Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda


Download 43.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.11.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1746717
  1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza



2-MAVZU: OPTIKA QONUNLARINI AMALIYOTGA, FAN VA 
TEXNIKA SOHALARIGA TADBIQI. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FANLAR AKADEMIYASI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI HAMDA 
OLIY O’QUV YURTLARI ILMIY LABORATORIYALARIDA OPTIKA VA 
SPEKTROSKOPIYA SOHASI BO’YICHA FAN YUTUQLARI VA 
INTERNET YANGILIKLARI. 
Reja: 
1. Optika fanining rivojlanish tarixi. 
2. Optika qonunlarining amaliyotga, fan va texnika sohalariga tadbiqi. 
Nyuton zamonida yorug’likning turli muhitdagi tezligi hali bevosita 
o’lchangan emas edi. Shuning uchun topilgan xulosani bevosita tekshirib ko’rish 
mumkin emas edi. Keyinchalik yorug’likning turli muhitlardagi tezligi o’lchandi 
(Fuko, 1850 y.) va yorug’likning zichroq muhitlardagi (masalan, suvdagi) tezligi 
havodagidan kichik ekanligi ma’lum bo’ldi, vaholanki yorug’likning havodan suvga 
o’tishida sinish ko’rsatkichi 1,33 ga teng, ya’ni birdan katta. Shunday qilib, sindirish 
ko’rsatkichining Nyuton bergan talqini noto’g’ri bo’lib chiqdi.
Nyuton zamonida yorug’likning sayyoralararo fazoda tarqalish tezligi 
aniqlandi (Ryomer, 1676 y.). Bunda yorug’likning tezligi taxminan ≈ 300 000 km/s 
bo’lib chiqdi. Yorug’lik tezligining bunchalik katta bo’lishi Nyutonning yorug’lik 
to’g’risidagi tasavvurini uning ko’p zamondoshlari tan olmasligiga sabab bo’ldi, 
chunki shunday katta tezlik bilan yuguruvchi zarralarni ko’z oldiga keltirish qiyin 
tuyular edi. Hozirgi vaqtda bu e’tiroz o’z kuchini yo’qotgan, chunki tezligi yorug’lik 
tezligiga juda yaqin bo’lgan zarralar (β-nurlar va kosmik zarralarni) aniqlandi. 
Nyutonning zamondoshi Gyuygens yorug’likning boshqa nazariyasi bilan 
maydonga chiqdi (“Yorug’lik to’g’risida traktat”, 1878 yilda yozilgan, 1690 yilda 
nashr etilgan). U ko’p akustik va optik hodisalar orasida o’xshashlik borligiga 
asoslanib, yorug’lik ta’sirini moddiy jismlar ichidagi va ular orasidagi butun fazoni 
to’ldirgan maxsus muhitda – efirda tarqaluvchi elastik impulslar, deb faraz qildi. 
Yorug’lik tarqalishining tezligi juda katta bo’lishiga efirning xossalari (uning 
elastikligi va zichligi) sabab bo’ladi va bunda efir zarralari tej ko’chmaydi. 
Shunday qilib, Gyuygens yorug’likning Nyuton yaratgan korpuskulyar 
nazariyaga qarshi qo’yilishi mumkin bo’lgan to’lqin nazariyasining yaratuvchisi edi. 
Butun XVIII asr davomida yorug’likning korpuskulyar nazariyasi fanda ustunlik 
qildi, ammo yorug’likning bu va to’lqin nazariyalari orasida keskin kurash 
to’xtamadi. L.Eyler (“Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi”, 1746 y.) va 
M.V.Lomonosov (“Yorug’likning kelib chiqishi to’g’risida qissa – ranglarning 
haqida yangi nazariyadir”, 1756 y.) korpuskulyar nazariyaning chinakam raqiblari 
edilar: ular ikkalasi “yorug’lik – efirning to’lqinsimon tebranishlaridir” degan 
tasavvurlarni himoya qildi va rivojlantirdi. 
XIX asr boshida izchil rivojlantirilgan to’lqiniy optika sistemasi yaratila 
boshladi. Bunda bosh rolda Yung va Frenel ishlari o’ynadi. Frenel (1815 y.) 
Gyuygens prinsipini Yungning interferensiya prinsipi bilan to’ldirib aniqlashtirdi, 
shu interferensiya prinsipi yordamida Yung 1801 yilda qaytgan yorug’likda 


kuzatiladigan yupqa plastinkalar rangini qanoatlanarli ravishda izohlab bergan edi. 
Gyuygens-Frenel prinsipi yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish sababini 
yetarlicha qanoatlanarli bayon etibgina qolmasdan, balki yorug’likning to’siqlar 
yonidan o’tishda yorug’lik intensivligi taqsimoti to’g’risidagi masalani yechish, 
ya’ni difraksiya hodisasini tekshirish imkonini berdi. 
Kelgusida yorug’likning qutblanish va qutblangan nurlar interferensiyasi 
hodisalarini o’rganish (Frenel va Arago) yorug’lik to’lqinlarining xususiyatlarini 
aniqlash imkonini berdi; Frenel va Yung yorug’likning bunday xususiyatga ega 
bo’lishiga yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqindir deb faraz qilishgan. Ammo 
ko’ndalang elastik to’lqinlar faqat qattiq jismda bo’lishi mumkin, shuning uchun 
efirni elastik qattiq jism xossalariga ega bo’ladi, deb hisoblashga to’g’ri keldi. 
Cheksiz qattiq jismda ko’ndalang elastik to’lqinlarning tarqalish tezligi quyidagi 
munosabatdan aniqlanadi: 

⁄ (1.1) 
Bu yerda N – siljish moduli, ρ – zichlik. Astronomik kuzatishlarga qaraganda, 
efir sayyoralarning qattiq jismi harakatiga qarshilik ko’rsatmaganligi uchun zichlik 
nihoyatda kichik bo’lishi kerak; c ning qiymatini keraklicha qilib olish uchun ayni 
vaqtda N ning qiymati katta bo’ladi, deb hisoblash zarur. Turli muhitlarda yorug’lik 
tezligining turlicha bo’lish sababini ochib berish uchun turli moddalarda efirning 
xossalari turlicha bo’ladi, deb hisoblashga, anizotrop moddalar uchun esa yanada 
murakkab farazlar qilishga to’g’ri keldi.
Biroq M.Faradey optik hodisalar yakkalangan jarayonlar emasligini va
xususan, optik hodisalar bilan magnit hodisalari orasida aloqa borligini isbot qildi. 
1846 yilda M.Faradey qutblanish tekisligining magnit maydonida burilish hodisasini 
kashf qildi. Ikkinchi tomondan, boshqa bir ajoyib fakt ham topildi: tok kuchining 
elektromagnit birligining elektrostatik birligiga nisbati 3·10
8

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling