning ko’pchiligi o’simliklarni zararlaydi. 
Bo’g’imoyoqlilardan hasharotlar sinfi, o’rgimchaksimonlar sinfi (kanalar), 
ko’poyoklilar sinfining ba’zi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt)ga 
mansub turli tuman va juda ko’p O’simliklar zararkunandalari turlari bor. 
Hasharotlar, ayniqsa, hosilga ko’proq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq 
o’simlikxo’r turi ma’lum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy o’simliklarga 
zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va h.k. 
Qishloq xo’jaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar 
bo’yicha) hamda oziqlanish xarakteri bo’yicha tasniflanadi. O’simlikxo’r 
hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub o’simliklar bilan oziqlanadigan 
hammaxo’r hasharotlar — polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi o’simliklar 
bilan oziqlanadigan hasharotlar — oligofaglarga; faqat bir turdagi o’simliklar bilan 
oziqlanadigan hasharotlar — monofaglarga bo’linadi. Turli ekinlar hosiliga 


hammaxo’r zararkunandalar: chigirtkasimonlar, ba’zi chirildoqlar, qo’ng’izlardan 
qirsildoq (simqurtlar), qora qo’ng’izlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, 
kapalaklardan kuzgi tunlam, g’o’za tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar 
keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi o’simliklar bilan oziqlanadigan 
hasharotlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, gessen 
pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli o’simliklar bilan oziqlanadi. 
Karamguldoshlarga mansub o’simliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham 
ko’p. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar 
kiradi. Faqat bir turdagi o’simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera 
(tokning asosiy zararqunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va boshqalar xavfli 
zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular 
zararlaydigan o’simlik guruhlari bo’yicha ham tasniflanadi. Mas, boshoqlilar 
zararkunandalari, g’o’za zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bog’ 
zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va h.k. 
O’simliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi — og’iz 
organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchib so’ruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi 
hasharotlar o’simlikning turli organlarini, to’qimalarini kemiradi. Sanchibso’ruvchi 
hasharotlar, mas, o’simlik bitlari, kanalar va boshqalar o’simlik shirasi bilan 
oziqlanadi. O’simliklar zararkunandalari oziqlanishida o’simlikning ma’lum 
organlariga o’rgangan bo’ladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg , meva, gul va 
boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farklanadi. 
O’simliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi 
tashqi muhitning o’zgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan 
uzviy bog’liq. Har bir tur o’zi uchun qulay hududga joylashadi. 
Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda ko’payishi uchun temperatura 
sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun ma’lum temperatura rejimi zarur. 
Sutkalik o’rtacha samarali temperatura yig’indisiga qarab hasharotlarning paydo 
bo’lishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. 
O’simliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, 


yuqori trada tezlashadi. Mas, beda barg filchasi17,6° da 56, 21,2° da 34, 22° da
31 kunda rivojlanadi. 
Rivojlanishi tuproq bilan bog’liq bo’lgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy 
tarkibi, kislotaliligi, aeratsiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika 
tadbirlari (tuproqni ishlash, o’g’it solish va boshqalar) yordamida zararkunanda 
hasharotlar uchun noqulay sharoityaratish mumkin. Mas, nordon tuproqlar 
ohaklanganda 
qirsildoq 
qo’ng’izlar 
rivojlana 
olmaydi. 
O’simliklar 
zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan o’zaro bog’liqligi ham 
ularning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mas, o’simlik bitlari o’simlik shirasi 
bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va ba’zi pashshalar uchun 
oziq hisoblanadi. O’simlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qo’ngizlar, vizildoq 
pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxo’r qushlar, bular bilan 
esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi. 
O’simliklar zararkunandalarining ko’payishida oziqning ko’pligi va tarkibi
obhavo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar ta’siri va boshqalar muhim rol 
o’ynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu o’simlik bilan 
oziqlanadigan zararkunandalarning ko’payib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. 
Mas, eski bedapoyalarning o’z vaqtida haydalmasligi ularda beda barg filchasining 
ko’payib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. O’simliklarni zararkunanda 
hasharotlardan himoya qilishda fenologik kuzatish muhim ahamiyatga ega.
Nematodalar yoki yumaloq tanli chuvalchanglar (Nemotodes) tomonidan 
o’simliklarda yuzaga keladigan kasalliklar fitogelmintozalar deyiladi. Nematodalar 
hujayra shirasi bilan oziqlanadilar. Ular ko’pincha o’simlik to’qimalarida 
to’planadilar va o’simlikni normal hayotiy jarayonlarini izdan chiqaradi. 
Nematodalar zararidan o’simlik tanasida har xil deformastiyalar – poyani 
qisqarishi, qalinlashish va g’uddalar (gall) hosil bo’lish kuzatiladi. 
Kanalar ham o’simliklarni hujayra shiralari va o’simlik mahsulotlari bilan 
oziqlanib katta zarar etkazadilar. 
Kanalar (Acari) bo’g’imoyoqlilar tipiga o’rgimchaksimonlar sinfiga kiradigan 
turkumdir. Kanalarning tanasi bir- biridan sezilarli darajada ajralib turmaydigan 


ikkita asosiy qismga: oldingi qismi – gnatosoma, 
hamda orqa qismi – ideosomadan iborat. Og’iz 
qismlari deyarli butun gnatasomani egallaydigan ikki 
juft o’siqlardan: yuqorigi jag’ yoki xelisteralardan 
hamda paypaslagichlar yoki pedipalpalardan iborat. 
Kanalarning zararlashi natijasida o’simliklarning 
barglarining meva a’zolarini rangi o’zgaradi, qurib 
to’kiladi, hosil keskin kamayadi. 
Kemiruvchilar — sutemizuvchilarning eng yirik 
turkumi, 2000 dan ortiq mayda va o’rtacha 
kattalikdagi hayvonlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchiligi 
yer ustida yashaydi. Ular orasida daraxtda, tuproqda va suvda yashovchi turlari ham 
bor. Barcha kemiruvchilarning tishlari qattiq oziq maydalash va chaynashga 
moslashgan. Yuqori va pastki jag’larida bir juftdan iskanasimon ildizli yirik kurak 
tishlari bo’ladi. Bu tishlarni faqat oldingi tomoni emal bilan qoplanganligi sababli 
tish moddasi yemirilgani sari uning uchki qismi o‘tmaslashib qolmaydi. Qoziq 
tishlari bo’lmaydi. Shuning uchun kurak tish bilan oziq tishlar o’rtasida ancha bo’sh 
joy — diastema bo’lib, oziq tishlarning chaynash yuzasi ancha keng. Kurak tishlar 
kabi ko’pchilik oziq tishlarning ham ildizi bo’lmaydi, hayvonning hayoti davomida 
o’sib turadi. Kemiruvchilarning ko’richagi uzun bo’lib, oziqni hazm qilishda 
ishtirok etadi. Kemiruvchilar mayda sutemizuvchi o’simlikxo’rlar bo’lib ularning 
yuqori va pastki jag’larida iskanasimon kurak tishlari yaxshi taraqqiy etgan. 
Qishloq xo’jaligiga asosan sichqonlar, yumron qoziqlar va kalamushlar katta 
zarar etqazadi. Ularning zarari ayniqsa omborlar va boshqa yopiq binolarda juda 
yuqori.
Nazorat savollari: 
1. Kanalar qaysi oilaga mansub zararkunanda? 
2. Nematodalar qanday o’simliklarga zarar etkazadi? 
3. Kemiruvchilarning nechi xil turi bor? 
4. Kemiruvchilar qaysi sinfga mansub? 
1-rasm. Kana
Tyrolichus casei
— ustidan ko’rinishi 

Download 259.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling