Fan/modul kodi 36 fisp 4 07 O‘quv yili
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Download 421.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Fan dasturi B.S.S.MAGSTR
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o’rganamiz? Siyosatning juda nozik va murakkab masala ekanligi. Unga nisbatan munosabat bildirayotganda juda ehtiyot bo’lmoqning lozimligi. Siyosatning xilma-xil turlari (ko’rinishlari) va Byudjet-soliq siyosati. Uning o’ziga xos asosiy xususiyati, bog’lanish tomonlari, bir-biridan ajratib bo’lmasligi. Byudjet-soliq siyosatini to’g’ri va oqilona yurgizishning zarurligi va uning oqibatlari. “Byudjet-soliq siyosatining o’zi nima, uning asosini nima tashkil tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalardan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?” kabi ko’plab savollarga aniqlik kiritib olishning zarurligi. Byudjet-soliq siyosatini moliyaviy siyosatsiz tasavvur etib bo’lmasligi; Byudjet siyosati Byudjet-soliq siyosatining va shunga mos ravishda, moliyaviy siyosatning ham eng muhim tarkibiy qismi hisoblanishi va unga nisbatan birlamchi xarakterga egaligi; 3 Byudjet tizimi, Byudjet tuzilmasi va Byudjet jarayoni orqali Byudjet siyosatining o’zini namoyon etishi; Byudjet siyosati doirasidagi eng dolzarb muammolar barchasining, beixtiyor, Byudjet defitsitiga borib taqalishi; soliq siyosatining Byudjet-soliq siyosatida alohida, salmoqli o’ringa egaligi; soliq yukiga nisbatan bo’lgan munosabat masalasining soliq siyosatida eng muhim o’rin tutishi; soliq siyosatidagi eng munozarali muammolardan birining soliq imtiyozlariga tegishli ekanligi; Byudjet-soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlar, muammo- larni hal etish va e’tirozlarni yumshatish yo’llari; Byudjet-soliq siyosatining dogma (qotib qolgan) emasligi va uni takomillashtirishning fundamental asoslari (ustuvor yo’nalishlari). Byudjet-soliq siyosatining ma’no-mazmunini o’quvchiga (ayniqsa, magistrantlarga) qanday tarzda tushuntirishni aniqlash, unda barcha fuqarolarni qiziqtiruvchi hayotiy savollarga javob berish, bildirilgan fikrlarning har biriga o’quvchilarning katta shubha bilan qarashlari, ayrim masalalarni muhokama etishda an’anaviy usullardan foydalanilmaslik, bir qator muammolarning o’quvchilarga oddiy ko’rinishda bildirilib, ongli ravishda va sun’iy tarzda oldindan ochiq qoldirishning maqsadga muvofiqligi. Download 421.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling