Fanlarni o’qitishning nazariyasi va amaliyotida uning asosiy tushunchalari o’zaro o’zviy bog’langan bo’lib, yagona pedagogik jarayonni tashkil etadi
Download 49.64 Kb.
|
asaka
Fanlarni o’qitishning nazariyasi va amaliyotida uning asosiy tushunchalari o’zaro o’zviy bog’langan bo’lib, yagona pedagogik jarayonni tashkil etadi. Ular asosan quyidagilardan tashkil topadi: bilim, ko’nikma, uquv, malaka, tarbiya, ma’lumot va shaxsni shakllantirishi singarilardan iborat. Bularning har biriga alohida tuxtalamiz: Ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma, uquv va malakalar bog’lansada, avvalgiday bilimlar yetakchi rol uynaydi. Chunki o’quvchilar bilimlar asosidagina ko’nikma va malakalarining ma’lum darajasini egallaydilar. Bilimlar bu ijtimoiy tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o’zlashtirishi jarayonida to’plangan, amalda sinovdan o’tgan va ob`ekttiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o’zlashtirishga yo’naltirilgan tabiat, jamiyat, tafakkur va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit asoslangan majmuasidir. Bilim: - odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan, umumlashgan tajribasidir. - o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalar yig’indisi. - o’quv fanini bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi (nazariy bilimlar). Ta’lim jarayonida o’quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar. (Davidov V.V) Ko’nikma: 4 - o’zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorgarlikda ifodalanadigan ongli faoliyat. - maktab o’quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib, quyidagi vazifalarni va shartlarga binoan, bajariladigan harakatlarning yig’indisidir. Ko’nikmalar: 1.O’quv ko’nikmalari 2. Nutqiy faoliyatga oid ko’nikmalar 3. Badiiy faoliyatga oid ko’nikmalar 4. Muomila va o’zini tutish ko’nikmalari 5. Mehnat ko’nikmalari 6. Kasbga oid ko’nikmalarga bo’linadi. Uquv: har bir talabaning bajargan amaliy ishini uquvi bilan kuzatiladi. Talabaning uquvini hosil qilishda o’qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi, chunki unda o’qituvchi ularning ishini bajarishdagi uquvini hamisha nazorat qilib borishi hamda bir qancha omillarni e’tiborga olishi zarur. Ana shunday jiddiy nazorat tekshiruv va baholashdagi me’yorlarni taxminan to’rtta guruhda birlashtirib qarash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Malaka: - ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. - faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir. - o’quvchining ma’lum fan yuzasidan o’rgangan bilim ko’nikmalaridan amaliyotda qo’llay bilishi. Ko’nikma, malakalar maqsadga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi. Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladigan, shuning bilan ularning bilish qobiliyatlarini o’stiradigan, dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya esa bola tug’ilgan vaqtdan boshlanib, 5 maktabni bitirgandan keyin ham davom etadigan adabiy jarayondir. Tarbiya deganda olingan bilimlar, hayotiy tajribalar asosida kishida dunyoqarash va shu asosda xulq-atvorning tarkib topishiga tushuniladi. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va sistemalashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui. Quyida amaliy ishlarning umumiy yakuniy natijasini baholash usullari keltiriladi: Baholash me’yorlarini belgilovchi nazorat tekshiruv materiallari asosida o’qituvchi talabalarning amaliy ishlarini yakuniy baholashda o’ziga xos har xil usullardan foydalanish mumkin. Qachonki amaliy ishni bajarishda talabaning har bir faoliyatini chuqur tahlil etishtalab etilmasa faqat ishning sifati asosiy mezon hisoblanadi va joriy baholash bo’yicha olib borilishi maqsadga muvofiq. Amaliy ishlarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda bajarilgan hollarda esa baholashning analitik usuli eng samarali deb hisolaymiz. 6 AMALIY MASHG`ULOTLARDA TALABALAR BILIM KO`NIKMA VA UQUVLARINI BAHOLASH MEZONLARI Texnik ijodkorlik va dizayn fanida amaliy ishlar bajarish uchun 30 soat ajratilgan. Ammo nafaqat texnik ijodkorlik va xatto mehnat ta’limida nazarda tutilgan barcha amaliy mashg`ulotlarda talabalarning bajargan amaliy ishlarni baholashning namunaviy mezoni (me`yori) hozircha ishlab chiqarilgan ana shu muammoviy ijobiy hal qilish maqsadida biz tomonimizdan amaliy mashg`ulotlarda talabalar bajarayotgan ishlar ularning bilimi va ko`nikmasi o`quvchilarni hisobga olgan holda ob`ekttiv baholashning mezonini ishlab chiqarishga urindik. Quyida ana shu tavsiyalar haqida mulohazalar bayon qilinadi. Talabalarning har qanday faoliyatining natijasini ob`ekttiv baholash o`quv jarayonini muhim va ajralmas qismi ekanligi barchaga ayon. Chunki u o`rgatuvchi tarbiyalovchi va nazorat qiluvchi vazifalarini bajarishda aynan talabalarning bajargan har qanday ijodkorlik ishini baholashda ularning bilim, ko`nikma va o`quvchilarni har tomonlama va ob`ekttiv baholash ularga mustaqillik maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, o`z ishidan zavqlanish va muvaffaqiyatlaridan ko`tarinkilik kayfiyatini shakllantiradi, o`qishga qiziqishlarini oshiradi. Shu ma’noda talabalar ommaviy ishlarni nazorat qilishda hammasidan ko`ra quyidagi bilimlarni sifatini hisobga olish tavsiya etiladi: Ularga bilimlarning to`liqligiga, chuqurligiga, konkretligi, tizimliligi tasavvur qila olishi va mustaxkamligi kiradi. Amaliy ishlarda talabalarning texnik ijodkorlik bo`yicha bajargan original qurilma, model, maket va boshqa texnologik sxemalarini baholashdagi mezonga: bilimlar (nazariy va texnik texnologik ); ko`nikmalar (ishni oqilona tashkil qilishi, ishni joyida operasiyalarni to`g`ri bajara olishi); Uquv esa buyumni tayyorlash sifati, o`lchamlarning aniqligi, sirtlarning tekisligi, texnik estetikasi (dizayni) va vaqt sarflari kiradi. Mazkur mezonalr bo`yicha amaliy ishlarni baholashning me’yor(norma)larini o’qituvchi va talabalar bilimi va unga amal qilishi zarur. 7 Buning uchun ana shu baholash mezonlar bo’yicha me’yorlar maxsus ko’rgazma taxtasida aks etishi maqsadga muvofiq, shuningdek uni talabalarga tarqatma material sifatida berilishi ham mumkin. Talablarning bilimini baholash me’yorlari. Talabalarning berilgan amaliy ishga oid bilimini o’qituvchi ishni boshlashdan oldin so’rab aniqlashtirgani ma’qul. Bu juda muhim, chunki unga talabaga berilgan (uning o’zi tanlagan mavzu) ijodkorlik ob`ekttiga ko’zda tutilgan amaliy ishni bajarishi uchun undagi nazariy bilimlar qay darajada ekanligi aniqlanadi. Agar undagi bilimlar yetarli bo’lmasa boshqa yengilroq amaliy ish tavsiya etiladi. Ana shu suhbat jarayonida talabaning bilimini baholash mezoni quyidagi me’yorlarda bo’lishi mumkin: 1.A’lo baho qo’yish me’yori: - talaba ob`ekttga oid o’quv materialini to’liq o’zlashtirgan. - uni o`z so`zlari bilan bayon qila oladi - konkret misollar bilan mustaqil javob bera oladi. - o`qituvchining qo`shimcha savollariga to’g’ri va asosli javob bera oladi. 2. Yaxshi baho (4) qo’yish me’yori: - o’quv materialini yetarlicha o’rgangan; - uni o’z so’zi bilan bayon qilishida ba’zi kichik xatolarga yo’l qo’yadi; - konkret misollar bilan aniq javob bera oladi; - o’qituvchining qo’shimcha savollariga to’g’ri va mantiqli javob bera oladi; 3. Qoniqarli baho(3) qo’yish me’yori: - o’quv materialining ko’p qismini o’rganmagan; - uni bayon qilishda chalkashliklarga yo’l qo’yadi; - konkret misollar bilan javob berishda qiynaladi; - qo’shimcha savollarga bo’sh (chala) javob beradi; 8 4. Qoniqarsiz baho (2) qo’yish me’yori: - o’quv materialini deyarli o’zlashtira olmagan; - o’z so’zi bilan mustaqil bayon qila olmaydi; - konkret misollar bilan javob bera olmaydi; - qo’shimcha savollarning ko’piga deyarli javob bera olmaydi. “Texnik ijodkorlik va dizayn” fani bo’yicha deyarli barcha amaliy ishlarda dastlabki amaliy qadam talabalarga berilgan (yoki o’zlari tavsiya qilayotgan) ijodkorlik ishi (original, model, maket)ning grafik chizmasini tasavvur qila olish va uni to’g’ri chizib ola bilish ko’nikmasi hisoblanadi, chunki qolgan barcha ishlar ketma- ketligi (qurilmaga kerakli detallar, har bir detalning o’lchami, uni tayyorlashning texnologik xaritalarini ishlab chiqish) ana shu ob`ekttning dastlabki tasavvurdagi yig’ish chizmasiga oid ko’nikmalar asosida bajariladi. Talabalarning amaliy ishga oid ko’nikmalarini baholash me’yorlari. Berilgan amaliy ish obekti grafik chizmasini ishlab chiqish ko’nikmasiga a’lo (5) baho qo’yish me’yori: - ishni bajarish ob`ekt chizmasini ijodkorlik asosida to’g’ri rejalashtira oladi; - chizmachilik va mehnat ta’limidan olgan bilimlari mustaqil va to’liq; - ob`ekttnining yig’ish chizmasini to’g’ri va aniq ifodalab bera oladi; - detallarning ko’rinishi, holati va nomlarini to’g’ri belgilay oladi; Ko’nikmasiga yaxshi (4) baho qo’yish me’yori: - berilgan amaliy ish ob`ektti grafik chizmasini to’g’ri rejalashtira oladi; - chizmachilik va mehnat ta’limi fanidan olgan bilimlari yetarli; - amaliy ish ob`ektti yig’ish chizmasini yetarli darajada ifodalab bera oladi; - detallarning ko’rinish holati va nomlarida ba’zi noaniqliklarga yo’l qo’yadi. 9 Ko’nikmasiga qoniqarli (3) qo’yish me’yori: - berilgan amaliy ish ob`ektti umumiy ko’rinishini rejalashda xatoga yo’l qo’yadi; - chizmachilik va mehnat ta’limi fanidan olgan bilimlari to’liq emas; - amaliy ish ob`ektti yig’ish chizmasini tasvirlashda tushunchasi to’liq emas; - detallar ko’rinishi va nomlarini belgilashda ba’zan xatolikka yo’l qo’yadi. Qoniqarsiz baholash me’yori: - amaliy ish ob`ektti umumiy ko’rinishini talab darajasida rejalashtira olmaydi; - ishni bajarishga oid bilimlari uncha yetarli emas; - amaliy ish ob`ektti chizmasi umumiy ko’rinishini chizishda xatoga yo’l qo’yadi; - detallar ko’rinishini yaxshi tasavvur qila olmaydi va belgilashda xatolikka yo’l qo’yadi. Talabalarning amaliy ishlarni bajarishdagi uquvlarini baholash. Har bir talabaning bajargan amaliy ishini uquvi bo’yicha baholash o’qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi, chunki unda o’qituvchi ularning ishini bajarishdagi uquvini hamisha nazorat qilib borishi hamda bir qancha omillarni e’tiborga olishi zarur bo’ladi. Ana shunday jiddiy nazorat tekshiruv va baholashdagi me’yorlarni taxminan to’rtta guruhda birlashtirib qarash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda ham yuqoridagidek qabul qilingan “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” baholash me’yorlari qo’llaniladi. Buning uchun har bir guruhga to’rtta baholash darajasi ishlab chiqiladi. Bu esa ishning bajarilish sifati va xajmi(miqdori)ni nisbiy birliklar (n.b)da ifodalashni taqozo etadi, masalan: 6,0 n.b , 1,5n.b va hokazo. Aytilganlar mazmuni 1-jadvalda keltirilgan. Talabalarning amaliy ishlarni uquvi bo’yicha baholash me’yorlari. 10 1-jadval. Tekshir uv ob`ekti guruhla ri Guruh ob`yektlari bo’yicha tekshiruvda har bir guruhga taalluqli talabalarning bajarishiga qo’yiladigan darajalar va ularning me’zonlari “5” (a’lo daraja) “4” (yaxshi daraja) “3” (qoniqarli daraja) “2” (qoniqarsiz daraja) I Ishni puxta rejalashtirgan va ishni joyiga muvofiq tashkillashtirgan. Xavfsizlik texnikasiga to’liq rioya etadi. 5,0 n.b Ishni rejalashtirish va tashkillashtirish da ba’zi kichik xatoliklarga yo’l qo’ygan. Texnika xavfsizligiga rioya etadi. 4,0 n.b Ishni rejalashtirish va tashkil etishda kamchiliklar mavjud. Texnika xavfsizligiga to’liq rioya etmagan. 3,0 n.b Ishni rejalashtirish noto’g’ri va tashkil etishda jiddiy xatoga yo’l qo’yilgan. Texnika xavfsizligiga rioya etmagan. 2.0 n.b II Amaliy ishni bajarishda operasiyalarni to’g’ri bajaradi; Ishni mustqil va ijodkorlik asosida amalga oshirgan. 7,0 n.b Barcha operasiyalarni deyarli to’g’ri bajara oladi; Ishni mustaqil amalga oshirgan. 6,0 n.b Ba’zi opersiyalarni noto’g’ri bajargan; Ishdagi mustaqilligi past darajada. 4,0 n.b Ko’p opersiyalarni noto’g’ri bajargan; Ishda mustaqilligi deyarli sezilmaydi. 1,5 n.b III Amaliy ish topshirig’ini belgilangan muddatda yoki Berilgan amaliy ishni belgilangan vaqtdan 10-15% Berilgan amaliy ishni belgilangan vaqtdan 15Berilgan amaliy ishni belgilangan vaqtdan 20 11 undan oldin bajargan. 3,0 n.b ko’p muddatda kechikib bajargan. 2,5 n.b 20% ko’p muddatda kechikib bajargan. 15 n.b 30% ko’p muddatda kechikib bajargan. 0,75 n.b IV Amaliy ish ob`ektti (model, maket va xokazo) o’rnatilgan talabni qanoatlantiradiga n holatda bajarilgan: a) Yuzasining silliqligi yaxshi. 3,0 n.b b) Asosiy operasiyalarning bajarilishi sifati (rezba ochish, pachinlash va xokazo) yaxshi. 2,0 n.b v) O’lchamlarining aniqliligiga rioya etilganligi. 5,0 n.b Amaliy ish ob`ekttida ba’zi kichik nuqsonlar mavjud holatida bajarilgan: a) sirtining g’adir-budurligi seziladi. 2,5 n.b b) asosiy operasiyalarni bajarishda sal chetga chiqish mavjud. 1,5 n.b v) O’lchamlarining aniq tayyorlanishiga rioya etilganligi darajasi. 4,0 n.b Amaliy ish ob`ekttini tayyorlashda ba’zi talablarning buzilishiga yo’l qo’yilgan: a) Sirtning silliqligida nuqsonlar mavjud 1,5 n.b b) Asosiy operasiyalar ba’zi nuqsonlar bilan bajarilgan. 1,0 n.b v) O’lchamlarinin g aniqligida chetga chiqishlar mavjud. 2,5 n.b Amaliy ishda talablarning bajarilishida chetga chiqishlar mavjud: a) Sirtning silliqligi talabdan past. 1,0 n.b b) Operasiyalarni ng bajarilishida jiddiy xatolarga yo’l qo’yilgan. 0,5 n.b v) O’lchamlari noaniq tayyorlangan. 1,5 n.b 12 Izoh: Mazkur jadvalda keltirilgan talablar ko’proq metallardan foydalanib buyumlarni tayyorlashga taalluqlidir, biroq boshqa materiallardan foydalanib amaliy ishlarni bajarishlarda uni sal o’zgartirish mumkin. Ma’lumki, ijodkorlik ob`ektlarining oddiy yoki murakkabligiga qarab uni bajarish muddatini o’qituvchidan talabalarga belgilab berishda yetarli tajriba talab etiladi. Shu ma’noda, talabalarning berilgan amaliy ishlarini bajarish muddatini yuqoridagidek foizlarda hisobga olish ba’zi holatlarda o’qituvchiga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Ana shularni hisobga olib, talabalarning berilgan amaliy ishini bajarish muddatini belgilangan kunlarda qay darajada uddalaganligi(faolligi)ni yanada samarali baholashda ularning ishini bajarganligi va vaqtida topshirganligini tekshiruvlar soniga qarab hisobga olish yaxshi natija beradi. Quyidagi 2- jadvalda ana shu nazorat mazmuni keltirilgan. Ishni o’z vaqtida bajarganligi bo’yicha talablarning bajarilish darajalari. 2- jadval Ishni topshirishdagi o’rinlar Baholar Ishni tugallab topshirganlar ro’yxatida: 1-5 o’rinda turganlar 6-18 o’rindagilar 19-52 o’rindagilar 53 dan keyingi o’rindagilar 5 4 3 2 Amaliy ishlarning umumiy yakuniy natijasini baholash usullari. Yuqoridagi baholash me’yorlarini belgilovchi nazorat tekshiruv materiallari asosida o’qituvchi talabalarning amaliy ishlarini yakuniy baholashda o’ziga xos har xil usullardan foydalanish mumkin. Qachonki amaliy ishni bajarishda talabaning har bir faoliyatini chuqur tahlil etishtalab etilmasa faqat ishning sifati asosiy mezon hisoblanadi va joriy baholash bo’yicha olib borilishi maqsadga muvofiq amaliy ishlarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda bajarilgan hollarda esa baholashning analitik usuli eng samarali hisoblanadi. Bunday usulda olingan baholash jadvali (3-jadval) tayyorlab olinadi. O’qituvchi barcha to`rtta guruhdagi ko’rsatkichlar darajasi 13 bo’yicha tekshiruv natijalarini har bir talabaning familiyasi qarshisiga baholashning mos nisbiy birlikdagi miqdori(6 n.b, 2,5 n.b va xokazo) bo’yicha yozib boriladi. Talabalarning tugallangan amaliy ishlarini baholash jadvali 3- jadval Talaba Nazorat- tekshiruv turi Nisbiy birliklar(n.b)ning arifmetik yig’indisi Baholar Ishni rejalashtirish mahorati va ish o’rnini muvofiq tashkillashtirish darajasi Operasiyalarni bajarish qobiliyati va ijodiy hamda mustaqil yondashuv Belgilangan muddatda bajarganligi yoki kechikib bajarganligi Talab darajasida bajarilish sifati A B V Sirtning silliqligi Operasiyalarni ng bajarilish sifati O’lchamlariga rioya qilinganligi 5,0 5,0 4,0 7,0 6,0 4,0 2,5 1,5 1,0 2,5 2,0 1,5 2,0 2,0 1,0 5,0 4,0 2,5 24,0 21,5 14,0 5 4 3 O’rtacha ko’rsatkichi 4,6 5,7 1,6 2,3 1,7 3,9 21,7 3- jadvaldagi nisbiy birliklar arifmetik yig’indisi asosida yakunlovchi umumiy baholash me’yori belgilab olinadi va shu bo’yicha talabalarning amaliy ishlari 4- jadvalda ko’rsatilganidek baholanadi. Talabalar amaliy ishini yakuniy baholash me’yorlari 4- jadval Nisbiy birlik(n.b)larning arifmetik yig’inidisi Baholash me’yorlari 23,5-25,0 18,5-23,4 13,5-18,4 6,75-13,4 5 4 3 2 14 Mazkur analitik baholash talabalarning amaliy ishlarni bajarishdagi bilim- ko’nikma va uquvlarini real baholash imkonini beradi. Nisbiy birliklar miqdoridan foydalanib har bir talabaning muvaffaqiyati yoki kamchiligi asosli ravishda ochib beriladi. Bu talabalarning olgan bahosiga ba’zi norozilik e’tirozlari bo’lishining oldini olib, yaxshi ijodkorlik muhiti yaratilishiga olib keladi. Bundan tashqari, o’qituvchi har bir ob`ektt bo’yicha nisbiy birliklarning o’rtiqcha qiymatini tahlil qilish barobarida o’zining tashkiliy pedagogik va uslubiy muvaffaqiyatlari yoki aksincha kamchiliklarini ob`ekttiv(xaqqoniy) bilib olishga imkon yaratadi. 15 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Turaqulov X.A., Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish. Uslubiy tavsiyanoma. - Jizzax, «JDPI» 1998. 2. Sharipov Sh.S. «Kasb ta’limi tizimida O’quvchilar ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning uzluksizligi». Toshkent: «Fan» nashriyoti. 2005 yil. 3. Xolmyanskiy L.M., Shchipanov A.S. «Dizayn». Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti. 1991 yil. 4. Vorobyev A.I., Limanskiy S.A. «Texnik konstruksiya va modellar yasash». T.: «O’qituvchi». 1990 y. 5. O’quvchilarni texnik ijodkorligi Toshkent «O’qituvchi» 1989 yil. 6. Muslimov N. «Texnik ijodkorlik va dizayin» Toshkent 2001 y. 64 b. 7. Tog`aev X., Ismoilov T. Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan o`quv uslubiy majmua. Jizzax 2020 yil. 8. Tog`aev X., Bo’ronov I., Safarov Z. “Mehnat va kasb ta’limi bakalavriat yo’nalishlarida muxandislik fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlarida talabalar bilimini baholash mezonlari.” mavzusidagi maruza. Namangan Davlat universiteti. Namangan sh. 2012 yil 6-7-dekabr.123-124-b. 9. Ismoilov T., Danaboyev G’., Atabekov I. “Mehnat va kasb ta’limi bakalavriat yo’nalishlarida muxandislik fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Mehnat ta’limida talabalarning amaliy ishga oid ko’nikmalarini baholash me’yorlari” mavzusidagi maruza. Namangan Davlat universiteti. Namangan sh. 2012 yil 6-7-dekabr.123-124-b. 10. Yusupov K., Allamurodov X., Chankayev F. “Mehnat va kasb ta’limi bakalavriat yo’nalishlarida muxandislik fanlarini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Mehnat ta’limida talabalarning amaliy ishlarni bajarishdagi uquvlarini baholash” mavzusidagi maruza. Namangan Davlat universiteti. Namangan sh. 2012 yil 6-7-dekabr. Mehnat ta'limi darslarini rejalashtirish Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Taqvimiy mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti. Mehnat ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlar. O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar royxati.Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali. Mehnat ta’limi o’quv jarayonida ta’lim vositalaridanfoydalanish metodikasi. Ko’rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida. Zamonaviy ta„lim vositalarining turlari va tavsifi. Ta’lim vositalarining rivojlanish istiqbollari. Elektron axborot ta’lim resurslaridan foydalanish. Mehnat jarayonining tahlilivadidaktik tushunchalar.Mehnat jarayonining tahlili. Bilim, ko’nikma, malaka, kasb, ixtisoslik; mehnat jarayoni, texnologik jarayon. Mehnat ta’limi darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi.Amaliy darsga tayyorgarlik. Joriy, oraliq va yakuniy yo’riqnomalarni o’tkazish tartibi. Dars jarayonida o’qituvchining vazifasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e’tibor. Darsni yakunlash. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasinio’qitishni tashkil qilish.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o’rgatish metodikasi. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob - uskunalar. Xalq hunarmandchiligi usullarini o’rgatish va buyum tayyorlash. Mehnat ta’limi o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi. Mehnat ta’limi o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi. Kasbkorlik sifatlari. Asbobuskunalarni ishga sozlash. Xom ashyo va namuna tayyorlash. Ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar. O’qituvchining shaxsiy fazilatlari. O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash. Mehnatni ilmiy tashkil etish. O’qituvchining ish o’rni. O’quvchining ish o’rni. Asbob-uskuna va moslamalar. Sanitariyagigiena va texnika xavfsizligi talablari. Mehnat ta'limida baholash mezonlari.Mehnat ta’limida, baholash turlari. Mehnat ta'limi darslari jarayonida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezoni. Baholashni ob'ektivligi va differentsialligi. Mehnat ta’limi darslarida baho turlari (amaliy, nazariy). Baholashda hisobga olinadigan omillar. Reyting tizimi asosida baholash. Mehnat ta’limida didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash.Didaktik va tarqatma materiallarga qo„yiladigan talablar. Test savollarini tayyorlashga qo„yiladigan talablar. Ko„rgazmali qurollarni tayyorlashga qoyiladigan talablar. Power Point dasturida taqdimot tayyorlash. Mehnat ta’limiga, oid metodik ishlar.Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta'limi fani boyicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi. Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni. Metodik ishlarni boshqarish tizimi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish. Maktab sharoitida to’garaklar tashkil qilish. Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil qitish metodikasi. Maktabdan tashqari to’garaklarga jalb qilish. Fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish. Mehnat ta’limi dars jarayonida tarbiya. Mehnat tarbiyasi. Axloqiy tarbiya.Iqtisodiy tarbiya. Ekologik tarbiya. Estetik tarbiya. Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari.Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari: kuzatish; suhbat, pedagogik ekskursiya, maktab hujjatlari va o’quvchilar bajaradigan ishlarni o’rganish, laboratoriya eksperimenti, matematik tadqiqot. Mehnat ta’limida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi. Ekskursiyaning maqsad va vazifalari. Ekskursiya ob’ektini tanlash. Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiyani o’tkazish. Ekskursiyani yakunlash. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida to„garaklarni rejalashtirish va tashkillashtirish.To„garak mashg’ulotining rejasini tuzish. To„garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo„llari. Ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish. O„quvchilar ishlab chiqargan mahsulotlar ko„rgazmalari. Mehnat ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash.Mehnat ta’limi darslarida interaktiv usullarni qo’llash. Mehnat ta’limi darslarida muammoli vaziyat, aqliy xujum, klaster usullarini qo’llash. TEXNOLOGIYA TA’LIMI PRAKTIKUMI fani bo’yicha: Fanning maqsad va vazifalari. “Texnologiya ta’limi praktikumi” fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida: - duradgorlik va chilangarlik asbob uskunalarini o’rganish, yog’ochga hamda metallarga ishlov berish texnologiyasini o’rganish, duradgorlik va chilangarlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo„lishi, yog’och va metallarga ishlov berish texnologiyasi, sodda birikmalar va ularning turlari, metallarga sovuq xolda ishlov berish metodlarini tashkil etish; - chilangarlik ishlari haqida, o„quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari, va chilangarlikda ishlatiladigan asbob - uskunalar hamda moslamalar to„g„risida umumiy ma’lumotlarni bilishi kerak; - qo„lda va stanoklarda bajariladigan oddiy ish jarayonlarini amalga oshirish usullaridan, turli buyumlarining asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish, havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish, duradgorlik va chilangarlik jihozlaridan to„g„ri foydalana olish; - simlar va yupqa tunikalarga ishlov berish texnologiyasi, prokat va shtamplash usulida olinadigan materiallarga ishlov berish texnologiyasi to„g„risida ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak; - qo„lda va stanoklar yordamida turli xil buyumlarni bajara olish, detallariga ishlov berish, sodda konstruktsiyali buyumlar uchun asos va chizmasini chizish, ularni tayyorlash texnologiyalarini bilish, chilangarlik va duradgorlik jihozlarini ishga tayyorlash, metallarga sovuq holda ishlov berish yog’och va metallardan sodda buyumlarni tayyorlash boyicha kompetentsiyalarga ega bo„lishi, sozlash; parchinlash, rezba qirqish turlarini o„rganishi, parmalash va charxlash usullarini, tayyor detallarga termik ishlov texnologiyasi to‘g‘risida malakaga ega bo„lishlari zarur. TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN fani bo’yicha Fanning maqsad va vazifalari.Talabalarni texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon standartiga chiqishni, maxsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo’lajak mutaxassislarga politexnik ta'lim berish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik texnologikkonstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi. Bu fanning asosiy maqsadi va vazifasi texnologiya o’qituvchilariga umumiy o’rta ta'lim maktablarida va kasb-hunar kollejlarida, sinfdan maktabdan tashqari o’quv muassalarida o’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak texnologiya (mehnat) o’qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo’lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, o’quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo’lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o’z ichiga oladi. Shuningdek ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to’laroq javob berishi kerak Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini tahminlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo’lajak mehnat va kasb tahlimi o’qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN fani bo’yicha: Texnologiya va dizayn fanining maqsad va vazifasi. O’zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg„or texnologiyalar. Fan - texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar. Yog„och turlari va uning xususiyatlari. Yog„ochlami ishlov berishda rejalash. Yog„och materiallarini yo'nish va yo„nish usullari, Yog„och materiallarini arralash. Yog„och materiallarini teshish. Tayyor buyumlami pardozlash. Yog„och materiallariga ishlov beradigan qo„l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Yog„och materiallariga ishlov beriuvchi dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan j ihozlar. Mashina, mexanizm elementlari va turlari.Yangi texnika va ilg„or texnologiya asoslari. Texnologik xaritalar, ulami tuzish va foydalanish. Metall turlari va ulaming xususiyatlari. Metallarga ishlov berishda rejalash. Metallarga ishlov berish texnologiyasi. Tayyor buyumlami pardozlash. Metallarga ishlov berishda qo„llaniladigan qo„l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Metallarga ishlov berishda qo„llaniladigan dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar. Mashina, mexanizm elementlari va turlari. Texnologik xaritalar, ulami tuzish va foydalanish. Pol qoplamalari hamda mebellaming laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari. Yurtimiz me’morchiligi tarixi. Xona intereri hamda jihozlanish dizayni zamonaviy taraqqiyot yo„nalishlari. Xona va fanlar bo„yicha o„quv kabinetlarida mebel va qo„shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri. Xona va fanlar bo„yicha o„quv kabinetlarida mebel va qo„shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik eskizlarini tayyorlash texnologiyasi. Mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari asoslari. Mehnatni muxofaza qilish qonunlari va nizomlari. Texnika havfsizlik asoslari. Ishlab chiqarishda sog„lom va havfsiz mehnat qilish sharoitini yaratish. Instruktsiyalar bilan tanishish turlari, xodimlarning asosiy mehnat xuquq va burchlari. Ishlab chiqarish sanoatida sanitariya-gigiyena talablari. SERVIS XIZMATI fani bo’yicha: Servis xizmati fanining maqsad va vazifasi:Umumiy o„rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan “Texnologiya” fani quyidagi yonalishlar asosida o’qitiladi: servis xizmati, texnologiya va dizayn, umumlashtirilgan yo’nalish. Mazkur fan servis xizmati yo„nalishi mazmuni asosida ishlab chiqilgan. Servis xizmati yo„nalishi mazmunidagi bo„limlar asosida mavzular shakllantirilgan. Servis xizmati yo„nalishi boyicha gazlamalarning turlari, turkumlanishi, olinishi va xossalari, tikuvchilik jixozlari, tikuv buyumlarini konstruksiyalash va loyihalash, tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi, pazandachilik asoslariga oid mavzular ko’zda tutilgan Ushbu fanning maqsadi - talabalarga servis xizmati boyicha gazlamaga ishlov berish bo’limi mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o„qitishda gazlama turlari, ularning olinishi, xossalari, qo’llanilishi, tikuvchilik jixozlarining kelib chiqish tarixi, turlari, ulardan foydalanish, kichik ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, kiyim turlari, ularning asos chizmalarini konstruktsiyalash, modellashtirish, andoza tayyorlash bichish va tikish texnologiyasi, mexanik usulda ishlov berish texnologiyasi, oziq ovqat mahsulotlari turlari, ovqat tayyorlash texnologiyasi, pazandachilikda foydalaniladigan jixoz turlari va ulardan foydalanish, nazariy va amaliy qurollantirish. Fanning vazifalari - servis xizmati boyicha gazlama turlari, xossalari, kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, andaza tayyorlash uchun gavdadan to’g’ri o’lchov olishni, kiyim fasonlarini o’zgartira olish (modellashtirish), texnologiya asosida bichish va tikish, gazlamalarni, materiallami to„g„ri tanlashga oid ko„nikma va malakalami shakllantirishni, oziq ovqat mahsulotlari turlari, ovqat tayyorlash texnologiyasi, pazandachilikda foydalaniladigan jixoz turlari va ulardan foydalanish vazifa qilib qoyadi. “Servis xizmati” fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - kiyim chizma asoslarini konstruktsiyalash, modellashtirish, bichish va tikish texnologiyasi, tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo„lishi, yengil kiyimlarga ishlov berish texnologiyasi, sodda bichimli kiyim turlarini loyihalash asoslari, maishiy tikuvchilik asbob - uskunalari va jihozlari, qo„l va mashina ishlari, namlik - issiqlik ishlov berish, oziq ovqat mahsulotlari turlari, ovqat tayyorlash texnologiyasi, pazandachilikda foydalaniladigan jixoz turlari va ulardan foydalanishni tashkil etishni bilishi kerak; - qo„lda va mashinada bajariladigan oddiy ish jarayonlarini amalga oshirish usullaridan, turli bichimli tikuv buyumlarining asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish, andazasini tayyorlash va tikish, havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish, tikuvchilik jihozlaridan to„g„ri foydalana olish, oziq ovqat mahsulotlari turlari, ovqat tayyorlash texnologiyasi, pazandachilikda foydalaniladigan jixoz turlari va ulardan foydalanish ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak; - qo„lda va mashinada turli choklarni bajara olish, engil kiyimlar detallariga ishlov berish, sodda konstruktsiyali buyumlar uchun gavdadan o„lchov olish va asos chizmasini qurish, ularni bichish va tikish, tikuvchilik jihozlarini ishga tayyorlash, ayollar va bolalarning sodda bichimli engil kiyimlarini loyihalash va tayyorlash, oziq ovqat mahsulotlari turlari, ovqat tayyorlash texnologiyasi, pazandachilikda foydalaniladigan jixoz turlari va ulardan foydalanish boyicha malakaga ega bo„lishlari zarur. Tikuv jihozlari haqida asosiy ma’lumotlar. Tikuvchilik jihozlarining maqsad va vazifalari. Tikuvchilik jixozlarining rivojlanish tarixi. Tikuvchilik korxonalarining asosiy ishlab chiqarish sexlari va ulaming vazifalari. Tikuv mashinalarining paydo boiish tarixi, hamda ulami ishlab chiqaruvchi zavod va firmalar to„g„risida umumiy tushincha. Tikuv mashinalarining sifati, estetikasi va asosiy turlari Mashinalaming sifati, puxtaligi va umrboqiyligi, asosiy turlari, guruhlarga bo„linishi: moki va bahya tikuv mashinalari; zanjirsimon bahya tikuv mashinalari, ulaming asosiy turlari. Tikuv mashinalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari. Tikuv sexlari, tayyorlov, bichish va omborlarningjihoz turlari haqida asosiy ta 'lumotlar Tikuvchilik sanoatida tayyorlov sexida materiallarni qabul qilish, o'lchash, nuqsonlami aniqlash va saqlash. Eksperimental tsexlarning uskunalari. Bichish tsexlarining asosiy texnologik jarayonlari. Tsex ichida transport vositalari. Asosiy xavfsizlik texnik qoidalari. Tikuv mashinalari klassifikatsiya detallari va ulaming tavsifi. Hozirgi vaqtda maxsus fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning ta’lim faoliyatining sub‘yekti sifatida mustaqil, rejali bilim o‘zlashtirishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar yaratadigan, har bir o‘quvchining bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiridigan modulli ta’lim metodlarining ahamiyati katta. “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fani “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” 26 yo‘nalishidagi maxsus fanlardan biri bo‘lib, uni o‘rganish natijasida tikuvchilik buyumlarini tayyorlash jarayoni bosqichlari, bichish va tikish usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtiriladi. Tikuvchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari bir qancha bosqichdan iborat va ular muayyan ketma-ketlikda, bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, har bir amaliy mashg‘ulot buyumning biror uzeliga ishlov berish jarayonini qamrab oladi. O‘quvchi har bir bo‘lakni tayyorlash usulini amaliy mustaqil bajarsagina texnologik jihatdan to‘g’ri tikish yo‘llarini yaxshi o‘zlashtiradi. Texnogiya ta’limida amaliy mashg‘ulotlarni modullarga bo‘lib o‘rganish natijasida, o‘quvchining modulda belgilangan tartibda vazifani bajarish, o‘z-ozini tekshirish va baholash, erishgan natijadan qoniqamaganda, o‘qituvchining ko‘rsatmalari bilan xatolarini anglagan holda modulni qayta o‘rganish inkoniyati mavjud bo‘ladi . Mashg‘ulotlarda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur texnologiyadan foydalanish uchun o‘qituvchi quyidagi tayyorgarlik ishlarini olib borgan bo‘lishi shart: 1. O‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida o‘quvchilarga qo‘yiladigan o‘quv maqsadlarini belgilash; 2. O‘rganiladigan mavzuni mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratish, har bir modulning xususiy maqsadlarini aniqlash; O‘quvchilarning har bir modulning xususiy maqsadlariga erishish yo‘llarini nazarda tutgan holda o‘quv topshiriqlarini tuzish va unga ajratilgan vaqt me’yorlarini belgilash; 3.Modullarning ketma-ketligi asosida modullarning xususiy maqsadlari, o‘quv topshiriqlarni yaxlit tarzda o‘zida mujassamlashtirgan modul dasturini loyihalash; 4.Ma’ruza matni va modul dasturini mashgulotdan bir hafta avval o‘quvchilarga tarqatish; O‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zo‘zini, o‘zaro va o‘qutuvchi tomonidan nazorat qilinishi ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Modulli ta’lim texnologiyasi o‘qitish jarayonida yangi mavzuni o‘rganishda xususiy metodik darajada qo‘llaniladi va lokal darajada qo‘llaniladigan aqliy hujum, insert, klaster, bumerang, atamalar zanjiri, blits, o‘yin, mashqlar bilan uyg‘unlashtiriladi . 27 Modulli ta’limning amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llashning afzalliklari quyidagilar: 1. Ta’lim mazmuni alohida tugallangan mustaqil qismlar(bloklar)dan iborat bo‘lishi va ularni o‘zlashtirish ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqishi lozim. Didaktik maqsad o‘quvchi uchun belgilanadi va u faqat o‘quv materiali hajmini o‘zlashtirishga oid ko‘rsamalarni emas, balki o‘zlashtirish darajasini ham o‘z ichiga oladi. Har bir o‘quvchi modulni qanday o‘rganish kerakligi, zaruriy o‘quv materiallarini qanday topishi kerakligi haqida o‘qituvchidan yozma tavsiyalar oladi. 2. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot individual tarzda yoki modullar asosida o‘tadi. Faqat modulgina ta‘limni sub’yektsub‘yekt asosida o‘tishiga yordam beradi. 3. Har bir o‘quvchi o‘z faoliyati davomida vaqtining ko‘p qismini mustaqil ishlashga, maqsad asosida o‘qishga, ishni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish va tekshirishga bag‘ishlaydi. Shunday qilib har bir o‘quvchi o‘z bilim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi, bilim va ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni anglaydi. 4. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini modullar orqali yoki bevosita boshqaradi. Bevosita boshqarganda u aniq maqsad asosida va o‘quvchi bilan yaxshi munosabatda bo‘lib boshqaradi. 5. Chop etilgan modullarning mavjudligi o‘qituvchiga o‘quvchilarning har biriga individual maslahat bera olish va o‘quvchiga qanday yordam qilishni belgilab olish imkoniyatini beradi. Bilim o‘zlashtirish etaplari logikasi - idrok etish, anglash, esda qoldirish, amaliyotga qo‘llash, umumlashtirish, tizimlash kabilar asosida o‘quvchi faoliyati tarkibini belgilash - modul qurilishida eng muhim asosdir. 1. Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni asosida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM talablari asosida ishlab chiqilgan hamda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda – bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati asosida texnikum bitiruvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga kirish imtihonlarisiz, ushbu hujjatda keltirilgan baholash mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali sinovdan o‘tkaziladilar. 3. Quyidagi talablarga javob bergan talabalar yakka tartibdagi suhbat jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar: bitiruvchi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi «5 (a’lo)» bo‘lishi; texnikumni tamomlaganiga kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lishi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur. 2-bob. Suhbatning maqsadi 4. Suhbatning maqsadi oliy ta’limda o‘qish istagini bildirgan texnikum bitiruvchilaridan mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, shaxsiy yutuqlari bilan o‘rnak bo‘la oladigan, mutaxassisligi bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi va mohiyatini tushuna olishi, ularni o‘zining bo‘lajak sohasi uchun tadbiq eta olishi hisoblanadi. 3-bob. Suhbat jarayoni tartibi 5. Yakka tartibdagi suhbat uchun savollar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 6. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi: mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish; bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish); shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari); tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi. 7. Bitiruvchi yakka tartibdagi suhbatga shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, shaxsiy yutuqlari, muvaffaqiyatlari, sohasi hamda qo‘shimcha bilim, tajriba va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik bo‘yicha erishgan natijalari hamda boshqa qiziqishlariga oid hujjatlarni portfolio tartibida tayyorlab kelishi talab etiladi. 3 8. Yakka tartibdagi suhbat bitiruvchining shaxsan ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda bitiruvchi suhbat uchun tayyorlab kelgan hujjatlari portfoliosini Suhbat komissiyasiga taqdim etadi. 9. Suhbatda ishtirok etish uchun talabgor suhbat komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlab qo‘yilgan biletlardan birini ixtiyoriy ravishda tortadi. Tanlangan biletning raqamini Suhbat komissiyasiga eshittiradi. Suhbat komissiyasi talabgorga suhbatga tayyorlanish uchun 10 minut vaqt beradi. Vaqt yakunlanganidan so‘ng talabgor suhbatdan o‘tadi. 10. Bitiruvchi tomonidan tayyorlangan portfolioning haqiqiyligiga bitiruvchi javobgar bo‘lib, yakka tartibdagi suhbat jarayonida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan o‘rganib chiqiladi. Portfolioning haqiqiyligini bilish uchun talabgorga qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. 11. Suhbat jarayonida Suhbat komissiyasining har bir a’zosiga ushbu Mezonning 1-ilovasiga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchining suhbat natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda – suhbat natijalarini qayd etish varag‘i) beriladi. Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varag‘iga har bir bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra tegishli ballar belgilab boriladi va imzolanadi. 12. Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan to‘ldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar qo‘shib jamalanadi hamda komissiya a’zolari soniga nisbatan o‘rtacha ball hisoblab chiqiladi va shu asosida ushbu Mezonning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda – suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i) to‘ldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Talabgor tomonidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi. Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi. 13. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari bajarilgandan so‘ng oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi. 14. Suhbat komissiyasi tomonidan talabgorlarni baholash mezonlari quyidagicha taqsimlanadi Download 49.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling