Mavzu. Magnit zanjirlari va elektromagnit qurilmalar


Download 213.94 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi213.94 Kb.
#1582405
  1   2   3   4
  1. Mavzu.Magnit zanjirlari va elektromagnit qurilmalar.




Reja:

1.Elektromagnit qurilmalar va ularni qo’llanilishi. 2.Ferromagnit materiallar va ularni xossalari.



  1. Yumshoq va qattiq magnit materiallar.



    1. Elektromagnit qurilmalar va ularni qo’llanilishi.


Magnit zanjirlar ko’pchilik mashinalar, apparatlar, elektromagnit asboblar va o’lchash texnikasi xamda avtomatika qurilmalarining asosini tashkil qiladi. Masalan, quyidagi rasmda kuchli magnitaviy maydon manbayi xisoblangan va tez- tez uchrab turadigan o’zgarmas tok elektromagniti ko’rsatilgan. Bunda elektromagni taviy energiya mexanikaviy energiyaga va energiyaning boshqa ko’rinishlariga xamda teskarisiga almashinadi. Masalan, o’zgarmas tok sinxron mashinasining rotori chulg’amidan tok o’tganda o’zgarmas“N-S”qutbli magnit maydoni xosil bo’ladi. Bu magnit maydonning kuch chiziqlari rotor va statorning (A.V.S. chulg’amlarini xam kesib o’tib) po’lat o’zaklari orqali tutashadi. Rotor mahlum ω burchak tezlik bilan aylanganda statorning chulg’amlarida ω chastotali o’zgaruvchan E Yu K induktsiyalanadi. O’zgarmas tokning elektromagnitaviy maydonidan po’lat buyum va metall siniqlarini tashishda ishlatiladigan ko’targich elektromagnitlar qurishda foydalanilishini misol tariqasida ko’rsatish mumkin.



6.1-rasm. Sinxron mashina magnit oqimlari.


    1. Ferromagnit materiallar va ularni xossalari.


Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklarni yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o’xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi.

Tashqi magnit maydoni tahsirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo’ladi. Texnika ahamiyatga ega magnit materiallariga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi.
Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki harakatiga asoslangan bo’lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko’rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlparning o’z o’qi atrofida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo’ylab aylanishidan hosil bo’ladi. Ferromagnit hodisasi bahzi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog’liq bo’lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o’zaro parallel ravishda bir tomonga yo’nalgan bo’ladi.
Bahzi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o’n-yuz atom masofasiga teng bo’lgan) da domenlarning o’lchami taxminan 0,001-10 mm3 oralig’ida bo’ladi. O’ta toza materiallarda esa domenlarning o’lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo’ladi.
Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o’qlar yo’nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi.



Download 213.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling