Fan/modul kodi 36 pubp 4 21


-mavzu. Davlat byudjetining huquqiy asoslari


Download 248.63 Kb.
bet2/12
Sana17.02.2023
Hajmi248.63 Kb.
#1207845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Фан дастури

3-mavzu. Davlat byudjetining huquqiy asoslari

Davlat byudjeti qonunchiligi va byudjet huquqi. Byudjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – byudjet munosabatlarining huquqiy asosi sifatida. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari. Davlat byudjeti qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar. Davlat moliya tizimidagi islohotlar sharoitida davlat byudjeti huquqiy asoslarining mustahkamlanishi.




4-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar

Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha. Byudjetlar darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarning taqsimlanishi. Tartibga soluvchi daromadlar, ularning byudjet tizimi byudjetlarini tartibga solishdagi ahamiyati. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan cheklanishlar. Byudjetlararo munosabatlarning zarurligi. Byudjetlararo transfertlarning shakllari: subvensiyalar; o‘tkazib beriladigan daromadlar; dotatsiyalar; byudjet ssudasi; o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar; maqsadli ijtimoiy transfertlar. Byudjetlararo transfertlarni o‘tkazish tartibi. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini tartibga solishda byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati. Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert. Aylanma kassa mablag‘lari. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari.




5-mavzu. Davlat byudjeti daromadlari tizimi

Davlat byudjeti daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari. Davlat byudjeti daromadlarining mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatining qayta taqsimlanishi jarayonida shakllanishi. Davlat byudjetiga daromadlarni jalb qilishning ichki va tashqi manbalari. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi. Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlarning ahamiyati. Soliqlarning o‘ziga xos belgilari. Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va aholidan undiriladigan daromadlarning tutgan o‘rni. Soliqlarni guruhlash mezonlari. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining shakllantirilishiga ko‘ra soliqlarning umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlarga bo‘linishi. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari. Davlat byudjetining daromad bazalarini mustahkamlashning zamonaviy muammolari.





Download 248.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling