Fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Download 64.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Hotamova Nargiza Uzoqovna
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 8- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.05.2022 648 qo`llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita o’quvchilarning mustaqil ishlarini nazorat qilishga yordam beradi. Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko`rsatkichlari: O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi uch qatorni o`z ichiga olib, 1- 1,5-2 varaqda jadval ko`rinishida bajariladi: (1) o`quv mashg`uloti bosqichlari va vaqti; (2) ta’lim beruvchi faoliyati; (3) ta’lim oluvchi faoliyati. 1-bosqich (5-10 daqiqagacha). O`quv mashg`ulotiga kirish. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzuning nomi, (ma’ruza) rejasi bilan, o`quv mashg`ulotining xususiyati bilan (muammoli ma’ruza, o`rgatuvchili o`yin va boshqalar.), mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxatini, o`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash me’zonlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchilar tinglaydilar, aniqlashtiradilar, savollar beradilar, yozib oladilar. 2-bosqich. Asosiy ma’lumot beruvchilik. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi o`quv mashg`ulotining rejasi tuzilishga muvoffiq tuzib chiqqan ta’lim modelini amalga oshiradi, ko`zlanayotgan o`quv natijalariga erishish bo`yicha ta’lim oluvchilar o`quv faoliyatini boshqaradi. Ta’lim oluvchilar ko`zlanayotgan o`quv natijalarga erishish bo`yicha rejalashtirilgan o`quv harakatini bajaradilar. 3-bosqich. Yakuniy – natijaviy. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar harakati. Ta’lim beruvchi mavzu bo`yicha yakun yasaydi, ta’lim oluvchilar e’tiborini asosiylariga qaratadi, bajarilgan ishlarni kelgusi kasbiy ish faoliyatidagi ahamiyatini ma’lum qiladi, guruhlar, alohida talabalar ishini baholaydi yoki o`zaro baholashni yakunini chiqaradi: o`quv mashg`uloti maqsadiga erishish darajasini baholaydi; mustaqil ish uchun topshiriq beradi. O`quv jarayonining tashkiliy-didaktik vazifasini bajaradi: o`quv, mustaqil ish uchun savol va topshiriqlarni, uni baholash me’zonlarini, o`quv ish jarayonida o’quvchilar amal qilishi lozim bo`lgan qoidalar, ta’lim beruvchi foydalanadigan tayanch yozmalar, shuningdek chizma, jadval, slaydlar va boshqa ko`rgazmali materiallar, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishni nazorat qilish uchun topshiriqlar (testlar, savollar, topshiriqlar va mashqlar). Bu yerda taqdim etilayotgan materiallar chegaralanmaydi. Faqat ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli chizmalarda rasmiylashtirilgan bo`lishi kerak. Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy- metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo'llash imkoniyatini beradi.O'quv fanlariaro aloqadorlikni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling