Fanining moddiy texnik ta’minoti
Download 80 Kb.
|
EKSPERT XULOSASI INFORMATIKA
INFORMATIKA fanining moddiy texnik ta’minoti Informatika fanidan qiziqarli darslar o’tkazish uchun Davlat ta’lim standartlariga javob beradigan Informatika fani xonasi jihozlangan. Ushbu xonada yetarli miqdorda parta va stullar mavjud. Darsda kompyuter, kodoskop, videoproektor, televizor, DVD, DVD disklar ishlatish mumkin. Bundan tashqari albom, panno, bukletlar va yetarli miqdorda adabiyotlar ham bor. FANNING O’ZLASHTIRISH DARAJASINI NAZORATI VA BAHOLASH O’quvchining fan bo’yicha o’zlashtirishini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat (JN) Oraliq nazorat (ON) Yakuniy nazorat (YaN) Joriy nazorat - o’quvchining fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin Oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin o’quvchining bilim va amaliy ko’nikma darajasini anglash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir semestrda ikki martadan ko’p o’tkazmasligi lozim) va shakli (yozma, og’zaki, test va h.k.) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari bizilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. Yakuniy nazorat – semester yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan test shaklida o’tkaziladi. Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakul’tet kengashi qarori asosida ko’pi bilan 40 % fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (o’g’zaki, test va h.k.) o’tkazilishi mumkin. O’quvchilar bilimini baholash quyidagi na’munaviy mezonlar asosida amalgam oshiriladi. Joriy baholash mezonlari A’lo bahoga: bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo’lsa; vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa; voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa; voqea-hodisalarni o’zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy va mantiqiy to’g’ri talqin etsa; ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa. Yaxshi bahoga: bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini tushungan bulsa; vazifani mustaqil bajara olsa; jadvallar va boshqa chizmalarni to’g’ri chizgan va voqea-hodisalarni o’zgarib borish, rivojlanish qonuniyatlarini talqin etishda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ysa; ishni belgilangan muddatda topshirsa. O’rta bahoga: bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa; vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo’lsa; jadvallar va boshqa chizmalarni deyarli to’g’ri chizgan, ammo talqin etishda chalkashliklarga yo’l qo’ysa; ishda ayrim kamchiliklar bo’lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa. Bahоlash mezоni Tarix fani bo’yicha o’quvchining I-, yoki II-semestr mоbaynida to’plashi mumkin bo’lgan umumiy bali (Rsemestr) maksimum 5 balni tashkil qilib, quyidagicha hisоblanadi: IZBOSKAN TUMAN 1-SONLI KASB-XUNAR MAKTABI INFORMATIKA FANI ISHCHI O’QUV DASTURIGA Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling