Mavzu. Magnit zanjirlari va elektromagnit qurilmalar
Download 213.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3-rasm. Magnit induktsiyasi va nisbiy magnit singdiruvchanlikning tashqi moment maydon kuchlanganligiga bog’liqligi.
- 6.4-rasm. Ferromagnit materiallari magnit singdiruvchanligining haroratga bog’liqligi.
6.2-rasm. Ferromagnitning magnitlanishida domenlarda sponlarning yo’nalish olishi.
Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollardaferromagnetik magnit teksturaga ega bo’ladi. Kerakli magnit tekstura olish orqalimaterialda mahlum yo’nalishda yuqori magnit xarakteristikaga erishish mumkin. Tashqi magnit maydoni tahsirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni quyidagicha kechadi: magnit momenti maydon yo’nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o’lchami kichrayadi; magnit momentlari maydon yo’nalishi uzra buriladi va bir xil yo’nalishga ega bo’ladi. Magnit to’yinishi domenning kattalishishi to’xtaganda va o’z-o’zidan magnitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon uzra yo’nalganida sodir bo’ladi. Domenlardagi spinlar yo’nalishining o’zgarishi 10.3- rasmda keltirilgan. Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o’lchamlari o’zgaradi. Bu hodisa magnit-striktsiya deyiladi. Temir monokristalining magnit-striktsiyasi kristallning har xil yo’nalishlarida turlicha bo’ladi. Ferromagnit materialining magnitlanish jarayoni gisterezis egri chizig’i V (N) bilan ifodalanadi va u barcha ferromagnitlarda bir-biriga o’xshash bo’ladi (10.3-rasm). 6.3-rasm. Magnit induktsiyasi va nisbiy magnit singdiruvchanlikning tashqi moment maydon kuchlanganligiga bog’liqligi. Materiallarning nisbiy magnit singdiruvchanligi magnit induktsiyasi (V) ning magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati bilan aniqlanadi: r В . 0 Н Magnit materiallarning magnit singdiruvchanligi birdan yuqori »1 (r0, 1,256610-6 Gnm) bo’ladi. Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog’liq bo’lib (10.4-rasm), Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda ro’zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati buzilib, materialning magnit xossasi yo’qoladi. CHulg’amda magnit o’zak bo’lmaganda magnit induktsiya qiymati undan o’tayotgan tok hisobiga sodir bo’ladi. Agar chulg’amga magnit o’zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo’ladigan magnit maydoni o’zakni yanada magnitlab, qo’shimcha kuch chiziqlari hosil bo’lishi natijasida magnit induktsiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib keladi. O’zak kesim yuzasida hosil bo’ladigan qo’shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi. 6.4-rasm. Ferromagnit materiallari magnit singdiruvchanligining haroratga bog’liqligi. Bu qiymat magnit maydon kuchlanganligi (N) va magnit materiali sifati () ga yoki jismning magnit qabul qilish koeffitsienti iH ga bog’liq. CHulg’amga magnit o’zak kiritilgandan so’ng magnit induktsiyasining ko’paygan qiymati quyidagicha bo’ladi: Vh0(Nj)0(HH)0H(1)hH, bunda h0(1)-magnit materialining magnit singdiruvchanligi. Magnit materiali sifatini aniqlashda nisbiy magnit singdiruvchanlik kattaligidan foydalaniladi: 1 0 1 . Download 213.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling