Fanni oʻqitishdagi yangi pedagogik texnologiyalar
Download 183.76 Kb.
|
Документ Microsoft Word (8)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini oʻqitishda interfaol metodlar va keyslar.
- Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi.
- IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini “Klaster” metodi asosida oʻtish metodikasi. Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi
- Oʻquv topshirig‘i: IV guruh asosiy guruhcha elementlariga doir klasterni toʻldiring.
- Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi
- IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini oʻtishda “Venn diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanish.
- Uni qoʻllash bosqichlari quyidagilardan iborat
- IV guruh asosiy guruhha elementlari” mavzusini amaliy va seminar mashg‘ulotlarida “SWOT” tahlil metodidan foydalanish.
- Oʻquv topshirig‘i: “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusiga oid SWOT jadvalini toʻldiring. “SWOT” tahlil jadvali
8- Amaliy Fanni oʻqitishdagi yangi pedagogik texnologiyalar Fanni oʻqitish jarayonida zamonaviy uslublardan foydalanish, sohadagi muammolarni talimning ommaviy shakllari bilan bogʻlab, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulot orqali mustahkamlab borish lozim. Har bir mashgʻulot talabaning soha boʻyicha mustaqil ishlashi bilan mustahkamlanib borishiga alohida ahamiyat bermoq kerak. “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini oʻqitishda interfaol metodlar va keyslar. “ IV guruh asosiy guruhcha elementlari “ mavzusini oʻtishda “Blits-soʻrov” usulidan foydalanish. Usulning tavsifi: Ushbu usul talabalarni harakatlar ketma-ketligini toʻg‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, oʻrganayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan keraklisini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda,oʻzgalar fikrini hurmat qilish va ularga oʻz fikrini oʻtkaza olish hamda oʻz faoliyati, kunini rejalashtira olishni oʻrgatishga qaratilgan. Usulning maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda koʻrsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda oʻz fikrini boshqalarga oʻtkaza olish yoki oʻz fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr boʻla olish kabi koʻnikmalarni shakllantirish. Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi. - oʻqituvchi talabalarga ushbu mashg‘ulot bir necha bosqichda oʻtkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga moʻljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi. - keyin hammaga alohida-alohida tarqatma material beradi va ushbu materialni sinchiklab oʻrganishlarini soʻraydi; - oʻqituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi va “talabaning ismi va familiyasi” va “guruhi” boʻlimlarini toʻldirishni aytadi. - tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta'kidlaydi; - har bir talaba oʻzining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi "talaba javobi" boʻlimiga berilgan savollardan 3 xil variantli javobdan bittasini yozadi, javoblar raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilishi mumkin. - berilgan vaqt ichida yakka tartibdagi ishlar tugagach tarqatma materiallar oʻzaro almashinadi.(almashtirishni turlicha tashkil qilish mumkin, masalan, yonidagi talaba bilan, kichik guruhlarda yoki orqadagi oʻquvchi bilan). - tarqatma materiallar almashingach, o`qituvchi toʻg‘ri javoblarni oʻqiy boshlaydi, oquvchilar bir-birining ishini tekshira boshlaydi va "toʻg‘ri javob" boʻlimiga "1" balldan, agar notoʻg‘ri boʻlsa "0" ball qoʻyib chiqishadi. - oʻqituvchi baholash mezonini tushuntirib beradi va tarqatma materiallar qaytadan oʻz egalariga almashtirilishini soʻraydi, oʻz xatolarini koʻrib olishlariga imkon beradi. - oʻqituvchi tarqatma materiallarni yig‘shtirib olib baholaydi va e'lon qiladi. Izoh: misol tariqasida “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusidagi blits-soʻrov jadvalini keltirish mumkin.
“ IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini “Klaster” metodi asosida oʻtish metodikasi. Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi: Usulning tavsifi: Klaster metodi pedagogik va didaktik strategiyaning muayyan shakli boʻlib, u tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin va ochiq oʻylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga imkon beradi. Mazkur usul turli xil g‘oyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻg‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Usulning maqsadi: undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning tahsil oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta oʻzlashtilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta’minlashga xizmat qiladi. Klaster metodi puxta oʻylangan strategiya boʻlib, undan oʻquvchilar bilan yakka tartibda yoki asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon boʻladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular oʻrtasidagi aloqalarni topa olish imkonini yaratadi. Oʻquv topshirig‘i: IV guruh asosiy guruhcha elementlariga doir klasterni toʻldiring. “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini oʻtishda “Baliq skeleti” grafik organayzeridan foydalanish. Grafik organayzeri talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qoʻllashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish koʻnikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: Oʻqituvchi talabalarni grafik organayzerini qoʻllash sharti bilan tanishtiradi; talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi; guruhlar topshiriqlarni bajaradi; guruhlar oʻz yechimlarini jamoaga taqdim etadi; jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi. Oʻquv topshirig‘i. Uglerodning kimyoviy xossalariga doir reaksiya tenglamalarini yozing. Talabalar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradi: Ca C CaC2 “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusini oʻtishda “Venn diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanish. Grafik organayzer talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini oʻzlashtirish koʻnikmalarini hosil qilishga yoʻnaltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi oʻzaro toʻrt boʻlakka ajratiladi va har bir boʻlakka quyidagi sxema chiziladi. Grafik organayzer talaba tomonidan oʻzlashtirilgan oʻzaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan boʻlim yoki boblar boʻyicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yaxshi samara beradi. Uni qoʻllash bosqichlari quyidagilardan iborat: Grafik organayzerini qoʻllash jarayonida har bir guruh muayyan mavzuga oid topshiriqlarni bajaradi.Talabalarning e’tiborlariga quyidagi jadval taqdim etiladi:
“IV guruh asosiy guruhha elementlari” mavzusini amaliy va seminar mashg‘ulotlarida “SWOT” tahlil metodidan foydalanish. “SWOT” inglizcha soʻz boʻlib, toʻrtta soʻzning bosh harflaridan olingan boʻlib, S - Strengths – kuchli tomon, W – Weakness – kuchsiz tomon, O – Opportunition – imkoniyatlar, T – Threats – ziddiyatlar. “SWOT” tahlil metodi – ta’lim oluvchilarni mavjud holatni tahlil qilish va baholashni oʻrgatadi. Talabalarni sintez qilish yoʻli bilan biror-bir mantiqiy qaror qabul qilishga oʻrgatadi. Ushbu metod oʻtilgan mavzuga nisbatan tahliliy yondashishni, uni tahlil qilishni va har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beruvchi metoddir.Metodni yakka tartibda, kichik guruhlarda amalga oshirish mumkin. “SWOT” tahlil metodidan oʻquv jarayonida qoʻllanilganda talabalarning faolligi oshadi, mustaqil fikrlash koʻnikmalari shakllanadi hamda guruhlarda ishlash malakalari rivojlanadi. Metodning qoʻllanishi: Talabalar sonidan kelib chiqib toʻrtta kichik guruhlarda shakllantiriladi. Mavzuning mazmunidan kelib chiqib, shunday vazifa beriladiki, har bir kichik guruh berilgan vazifaning toʻrt tomoni boʻyicha vazifani hal etadi. Oʻquv topshirig‘i: “IV guruh asosiy guruhcha elementlari” mavzusiga oid SWOT jadvalini toʻldiring. “SWOT” tahlil jadvali
Download 183.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling