Fanlarni o'qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish zarnigor Ahmadova, Xolxo’ja Abdullayev


Download 158.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi158.08 Kb.
#1346879
Bog'liq
4249-Текст статьи-10386-1-10-20211206



FANLARNI O'QITISHDA TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISH 
Zarnigor Ahmadova, Xolxo’ja Abdullayev 
JDPI Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti talabasi 
Annotatsiya. Ta'lim uzoq davom etish jarayon bo'lib, uning sifati darsda qo'llanilgan 
metodlarga bog'liq. Darsning mazmunli o'tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va 
natijaga erishilgani o'qituvchining mahorati, bilim darajasini oshirish. Ushbu maqolada ona tili 
va adabiyot darslarida tavsiya etilgan interfaol metodlardan namunalar keltirilgan. 
 Аннотация: Обучение - длительный процесс, и его качество зависит от методов, 
используемых на уроке. Осмысленный ход урока, какие методы в нем используются и 
достигнут результат, квалификация учителя, повышение уровня знаний. В статье 
приведены примеры интерактивных методов, рекомендуемых на уроках родного языка и 
литературы. 
Annontation: This article discusseducation is a long-term process, the quality of which 
depends on the methods used in the lesson. The meaningful course of the lesson, what methods 
are used in it and the result is achieved, the teacher's skills, increase the level of knowledge. This 
article provides examples of interactive methods recommended in native language and literature 
classes. 
Kalit so'zlar: ilg'or pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiyalar, aqliy hujum, 
fikriy hujum, klaster metodi.
Ключевые слова: передовые педагогические технологии, инновационные 
технологии, ментальная атака, интеллектуальная атака, кластерны метод.
Key words: advanced pedagogical technologies, innovative technologies, mental attack, 
intellectual attack, cluster method.
Ta’kidlab o’tish kerakki, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgani innovatsion 
uslublar, ilg’or pedagogik texnologiyalarda mazmuni va mohiyatini yuksaltiradi. 
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish ko’lamini 
kengaytirish,bu yo’nalishda ilg’or tajribalarn ijoriy etish dolzarb muommolardan 
biri bo’lib kelmoqda.Ta’limning yangi,inovatsion metodlaridan biri sanalgan 
“Aqliy hujum’’ usuli biror mavzudagi muammoni echishda guruh 
qatnashchilarining erkin-mulohazalarini to’plash orqali ma’lum bir yechimga 
kelinadigan samarali uslub hisoblanadi. 


Bu metod orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkinu to’g’ri va ijobiy 
qo’llanilganda, shaxsnierkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.Bu metodda 
bir guruh ishtirokchilar to’planib, ular oldiga biror muommoli vaziyat qo’yiladi va 
o’tkazish qoidalari belgilanadi [1]. 
Qatnashchilardan ushbu muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z fikr-
mulohazalarini bildirishlari so’raladi.Hamma fikrlar yo’naltiruvchi (fasilitator) 
tomonidan yozib boriladi. 
Mazkur etapda ishtirokchilardan hech biri boshqalarning g’oyasini, fikrini 
muhokamo qilishi yoki baholashiga ruhsat berilmaydi.Fikr mulohazalar 
berilgandan so’ng yozilgan g’oyalar va fikr- mulohazalar muommoning yoritilishi 
bo’yicha ketma-ketlikda tartibga keltiriladi va tahlil qilinadi. 
Ushbu muommoning yoritilishi bo’yicha o’quvchilarning maqsadga 
erishganligi yoki erishmaganligi to’g’risida fikr-mulohazalar yo’naltiruvchi 
tomonidan anglatiladi.Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar 
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir 
yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. 
Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning 
har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa 
tarzda bayon etadilar. 
Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz 
kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga 
(magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalar yordamida) 
mahkamlanadi.“Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum 
belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. 
Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga 
oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning 
barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot 
qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz 
fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va 
tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi 


ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi.Bu metod ta’lim 
oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 
Yo'naltiruvchi aqliy hujum paytida rag'batlantirish va ishtirokchilarining 
hamma fikrlarini qo’llab quvvatlashi mumkin,lekin bu fikrlarni bildirishi mumkin. 
Aqliy hujum metodikdan qo’llash paytida hazilga, kulgiga, birovlarning ustidan 
kulishga izoh berishga ruxsab berilmasligi ilozim.[2] 
“Fikriy hujum” metodi esa dars jarayonida o’quvchilarning faolliklarini 
rivojlantirish va dars jarayoniga diqqatini jalb qilish, ularni erkin fikr yuritishga 
rag’batlantirish va bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, rang-barang fikrlarini 
aytishga o’rgatish, nostandart fikrlashga yo’naltirish, falsafiy kategoriyalar 
nuqtainazaridan yondashishi tashkil etish, shaxsning aqliy va jismoniy faoliyatiga 
parallel ta’sir ko’rsatish uchun hizmat qiladi. 
Uning asosiy tamoyili va sharti-dars mashgulotining har bir ishtirokchisi 
baxsga kirishayotgan holatda o’rtaga tashlangan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo 
taqiqlash, har qanday fikr-mulohazalarni rag’batlantirish va to’g’ri yo’nalish 
berishdan iborat. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’uot 
jarayonida baxsga kirishishlari uchun erkin va do’stona munosabat tamoyilini 
yaratishdir. 
Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish 
o’qituvchining pedagok va kasbiy mahorati, qolaversa tafakkur ko’lamining 
kengligiga bog’liq. “Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog’ida barcha 
o’quvchilarni jalb qilishga alohida e’tiborni qaratish kerak 
Mashg’ulot paytida “Fikriy hujum’ metodi qo’llangan holda mashg’ulot 
jarayoni 20 daqiqagacha davom etishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Ushbu 
metodlarning o’zaro farqli tomonlarini quyidagi misollar orqali anglash 
mumkin:Aqliy hujum metodida “Vatan” mavzusini o’tish jarayonida shu 
tushunchaga oid standart g’oya va fikrlar to’xtaladigan bo’lsa,Fikriy hujum metodi 
esa nostandart fikrlashga qaratilgan bo’lib, falsafiy kateoriyalar nuqtai nazaridan 
fikrlar yuritiladi. Misol tariqasida, agar meva- urug bo’lsa, gap nima bo’ladi? 
(harfbo’ladi) yoki daraxt-shox bo’lsa, kitob nima bo’ladi? 


«Klaster» metodi. Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan 
shakil bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo ( mavzu)lar xususida erkin, ochiq 
o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam 
beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidadagi aloqalar to’g’risida fikrlash 
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.«Klaster» metodi aniq 
obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya 
foliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod 
muayyan 
mavzuning 
o’quvchilar 
tomonidan 
chuqur 
hamda 
puxta 
o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
Stil va Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta 
o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh 
asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh 
asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan 
bildirayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning xar 
bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular 
o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.[3] 
«Klaster» metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab 
etiladi; 
- Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz shuni qog’ozga yozing. Fikringizning sifati 
to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring. 
- Yozuvingizning orfografiyasiga yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. 
- Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to’xtamang. Agar 
ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror 
narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilguniga qadar 
davom ettiring. 
- Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari 
surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni 
ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi 
aloqalarni cheklamang.


Bundan tashqari har xil shakllardan, hissiy-obrazli, so’z analitik, noaniq 
elementli va hakozo modellardan foydalanish orqali fikriy orqali fikriy hujum 
yo’nalishida dars mashg’ulotlarini tashkillashtirish mumkin. Shuningdek
Siddiqova Shohida o'qish darslarida" arra"metodini qo'llashni ta'kidlab o'tadi. Bu 
metod o'qish materiai-baddiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq 
maqsadga yo'naltirilishni, o'quv harakatlarning tashkil etilishini ta'minlaydi.[4]
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Boymurodova T., X.Sattorova “O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma” 
Toshkent. 2015. 27-bet. 
2. Ta'lim tizimida o'qitish samaradorligini oshirishning nazariy amaliy 
asoslari. Toshkent. 2013-y. 208-bet. 
3. G'afforova T. Didaktik metodlar. Toshkent. 201-yil. 108 - bet 
4. Siddiqova Sh. "Boshlangich sinflarda o'qish darslarnini dasturlashtirilgan 
ta'lim asosida tashkil etish" Jizzax. 2020. B 221. 

Download 158.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling