Fan/modulkodi


III. FANNI O’QITISHDA INNOVASION TA’LIM


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana17.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1783177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fan dastur бюджет хисоби Шайматова Н (2)

III. FANNI O’QITISHDA INNOVASION TA’LIM 
TEXNOLOGIYALARI HAMDA O’QUV MASHG’ULOTLARINI 
LOYIHALASH 
Fanni o’qitishda interfaol, kommunikativ, pertseptiv yondashuvlardan 
maksimal darajada foydalanish, o’quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: 
audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o’zlashtirilgan bilimlar majmuasini 
amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog’lay olish, olingan natijalarni 
baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va 
kompetentsiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida 
e’tibor qaratish talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quv mashg’ulotlarini loyihalash jarayonida:
– mezonni tanlash;
– o’quv maqsadlarini toifalash;
– o’quv materiallarini modullashtirish;
– ularni o’rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
– o’rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim 
oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo’llash 
ko’nikmasini shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi.
 
 
IV. ASOSIY QISM 
1.Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
 
1-MODUL. BYUDJET HISOBINING NAZARIY ASOSLARI 
 
1-MAVZU: “Byudjet hisobi” faniga kirish. Fanning mazmuni, predmeti va va 
usullari 



Fanning mazmuni. Fanning predmeti va obyekti. Byudjet hisobining maqsadi va 
vazifalari. Byudjet hisobining usullari va funksiyalari. Byudjet hisobini tashkil 
etishning hususiyatlari. Byudjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi. 
Byudjet hisobining axborot tizimlari xaqida tushuncha va ularning turlari. 
Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari 
hamda xususiyatlari. Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda 
registrlari shakllari. Byudjet tashkilotlarida qo’llaniladigan hisobvaraqlar, ularni 
tayinlanishi va tuzilishi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi. Byudjet 
tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari. Byudjet hisobini tartibga 
solishning qonunchilik tizimi. Byudjet hisobi subyektlari, ularning vazifalari, 
huquqlari va javobgarliklari. Byudjet hisobi axborotlari va ulardan foydalanuvchilar. 
Byudjet hisobi axborotlarini shakllantirishda byudjet tasnifining qo’llanilishi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling