Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda
Download 43.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
m/s ga, ya’ni yorug’lik
tezligigs teng ekan (Veber va Kol’raush, 1856 y.). Hihoyat J.Maksvellning nazariy tadqiqotlari elektromagnit maydon o’zgarishlari fazoda ma’lum bir joyda qolmasdan, balki vakuumda tokning elektromagnit va elektrostatik birliklari nisbatiga, ya’ni yorug’lik tezligiga teng tezlik bilan tarqalishini ko’rsatdi. Bu xulosa keyinchalik G.Gers (1888 y.) tajribalarida tasdiqlandi. O’z tadqiqotlari asosida J.Maksvell (1865 y.) yorug’lik elektromagnit hodisadir, degan xulosaga keldi. Yorug’likning to’lqin nazariyasi rivojlanishi bilan baravar efir tushunchasi ham taraqqiy qila boradi. Gyuygens tasavvurida efir tushunchasi hali ancha mujmal va noaniq; M.V.Lomonosov efirning imkoniy harakatlarining turli (ilgarilanma, aylanma va tebranma) tipini tekshirib, uni aniqlashtirish va chuqurlashtirishga urinadi, bunda Lomonosov yorug’likni efirning tebranma harakati tarqalishi deb hisoblaydi. Yorug’lik haqidagi to’lqin tasavvurlar XVIII asrda Eyler ishlarida eng katta rivoj topdi. Eylerning fikricha, tovush havo tebranishlaridan iborat bo’lganidek, yorug’lik efir tebranishlaridan iborat, bunda uning turli ranglariga turli chastotali tebranishlar mos keladi. Eyler yorug’lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslab, efir “odatdagi havoga qaraganda ancha ko’p marta nozik va elastik” substansiya deb tasdiqladi. Lomonosov kabi Eyler ham barcha elektr hodisalarining manbai o’sha yorug’lik tashuvchi efirning o’zidir, degan fikrni aytdi. Lomonosov-Eyler efiridan farqli ravishda, Frenel-Yung efiri (XIX asr boshi) faqat optik hodisalarni talqin qildi. Bir oz keyinroq Faradey elektr va magnit o’zaro ta’sirlarini izohlash uchun faraziy moddiy muhit tushunchasini kiritdi, bu muhitning holati (elastik taranglanishi) zaryadlar orasidagi va toklar orasidagi bo’ladigan va tajribada kuzatiladigan o’zaro ta’sir effektlari sababini ochib berishi kerak edi. Yorug’likning elektromagnit tabiati to’g’risida Maksvell g’oyalari yorug’lik tashuvchi va elektromagnit efirlarni birlashtirish, ularni barcha elektromagnit hodisalar tashuvchisi qilish imkonini berdi. Elektromagnit maydon vujudga kelishi, shuningdek, uning tarqalishi nuqtadan nuqtaga muayyan tezlik bilan tarqala oladigan efir holatining o’zgarishi tarzida tasavvur qilinar edi. Harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasining yanada rivojlanishi quyidagi tasavvurga olib keldi: efir barcha jismlar ichiga kiradi, ammo bu jismlar harakat qilganida u harakatsiz qolaveradi (Lorents). Shunday qilib, efirning fizik xarakteristikalari tobora kamroq real (haqiqiy) bo’la boradi. Lorents (XIX asrning oxirgi yillari) tasavvurida efir cheksiz va harakatsiz muhit bo’lib, uning yagona xarakteristikasi faqat unda elektromagnit g’alayonlarning va xususan, yorug’likning muayyan tezlik (c=2,998·10 8 m/s) bilan tarqalishidir. Harakatsiz efir tasavvuriga tayangan Lorentsning elektron nazariyasidan kelib chiqadigan qiyinchiliklar bilan bir qatorda bu nazariyaning boshqa qiyinchiliklari ham ma’lum bo’ldi. Bu nazariya yorug’lik bilan moddaning o’zaro ta’siriga tegishli hodisalarning ko’p xususiyatlarini izohlab bera olmadi. Jumladan, cho’g’langan qora jism nurlanishida energiyaning to’lqin uzunliklar bo’yicha taqsimlanishi masalasi qanoatlanarli hal qilinmadi. Yig’lib qolgan qiyinchiliklar M.Plankni kvantlar nazariyasini (1900 y.) tavsiflashga majbur qildi, bu nazariya moddaning molekulyar tuzilishi haqidagi ta’limotdan olingan uziqlik (diskretlik) g’oyasini elektromagnit jarayonlarga, jumladan, yorug’lik chiqarish jarayoniga ham tadbiq qiladi. Kvantlar nazariyasi qizigan jismlarning yorug’lik chiqarish masalalaridagi qiyinchiliklarni bartarf qildi; yorug’lik va moddaning kvantlar nuqtai nazaridan talqin qilmasdan turib tushunib bo’lmaydigan o’zaro ta’siri muammosi yangicha qo’yildi. Birtalay optik hodisalar, jumladan fotoelektr effekti va yorug’lik sochilishi masalalari birinchi o’ringa yorug’likning korpuskulyar xususiyatlarini chiqardi. Atom va molekulalarning tuzilishi to’g’risidagi hozirgi zamon ta’limoti asosi bo’lib qolgan kvantlar nazariyasi hozir ham rivojlanib bormoqda. Optikaning yetakchi nazariyalari taraqqiyotining qisqacha bayon qilingan manzarasi yorug’lik tabiati to’g’risidagi (birinchi qarashda bir-birini istisno qiladigan) tasavvurning, ya’ni to’lqin va korpuskulyar tasavvurning kurashi optika tarixida qanday o’rin tutganini ko’rsatadi. Birinchi davrda (Nyuton-Gyuygens, XIX asr boshigacha) bu tasavvurlarning qarama-qarshi qo’yilishi bir-birini istisni qilish xarakteriga ega edi va ilmiy rivojlanish bu qarama-qarshilikni chuqurlashtirib, ularning tabiatini ravshanroq tushunish imkoniyatini beradigan eksperimental baza qidirish va rivojlangan nazariya yaratishdan iborat edi. Ikkinchi davr, ya’ni Frenel-Yungdan to yorug’lik kvantlari tasavvuri paydo bo’lguncha (1905 y.) o’tgan davr korpuskulyar go’yo uzil- kesil yengib chiqqan to’lqin tasavvurlarning har taraflama rivojlanish davri bo’ldi. Undan keyingi davr eksperimental metodlar rivojlanishi tufayli ochilgan yangi, nozik eksperimental faktlarni jamg’arishdan iborat; ayni vaqtda kvantlar nazariyasi yaratilishi bilan bog’liq bo’lgan yanada chuqurroq nazariy tasavvurlar rivojlana bordi. Bu davrda faqat barqaror to’lqin tasavvurlar bilan bir qatorda korpuskulyar qarashlar asoslanibgina qolmasdan, balki korpuskulyar va to’lqin tasavvurlar muvaffaqiyatli ravishda sintez qilib ko’rildi. Optika taraqqiyotining XX asrning 60 yilidan boshlanadi deb hisoblanishi mumkin bo’lgan hozirgi bosqichi yangi, juda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Yorug’likning barcha optik hodisalarni tushuntirish uchun asos bolib xizmat qilayotgan fundamental xossalari – to’lqin, kvant xossalari, uning elektromagnit tabiati borgan sari xilma-xil va chuqur tasdiqlanmoqda va qo’llanmoqda. Ammo bu hodisalar doirasi beqiyos kengaydi. XX asr o’rtalarida yuqori darajada monoxromatik va yo’naltirilgan yorug’lik chiqaradigan manbalar – optik kvant generatorlari (lazerlar) yaratildi. Lazer nurlanishi tarqalishi va modda bilan o’zaro ta’siri ko’p hollarda odatdagi manbalar holidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha sharoitda sodir bo’ladi, hamda konkret hodisalar ilgari ma’lum bo’lmagan mutlaqo yangi xususiyatlarga ega bo’ladi. Bular qaytish, sinish, difraksiya, sochilish, yutilish va boshqa asosiy optik hodisalarga tegishlidir. Yorug’lik tabiati to’g’risidagi keyingi tadqiqotlar A.Eynshteyn, N.Bor, Zommerfeld, A.Kompton, L.D.Broyl, Raman, P.Cherenkov, I.Tamm, N.Basov, A.Proxorov, Ch.Tauns va boshqa olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. O’rta Osiyolik olimlar va mutafakkirlardan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ulug’bek, Ali Qushchi asarlarida optikaga doir ilmiy maqolalar uchraydi. Hozirgi davrda Respublikamizda optika va spektroskopiya sohasida akademiklar P.K.Xabibullaev, R.B.Bekjonov, A.K.Otaxo’jaev, K.M.Muqimovlar yaratgan ilmiy maktablarda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Download 43.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling