Fanlari boʻyicha falsafa doktori


KONDENSIRLANGAN HOLAT FIZIKASI


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana26.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1233422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
01.04.07-Конденсирланган ҳолат физикаси

KONDENSIRLANGAN HOLAT FIZIKASI  
fani boʻyicha: 
1. Kondensirlangan muhit turlari. Kristallar tuzilishi va simmetriyasi. 
Kondensirlangan holat ta’rifi, kondensirlangan holatni qattiq va suyuq, kristall va 
amorf jismlarga, kristallar va suyuq kristallarga sinflashtirish; kristallar tuzilmasi, 
simmetriya elementlari, Brave panjaralari, nuqtaviy guruhlar, translyasiya guruhlari, 
fazoviy guruhlar, Miller indekslari; kristallarda rentgen va elektron toʻlqinlari 
difraksiyasi, Laue va Vulf-Bregg difraksiyasi shartlari, bregg tekisliklari, teskari 
panjara; kristallar tuzulmasini aniqlashning eksperimental usullari; kristallar 
xossalarini tenzorlar yordamida ifodalash, material tenzorlar. 
1. Kondensirlangan muhitlar zona nazariyasi asoslari. 
Zonalar nazariyasida adiabatik va bir elektronli yaqinlashish; Davriy potensial 
uchun Shryodinger tenglamasi, Borna-Karmanning chegaraviy shartlari, Blox 
teoremasi va blox toʻlqin funksiyasi; energetiki zonalar, Brillyuen zonalari,
zonalar nazariyasi nuqtai nazaridan kristallarni metallar, yarim oʻtkazgichlar va
dielektriklarga ajratish; kristalldagi zaryad tashuvchilar effektiv massasi; kovak 
(teshik) tushunchasi, Fermi sirti i Fermi sathi tushunchasi; holatlar zichligi; 4 – 
guruh yarimoʻtkazgichlari va A
3
V

birikmalar zona tuzulmasining oʻziga xosligi, 
sp
3
-gibridlashuv, oʻtkazuvchanlik ellipsoidlari, yengil va ogʻir kovaklar. 
2. Yarim oʻtkazgich va metallardagi erkin elektronlar gazi.
Yarim oʻtkazgichlar va metallardagi zaryad tashuvchilar. Erkin va bogʻliq 
boʻlmagan elektronlar modeli; klassik (mumtoz) elektronlar gazidagi stasionar 
kinetik jarayonlar: elektr oʻtkazuvchanlik, issiqlik oʻtkazuvchanlik, Xoll effekti
Videman-Frans qonuni; klassik elektron gazining elektromagnit xossasi, chastotaga 
bogʻliq boʻlgan elektr oʻtkazuvchanlik va dielektrik kirituvchanlik, plazmali 
tebranishlar va plazmonlar, oʻtkazgich kristallarda elektromagnit toʻlqinlarning 
tarqalishi, skin effekti, elektromagnit toʻlqinlarning oʻtkazgichlardan qaytish 
koeffisiyenti; kvant elektron gazi, aynigan elektron gazining asosiy holatlari, 
aynigan elektron gazining kinetik xossalari.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling