V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funktsiyalari, byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, davlatning byudjet-soliq siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbollarini belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g‘azna ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
byudjet ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablag‘lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.
|