Fan/modul kodi 09 (bakalavriat) O‘quv yili
Download 0.64 Mb.
|
“Elektr energiyani uzatilishi, taqsimlanishi va iste’moli” fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish uchun mavzular va topshiriqlar
Tajriba mashg’uloti №5. O’zgarmas tok zanjirida izolyatsiya qarshiligi nazorati.
(4-soat) Tajriba mashg’uloti №6. Avtomatik o’chirgichlarni tekshirish. (6-soat) Tajriba mashg’uloti №7. Magnit ishga tushurgich va yuritmalarini montaji va sozlash. (6-soat) 3.4. Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni. Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet materiallari bilan ishlashni, tajriba ishlarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni, referatlar yozishni, standart talablariga mos ravishda va hisoblash texnikasida foydalanib mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi. Mustaqil ish uchun mavzular va topshiriqlar 1. Kabel liniyalari (KL) ularning tavsiflari va qo‘llanilish oblasti KL ni yotkizish turlari. 2. Kabel liniyalarni tranheyda va kabel inshoatlarida yotqizish. 3. Kabel liniyalari. Kabel liniyalarni sanoat korxonalarida va zavod sexlarida ochik yotqizish. 4. Kuchlanish 35 kV gacha qog‘oz izolyasiyali bo‘lgan kuch KL oxirlariga ishlov berish va mufta qilish. 5. Kabel liniyalari KL ga yangi texnologiya buyicha ishlov berish va mufta qilish. 6. Plastmassa izolyasiyali kuch KL oxiriga ishlov berish va mufta qilish. 7. Kuchlanishi 1000V havoda elektr uzatish liniyalarni montaji. 8. Kuchlanishi 1000V dan yuqori kuchlanishli havoda elektr uzatish liniyalarni montaji. 9. O‘tkazgichlarni kontaktli bog‘lash, simlarni va trosslarni tamirlash. 10. Simlarni va trosslarni kesishish joylaridan va injenerlik inshoatlaridan o‘tkazish. 11. YAshindan ximoya qurilmalarini montaji. Ishni bajarishga topshirish va qabul qilish. 12. Havoda elektr uzatish liniyalarni ekspluatatsiyasi. 13. Kabellar va simlarning tomirlarini tarmoqlanish joylari xamda oxirlariga ishlov berish va bog‘lash. 14. Bog‘lanishni korroziyadan ximoya qilish. 15. Erga ulovchi qurilmalarni montaji. 16. Erga ulovchi qurilmalarni ekspluatatsiyaga topshirish va ularni ekspluatatsiya qilish. 17. 1000 V gacha bo‘lgan sex elektr tarmoqlari. 18. SHina o‘tkazgichlar xozirgi zamon energiya kanalizatsiyasi qurilmalari. 19. SHina o’tkazgichlarning turlari va konstruksiyalari. 20. Magistral shina o‘tkazgichlar (o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli) shuningdek magistral liniyalarda tok o‘tkazgich kabellarining montaji. 21. 1000 V dan yukori sex elektr tarmoqlari. 22. SHina utkazgichlar. Taqsimlash shina utkazgichlar montaji. 23. Troleyli shina o‘tkazgichlar montaji. 24. Yoritish shina o‘tkazgichlar montaji. SHMA-IX, SHRA – 250, SHRA –400, SHRA-6X seriyali shina o‘tkazgichlarning montajli muxim tomonlari. 25. SHina o‘tkazgichlarni ekspluatatsiyaga topshirish. 26. 1000V gacha sex elektr tarmoqlari. 27. Simlar va kabellarni lotokda va karobkalarda montaji. 28. Simlar va kabellarni truba va qurilish elementlarida montaji. 29. Trossli o‘tkazgichlarni montaji (trosslarda maxkamlanadigan o‘tkazgichlar va kabellar). 30. Sex trolleylarning montaji. 31. Komplekt taqsimlash qurilmalarining (KTq) va podstansiyalarning montaji. 32. Bir tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan yigma taqsimlash qurilmalarning (KSO), komplekt transformator podstansiyalarni, (KTP) xamda ularning elementlari va sxemalari va hokazolarning montaji. 33. KTK montaji. YUkori kuchlanishli uchirgichlar. 34. Uchirgichlar haqida ma’lumotlar. 35. Uchirgichlar va yuklama uchirgichlari montaji. 36. Uchirgichlarga xozirgi zamon talablari. 37. Uchirgichlarda yoyni sundirish ta’moyillari. 38. KT va podstansiya montaji. 39. Ajratgichlar qisqa tutashtirgichlar uzgichlar. 40 Himoyalarni sxemalarini bu qurilmalarda qo‘llanilishi. 41. Ajratgich qisqa tutashtirgich va uzgichlar montaji. 42. Tok transformatorlari montaji. 43. Taqsimlash qurilmalari va podstansiyalar montaji. 44. Eriydigan saqlagichlar, razryadlagichlar, reaktorlar, kondensatorlar va izolyatorlar. 45. Eriydigan saqlagichlar, razryadlagichlar, (Metalli va trubkasimon) betonli reaktorlar statik kondensatorlar va izolyatorlar montaji. 46. Kuchlanish transformatorning montaji. 47. Kuch transforsmatorlari: Umumiy ma’lumotlar. 48. Transformatorlarni montajga tayerlash ishlari, kuchlanishi 110 kV gacha kuch transformatorlari montaji va aktiv qismining reviziyasi. 49. Transformatorni reviziya qilish va RPN ni urnatish, sovutish uchun qurilmaning montaji. 50. Kirishlari montaji va o‘rnatiladigan tok transformatorlarini montaji. 51. Kuch transformatorlari. Quvvati 2500 kVa gacha bo‘lgan sex transformatorlari. 52. Transformatorni reviziya montaj qilish izolyasiyani quritish. 53. Transformatorlarni quritmasdan ekspluatatsiyaga quyish. 54. Transformatorni ekspluatatsiyaga topirish. 55. Kuch transformatorlari: Umumiy ma’lumotlar. 56. Transformatorlarni ekspluatatsiyasi. Ishini nazorat qilish normal, avariya yuklamalarida uzdan kechirish va ta’mirlash nosozlik tavsiflari, joriy va kapital ta’mirlash xajmlari. 57. Elektr yoritish. Elektr yoritish qurilmalarini montaji buyicha asosiy xolatlar. 58. Sanoat korxonalarida elektr yoritish qurilmalarini montaji. 59. Elektr yoritish. Elektr yoritish binolarini montaji umumiy xolatlar, ularni ekspluatatsiyaga topshirish. 60. Elektr korroziya. Elektr korroziyadan ximoya. 61. Kabel liniyalar. qurg‘oshin va chugun KL va epoksid muftlarning montaji. 62. Kabel liniyalarni bloklarda va kabel kanallarda montaj qilish. 63. Hozirgi davrda jahon miqyosida, uning turli xududlari va mamlakatlarida energiya resurslarining mavjudlik dara-jasi va ulardan foyda-lanish. 64. Yuqori kuchlanishli havo va kabel liniyalari. 65. Dunyo va O‘zbekiston elektr energetika sistemasi. 66. Avtortansformatorllarni tanlash va unda elektr energiya isrofi 67. Sim va kabellarni tanlash usullari 68. Energotejamkor elektr iste’molchilari Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan konspektlar tayyorlanadi va u savol-javob tarzida himoya qilinadi. Yoziladigan konspektlarda mavzuning o’rganilganlik darajasi, xozirgi kundagi dolzarb masalalari, muammolari va uni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-metodik takliflar o’rin olishi lozim. Bundan tashqari mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish, ilmiy metodik va ilmiy nazariy maqolalar tayyorlash ham tavsiya etiladi. Mustaqil ta’limni tashkil etishda ushbu fanning xususiyat-larini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi: 1) Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi va vaqtni tejaydi; 2) O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari va boshqalar; 3) Fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv-ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi; 4) Internet tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ishlarni yozishda mavzu bo‘yicha internet manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlanti-riladi; 5) Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish, shuning bilan birga ishtirok etish; 6) Amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash; 7) Ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish; 8) Mavjud amaliy mashg‘ulot ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k. Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling