Fanni oʻqitishdagi yangi pedagogik texnologiyalar
Mavzu yuzasidan masala va mashqlar
Download 183,76 Kb.
|
Документ Microsoft Word (8)
Mavzu yuzasidan masala va mashqlar.
20 g mis(II) oksidni qaytarish uchun qancha uglerod kerak? Reaksiya natijasida hosil boʻladigan misning miqdorini hisoblang. 5 kg uglerod toʻliq yonganda qancha miqdor issiqlik ajralib chiqadi? Is gazining 5,6 l (n. sh.da) hajmi yonganda qancha miqdor issiqlik ajralib chiqadi? Quyidagi reaksiya tenglamalarini tugallang: 1,5 kg natriy karbonat qizdirilganda va ortiqcha miqdor kislota ta’sir ettirilganda qancha gaz ajralishi mumkin? Quyidagi oʻzgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini yozing: 200 g ohaktosh parchalanishi natijasida n.sh..da oʻlcangan 33,6 l karbonat angidrid hosil boʻldi. Ohaktosh tarkibida necha foiz kaliy karbonat boʻlgan? Tarkibida 20% yot jinslar boʻlgan 4,5 g toshkoʻmir yondirilganda n.sh..da oʻlchangan qancha hajm karbonat angidrid hosil boʻladi? 60 g ohaktosh qizdirilganda 32 g kalsiy oksid olindi. Ohaktoshdagi kalsiy karbonatning massa ulushini aniqlang. Tarkibida 10% yot jinslar boʻlgan 44,45 g kaliy permanganat qizdirilganda necha mol va necha gramm kislorod hosil boʻladi? 4 kg kalsiy karbid suv bilan reaksiyaga kirishib 1120 l (n.sh.da oʻlchangan) atsetilen hosil boʻladi. Reaksiya uchun olingan kalsiy karbid namunasida necha foiz CaC2 boʻlgan? Tarkibida 10% yot jins boʻlgan 2 t ohaktosh toʻliq parchalanganda n.sh..da oʻlchangan qancha hajm CO2 hosil boʻladi? Tarkibida 92% C boʻlgan 4 t koʻmirdan gaz generatorida n.sh. da oʻlchangan qancha hajm is gazi hosil boʻladi? Ishlab chiqarishdagi isrofgarchilik 15% ni tashkil qiladi deb hisoblang. Kristall soda tarkibida 62,94% kristallizatsiya suvi bor. Kristallgidratning formulasini aniqlang. Ba(OH)2 eritmasi orqali 1 m3 havo oʻtkazilganda 2,64 g BaCO3 choʻkmasi hosil boʻldi.Havo tarkibida necha foiz karbonat angidrid boʻlgan? Oddiy shisha tarkibi ekanligini hisobga olib, 1 tonna shisha olish uchun zarur boʻlgan ohaktosh, soda va kremniy (IV) oksidi miqdorini hisoblang. Oʻsimlik quyosh nuri chiqib turgan paytda barg sathining 1 m2 ga 5 g atrofida karbonat angidrid yutadi. Bunda sathi1,8 m2 boʻlgan kungaboqar bir kunda taxminan necha gramm uglerod toʻplashini aniqlang. 96 g qurumning yonishi natijasida n.sh..da qancha hajm CO2 hosil boʻladi? Kalsiy karbonat bitta molekulasining massasini aniqlang. 15 g SiO2 bilan NaOH reaksiyaga kirishib qancha tuz hosil qiladi? Download 183,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling