Fanlari boʻyicha falsafa doktori
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
01.04.07-Конденсирланган ҳолат физикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- DASTUR VA BAHOLASh MEZONI
- Annotasiya
- TUZUVChILAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 01.04.07- KONDESIRLANGAN HOLAT FIZIKASIIXTISOSLIGI BOʻYICHA TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRISh SINOVLARI UChUN MAXSUS IXTISOSLIK FANLARIDAN DASTUR VA BAHOLASh MEZONI Samarqand-2021 y. Annotasiya: Dastur 01.04.07- Kondesirlangan holat fizikasi ixtisosligiga kiruvchilar uchun 5A140201 – fizika (yoʻnalishlar boʻyicha), 5A140204 – Kondesirlangan holat fizikasi, 5A140203 – Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish mutaxassisliklarining 2019 yilda tasdiqlangan oʻquv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzildi. TUZUVChILAR: Axrorov S. Q. SamDU, Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent Arziqulov E. U. SamDU, Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dosenti, fizika-matematika fanlari doktori. Roʻzimurodov J.T. SamDU, Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi dosenti, fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori. Dastur Fizika fakultetining 2021 yil 29 sentyabridagi № 2 sonli Kengash yigʻilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan KIRISh 01.04.07- Kondesirlangan holat fizikasi ixtisosligi hozirgi zamon elektronika va asbobsozlik sanoatining asosiy elementlari tarkib topgan moddalar xossalarini oʻrganuvchi fan boʻlib hisoblanadi. Bu moddalar asosida yasalgan zamonaviy asboblarning ishlash prinsip va konstruksiyasi eng avvalo qattiq jismlarning fizik xossalari bilan bevosita bogʻliq. Qattiq jismlarning tuzilishi, strukturasi ularning fizik xususiyatlari, qoʻllanish sohalarini oʻrganish, elektronika va asbobsozlik sohasida kondensirlangan holat fizikasi bilan bogʻliq boʻlgan fundamental va amaliy masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. 01.04.07- Kondesirlangan holat fizikasi ixtisosligining vazifasi - qattiq jismlar tuzilishini , ularning strukturasini aniqlash usullarini hamda ularning mexanik, issiqlik , magnit, optik va boshqa xossalarini sistemali ravishda oʻrgatishdan iborat. Fanning asosiy vazifasi kelajakda kondensirlangan holat xossalari bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni ilmiy tadqiqot ishlarida va ishlab chiqarishda qoʻllay olish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, kondensirlangan holat fizikasi yuz berayotgan jarayonlarga uslubiy yondashuv xamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Bunda, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarni oshirish va koʻnikma xosil qilishdan iboratdir. Davogarlar kondensirlangan holat fizikasining zamonaviy holati, soʻngi yillardagi erishilgan yutuqlari, kondensirlangan muhit turlari, kristallar tuzilishi va simmetriyasi , kondensirlangan muhitlar zona nazariyasi asoslari, yarim oʻtkazgich va metallardagi erkin elektronlar gazi, yarim oʻtkazgichlarda aralashmalar va aralashma holatlari , muvozanatdagi zaryad tashuvchilar statistikasi , nomuvozanatdagi zaryad tashuvchilar generasiyasi, rekombinasiyasi, diffuziyasi va dreyfi , sirt va kontakt hodisalari, kuchli legirlangan yarim oʻtkazgichlar va nokristallik qattiq jismlar, panjara dinamikasi, fononlar, diyelektriklar, magnetiklar, oʻta oʻtkazgichlar, kvant oʻralar, iplar va nuqtalar, nanotuzulmalar va nanomateriallar toʻgʻrisida toʻliq tasavvurga ega boʻlishlari zarur. 01.04.07- Kondesirlangan holat fizikasiixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranturaga kiruvchi da’vogarlar uchun 5A140201 – fizika (yoʻnalishlar boʻyicha), 5A140204 – Kondesirlangan holat fizikasi, 5A140203 – Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari boʻyicha: “Kondensirlangan holat fizikasi”, “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” va “Kichik oʻlchamli tuzulmalar” fanlaridan savollar bazasi shakllantirilgan. Bu fanlar oʻz negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling