Fan/modl kodi
SPSTur-1604
|
O’quv
2023-2024
|
Semestr
6
|
Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
soat
|
|
SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI
|
60
|
60
|
120
|
2
|
I.Fanning mazmuni
Mazkur dastur mazmuni jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan, yuksak bilimli, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” fani talabalarga o‘z sohasini yanada chuqurroq o‘rganish va kasbiy bilimlarini tushunarli, qiziqarli ravishda taqdim etish, kelajakda jismoniy tarbiya, sport, turizm tizimi sohasida mustaqil samarali faoliyat olib borish inkonini beradi.
Ushbu fan jismoniy tarbiya va sport ta’limining tarkibiy qismlari, uning vosita va uslublari, tamoyillari, ta’lim tizimidagi o‘rni kabi masalalarni qamrab oladi. “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” fani asosiy ixtisoslik fani sifatida o‘quv rejasining maxsus fanlar blokiga mansub bo‘lib, bakalavriaturaning 61010300 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha) – ta’lim yo’nalishi bo‘yicha I-bosqichning 2-semestrlarda o‘tkaziladi.
Fanning maqsadi - talabalarning sog‘lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalashda axloqiy iroda sifatlarini, o‘zaro yordam va do‘stlik, birodarlik his-tuyg‘ularini, jismoniy va ma’naviy kamolotini tarbiyalaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |