Fan/modul kodi 36 pubp 4 21


Download 248.63 Kb.
bet1/12
Sana17.02.2023
Hajmi248.63 Kb.
#1207845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Фан дастури





Fan/modul kodi
336 PUBP 3 4 1.21

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
5-6

ECTS - Kreditlar
8

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Davlat byudjeti

120

120

240

2.



I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassis bo‘lib etishadigan talabalarda byudjet tizimining tuzilishi va byudjet munosabatlari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirishdan iborat.


Fanning vazifasi – talabalarni davlat byudjeti nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, byudjet munosabatlarini tashkil qilishdagi iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-MODUL. DAVLAT BYUDJETINING NAZARIY ASOSLARI, UNING DAROMADLARI VA XARAJATLARI TIZIMI


1-mavzu. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat byudjeti – iqtisodiy kategoriya sifatida. Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi. Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining davlat ixtiyoridagi markazlashgan pul fondi ekanligi. Davlat byudjeti – huquqiy kategoriya sifatida. Davlat byudjetining funksiyalari, ularning davlatning funksiyalari bilan bog‘liqligi. Davlat byudjetining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va ahamiyati. Byudjet munosabatlarining ko‘pqirraliligi va ko‘p pog‘onaliligi. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro munosabatlari.


2-mavzu. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi

Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi to‘g‘risida tushuncha. Jahonda mavjud byudjet qurilishi modellari, ularning xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning asosiy prinsiplari. Byudjet tizimi byudjetlari to‘g‘risida tushuncha. Turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida daromad va xarajatlarni taqsimlash asoslari. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Byudjet huquqi, uning obyektlari, subyektlari, byudjet huquqi me’yorlari. Respublika (markaziy) va mahalliy hukumat organlarining byudjet huquqlari. Mahalliy hukumat organlari byudjet huquqlarining kengayishi.





Download 248.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling