Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, xususan, zamonaviy texnik vositalar, shuningdek, muammoli dasturiy ta’minot bilan ishlash, iqtisodiy axborotlarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish, tahlil qilish, vizualizatsiya qilish va saqlash vositalari, elektron hukumat xizmatlarining integrallashgan tizimini yaratish, iqtisodiy faoliyatdagi axborot tizimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – talabalarni zamonaviy IKT, axborot kommunikatsiya va aloqa jarаyonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi, Internet tarmog’idan foydalanganda sog’lom muhitni shakllantirish, talabalarga internetdan foydalanish madaniyati ko’nikmalarini singdirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanganda umumjahon ijtimoiy tarmoqlardagi qabul qilingan normalarga rioya qilish, ijtimoiy tarmoqlar, davlat portallari, zamonaviy integrallashgan on-layn tizimlarni iqtisodiy sohalardagi texnik va dasturiy ta’minotlari, IKTini boshqarish va joriy etishdagi qator tizimli muammolari haqida umumiy ma’lumot berish, iqtisodiy masalalarni muammoga yo‘naltirilgan ADP yechish, tahlil va qaror qabul qilish, AKTni amaliyotda qo‘llay olish, AKTni asosiy bo‘limlari yuzasidan chuqur bilim olish va iqtisodchi amaliyotiga tatbiq qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat.
|