FANLAR KATALOGI
Fan platformasi
|
Fanning to‘liq nomi: Fizik, kolloid kimyo
|
Fan kodi: FKK3504
|
Fanga ajratilgan kreditlar (ECTS): 4
|
davomiyligi: 5 semestr
|
Kafedra: Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
|
Fan qaysi yo‘nalish talabalari uchun: 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat)
|
Fan ma’ruza o‘qituvchisi: M.I.Berdiyeva, Yo.T.Safarov, N.Sh.Raxmatova, M.G‘.Bekmuratova, T.N.Eshbo‘riyev, B.A.Jo‘rayeva
|
Fanga ajratilgan umumiy soatlar: 120
|
Email: jamshidbek230486@gmail.com
|
Fan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘qituvchisi(lari): D.A.Xandamov, SH.P.Nurullayev, A.S.Sidikov, Sh.B.Buxorov, X.S.Talipova, J.S.Kayumov, Z.S.Alixonova, O.S.Boboqulova
|
Prerekvizitlar: Quyi ta’lim bosqichlaridagi Matematika 1-2, Fizika 1-2, Noorganik kimyo 1-2, Organik kimyo 1
Tanlov turi: majburiy fan umumta’lim kadrlarni tayyorlash
|
|
Fanning mazmuni: Fizik, kolloid kimyo fanini о‘qitishdan maqsad – talabalarni umumiy, noorganik, analitik, organik kimyo va fizika fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash hamda ixtisoslik fanlarini to‘liq va chuqur holda o‘zlashtirishlari uchun nazariy zamin yaratishdir. Fan metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti hamda boshqa shu kabi boshqa texnologiyalar bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga fan turdosh sanoat texnologiyalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy asoslarini o‘rgatadi.
Fizik, kolloid kimyo fanining vazifasi – talabalarni tanlangan ta’lim yo‘nalishlari amaliyotida uchraydigan jarayon va hodisalarning fizik-kimyoviy qonuniyatlar hamda mexanizmlar yordamida tushuntirish va tahlil qilishga o‘rgatish, fanning nazariy masalalari orqali olgan bilimlarini o‘quv laboratoriya amaliyotlarini o‘tkazish bilan ko‘nikma berish, tajribalarni kuzatish va o‘lchash, ma’lumotlarni mustaqil ravishda izohlab bera olish, umumlashtirish va tegishli xulosalar chiqarishga o‘rgatish.chuqur egallashni yо‘lga qо‘yish muhim ahamiyatga egadir.
|
Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarga analitik kimyo fanining nazariy asoslarini hamda namunani analizga tahlil qilishga tayyorlash, analitik signal, mahsulotlarni metrologik tahlil qilish, standartlari talablari bо‘yicha analitik kimyo fanining fizik-kimyoviy tahlil qilish usullaridan foydalanib chuqur bilim berish va ularda mantiqiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |