Fan/moduli kodi xvmb106 O’quv yili 2022-2023 Semestr


-mavzu. Umumjahon kalendarlari loyihalari. Vaqt mintaqasining


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana15.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1200783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
3.01 Хронология ва метрология 2022 sillabus

11-mavzu. Umumjahon kalendarlari loyihalari. Vaqt mintaqasining 
vaqtni hisoblashdagi o‘rni 
O‘n uch oylik kalendar loyihalari va ularning kamchiliklari. O‘n ikki oylik kalendar 
loyihalari. Grigoriy kalendaridagi kamchiliklar. XVIII-asrning oxirlarida M. 
Armelinning kalendar loyihasi. Fransuz inqilobiy kalendari. 1834 yilda 
Mastrafonining kalendar loyihasi. XX asr boshida Yevropada vujudga milliy 
inqilobiy kalendarlar va “abadiy kalendar”ni tuzish uchun olib borilgan harakatlar. 
1923 yila Millatlar Ligasida kalendar islohati yuzasidan olib borilgan ishlar. XX 
asrda BMTda yangi zamonaviy xalqaro kalendarlar loyihalarining muhokama 
etilishi. Mahalliy va mintaqa vaqti. Vaqt mintaqalari. Grigoriy kalendarining 
ommalashuvi. Yagona vaqtdan foydalanish. Grinvich meridiani. AQShda soat 
mintaqalaring qabul qilinishi. 1884 yilda Vashingtonda soat mintaqalarini qabul 
qilish masalasida xalqaro konferensiyaning o‘tkazilishi. O‘zbekistonda vaqt tizimi.
12- mavzu: Metrologiya tarixi va uning kelib chiqishi. 
Metrologiya tarixi ushbu intizomni kelib chiqishidan to hozirgi kungacha 
davom etgan barcha voqealar va yutuqlarga ishora qiladi. Metrologiya - narsalarning 
og'irligi va o'lchovlarini o'rganadigan fan. Bu juda qadimiy fan, chunki odamlar har 
doim narsalarning uzunligi va o'lchovlarini hisoblashga harakat qilishgan. 
Darhaqiqat, metrologiya tashkil topganidan buyon odamzodning birinchi 
jamiyatlaridan boshlab, bizning kunlarimizning aql bovar qilmaydigan 
shaharlarigacha xalqlarning kundalik hayotining bir qismi bo'lganligini tasdiqlash 
mumkin. 
13-mavzu. Metrologiya fani, Metrologiya fanining maqsad va vazifasi
Metrologiya fani va uning vazifasi, predmeti va ob’ekti. Zamonaviy 
metrologiyaning vazifalari. Metrologiyaning asosiy muammolari. Metrologiya 
fanining rivojlanish tarixi. Metrologik tadqiqotlarni vujudga kelishi va ularning 


tarixshunosligi. O‘lchashlarning umumiy nazariyasi, kattaliklar birliklarini va 
ularning tizimlarini yaratish, o‘lchash usullari va vositalari, o‘lchashlar aniqligi 
(o‘lchashlar noaniqligi nazariyasi, o‘lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash 
usullari va ifodalash yo‘llari, o‘lchashlar bir xilligini ta’minlash, etalonlarni 
yaratish, o‘lchash vositalari va o‘lchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va 
birliklar o‘lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o‘lchash vositalariga o‘tkazish 
usullari. XVIII asrning oxirlarida og‘irlik va uzunlik o‘lchov birliklarining qabul 
qilinishi natijasida metrologiya fanining rivojlanishi. Metrologiya va fizik tajribalar. 
XIX asr oxirlarida yagona o‘lchov birliklarini qabul qilishga urinishlar va bu 
boradagi muammolar. 1875 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning qabul 
qilinishi va uning ahamiyati. O‘lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosining tashkil 
qilinishi va uning faoliyati. Xalqaro birliklar tizimi. Maxsus metrologiya 
tashkilotlari. Zamonoviy umumiy metrologiya va tabiiy fanlar. Zamonaviy 
metrologik tadqqiotlar. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling