Fan/modul kodi 36 pubp 4 21
-mavzu. Davlat byudjeti xarajatlari tizimi
Download 248.63 Kb.
|
Фан дастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Davlat byudjetining holati
- 8-mavzu. Byudjet jarayoni
6-mavzu. Davlat byudjeti xarajatlari tizimi
Davlat byudjeti xarajatlarining davlatning funksiyalari bilan bog‘liqligi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmun-mohiyati. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlanishi: joriy xarajatlar, kapital xarajatlar. Davlat byudjeti xarajatlarining funksional tayinlanishiga ko‘ra guruhlanishi. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va tuzilishi. Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari. Iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida iqtisodiyot xarajatlari tarkibining o‘zgarishi. Davlat byudjetining ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. Davlat byudjetining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari. Davlat byudjetining mamlakat mudofaa tizimini saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlari. 7-mavzu. Davlat byudjetining holati Davlat byudjetining umumiy holati. Davlat byudjetining balansliligi, profitsit va taqchillik holatlari. Davlat byudjeti taqchilligi tushunchasi, uning shakllari, davlat byudjeti taqchilligini keltirib chiqaruvchi omillar. Davlat byudjeti taqchilligini tartibga solish va boshqarish. Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari, ularning guruhlanishi, taqchillikni qoplashning ichki va tashqi, inflyatsion va noinflyatsion manbalari, ularning xususiyatlari. Davlat byudjeti taqchilligi to‘g‘risidagi zamonaviy konsepsiyalar, ularning mazmuni, xususiyatlari va ahamiyati. Xorijiy davlatlarda byudjet taqchilligi va u bilan bog‘liq muammolar. Xorijiy davlatlarda byudjet taqchilligini boshqarish. 8-mavzu. Byudjet jarayoni Byudjet jarayoni to‘g‘risida tushuncha. Byudjet jarayoni bosqichlari: byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, byudjet ijrosini nazorat qilish, byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash. Byudjet jarayoni ishtirokchilari, ularning vakolatlari va vazifalari. Tasdiqlangan byudjetning byudjet mablag‘larini oluvchilarga etkazilishi. Byudjetni ijro etish, uning vazifalari, byudjet ijrosini ta’minlovchi organlar. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida tushuncha, uning xususiyatlari. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tashkil qilish. G‘azna ijrosining huquqiy asoslari. G‘aznachilikning elementlari. G‘azna ijrosida byudjet mablag‘larining ularni oluvchilarga etkazilishi. Byudjetning g‘azna ijrosini amalga oshiruvchi organlar, ularning asosiy vazifalari. Byudjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Byudjet jarayoni bosqichlarini nazorat qilish, nazoratning asosiy vazifalari. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil qilishning xususiyatlari. Xorijiy davlatlarda byudjet jarayoni: ishtirokchilari, ularning vakolatlari. Download 248.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling