Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


-MAVZU: OZUQALAR TARKIBIDAGI XOM YOG’NI ANIQLASH


Download 339.39 Kb.
bet46/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

6-MAVZU: OZUQALAR TARKIBIDAGI XOM YOG’NI ANIQLASH

Mashg’ulot maqsadi: ozuqalar tarkibidagi xom yog’ni Sokslet apparati yordamida aniqlash usulini o’rganish.


Xom yog’ deb ozuqa namunasidan organik erituvchi moddalar yordamida ekstraktlash (yog’ni yuvib olish) usulida olingan moddalarga aytiladi.
Xom yog’ tarkibiga neytral yog’lar, erkin yog’ kislotalari, yuqori molekulyar birikmalar, fosfatidlar, aldegidlar, ketonlar, sulfidlar, mum, bo’yovchi modallar, glitserin, uglevodorod va boshqa moddalar kiradi.
Tabiiy yog’lar tarkibiga o’rin almashmaydigan to’yinmagan yog’ kislotalar, jumladan linolen, linolev, araxidon va boshqa kislotalar kiradi. Bu moddalar hayvon organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ular ozuqalar bilan ta’minlanishi kerak. Hayvonlar organizmida o’rin almashmaydigan yog’ kislotalarining yetishmovchiligi natijasida dermatid va avitaminoz kasalliklari yuz beradi.
Ozuqalar tarkibidagi xom yog’ni aniqlash ularga organik erituvchilar bilan namunani ekstraktlash usuliga asoslangan.
Organik erituvchi moddalar sifatida oltingugurt efiri (qaynash harorati – 35 0C), petroley efiri (qaynash harorati - 30-80 0C), benzin (qaynash harorati - 80-105 0C), benzol (qaynash harorati - 80,3 0C), uglerodsulfid (qaynash harorati - 46 0C), trixloretilen (qaynash harorati - 88 0C) va boshqalardan foydalanish mumkin.
Ozuqa namunasini ekstraktlash Soksklet yoki Yeremenko apparatlari yordamida bajariladi. Bu ikkita apparatlarning ishlash usullari bir xil, lekin Yeremenko apparatining hajmi katta bo’lib, unda birdaniga 15-20 ozuqa namunalarini ekstraktlash imkonini beradi.
Ushbu apparatlar uch qismdan iborat:

  1. Kolba.

  2. Ekstraktor.

  3. Sovutgich.

Bu apparatlarning uchta qismi bir biriga, ya’ni kolba ekstraktorga, ekstraktor sovutgichga ulangan holda teriladi.
Kolbaga erituvchi quyiladi va uni qaynatish vazifasini bajaradi. Ekstraktorga ikkita quvur ulangan, birinchisi yirik, ikkinchisi ingichka (sifon trubkasi). Ekstraktorning ichki bo’shliq qismiga tekshiriladigan ozuqa namunalari joylashtiriladi. Sovutqichning ichki bo’shlig’i ikki qavatdan iborat, tashqi qavat - suv rezervuari, va ichki qavat - erituvchi bug’lari uchun bo’shliq. Sovutgichning pastki va tepa qismlarida shlang ulanadigan quvurchalar mavjud. Pastki shlangdan suv beriladi va rezervuar to’lib tepa qismdagi ulangan shlangdan tashqariga chiqib ketadi. Suvning shunday aylanishi ichki qavatning haroratini pasaytirishni ta’minlaydi.
Ushbu holatda terilgan apparat elektr plitasi ustiga joylashtiriladi va Buzen shtativi yordamida berkitilib qo’yiladi. Elektr plitasi ishga tushirilgandang so’ng, kolba ichidagi erituvchi qaynab bug’lanadi va ekstraktorning yirik quvuri orqali sovutqichga uzatiladi. Erituvchi bug’i sovutgichda sovuydi va tomchilab ekstraktorni to’ldiradi. Unda joylashgan ozuqa namunasidagi yog’ eriy boshlaydi. Ekstraktor erituvchi bilan to’lganidan so’ng, u ingichka sifon trubkasi orqali kolbaga oqib tushadi va ekstraktorni bo’shatadi. Erituvchining shunday aylanishi ozuqani yog’sizlantirishiga olib keladi va bu usul ekstraktlash deyiladi.

Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling