Fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1328554
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qodirov Alibek Hamrayevich (1)

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
533 
Elektr iste’molchi ob’ektlar markazlashtirilgan elektr ta’minot tarmoqlariga 
ulangan bo‘lsada ushbu bog‘lanish ishonchli bo‘lmasa, bunday holatlarda rezerv 
quyosh tizimlaridan foydalaniladi. Tarmoqda kuchlanish bo‘lmagan vaqtlarda ham 
mavsumiy vaqtlarda elektr ta’minot uchun rezerv tizimlar qo‘llaniladi. Kichik rezerv 
quyosh tizimlari aloqa vositalari, kompyuterlar (telefon, radio, faks va hakozo) elektr 
ta’minoti uchun foydalaniladi. Yirik quyosh rezerv tizimlari tarmoqda uzulishlar 
bo‘lgan vaqtlarda muzlatgichlarni ham energiya bilan ta’minlash mumkin. Yuklanmani 
zaruriy oziqlantirish uchun, ayniqsa tez-tez tarmoqda uzulishlar bo‘lgan vaqtda 
fotoelektrik tizim katta quvvatga ega bo‘lishi zarur. Agar tarmoq mavjud bo‘lsa, tizim 
odatdagidek u bilan bog‘langan holda ishlaydi.Tizim quyosh paneli, kontroller, 
akkumulyator batareyasi, kabellar, invertor, yuklama va tayanch strukturadan iborat. 
Quyosh fotoelektrik qurilmali zaxira elektr ta’minot tizimi. 
1 – quyosh paneli; 2 – invertor; 3 – AB; 4 – tarmoq; 5 – yuklama. 
Xulosa: O'zbekistonda muqobil energetikani tadbiq etishga qiziqish kuchli, 
muqobil energetikaning rivojlanishi yuqori texnologiyalar sohasida minglab yangi ish 
o'rinlari tashkil etilishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, quyosh energetikasi C02 ning 
havoga chiqishini keskin qisqartirish va ekologiyani yaxshilash imkonini beradi. 
Hozirgi kunda binolar qurilishlarida mablag'ni iqtisod qilish eng dolzarb 
muammolardan hisoblanib, bunda eng muhim yo'nalish bu tabiiy energiya va 
resurslardan oqilona foydalanishdir. Dunyoda aholi soni yil sayin oshib borishi 
munosobati bilan elektr energiya iste'moli ham ortib bormoqda. Organik
yoqilg'ilar - ko'mir, neft va tabiiy gazning yerdagi zahiralari cheklangan bo'lib, vaqt 
o'tishi bilan kamayib bormoqda. Mamlakatimizning geografik joylashuvi quyosh 
energiyasining katta potensiali mavjudligini ta’minlaydi. Kuzatishlar respublikaning 
turli mintaqalarida yil davomida quyosh nuri bilan yoritish 2413-3095 soatni, 
radiatsiya balansi esa 1718-2722 MJ/m2 ni tashkil etishini ko'rsatadi. Quyosh 
energiyasining yalpi potensiali shu davrgacha tadqiq etilgan qayta tiklanuvchi 
energiya manbalari yalpi potensialining 99,97 % ni tashkil etadi. Quyosh 
energiyasidan foydalanish bo'yicha mamlakatimizda yetarlicha tajriba mavjud. 
Shuning uchun dunyoda energiya tanqisligini yuzaga keltirmaslik maqsadida 
energiyaning boshqa manbalari - yadro energiyasi, geotermal, bug', shamol, quyosh 
energiyalaridan amaliy maqsadlar uchun foydalanishda zamonaviy muqobil energiya 
manbalar va fotoelektrik stansiyalar haqida respublika bo'yicha konferensiyalar 



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling