Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Keyingi laboratoriya tahlili uchun ozuqalarni maydalash
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-MAVZU: OZUQALAR TARKIBIDAGI GIGROSKOPIK VA UMUMIY NAMLIKNI ANIQLASH Mashg’ulot maqsadi
- Asbob va uskununalar.
- Ozuqa tarkibidagi umumiy namlikni aniqlash.
- Asbob va uskunalar
Keyingi laboratoriya tahlili uchun ozuqalarni maydalash. Havo-quruqlik holatidagi ozuqa yaxshi saqlanadigan bo’lib, uning kimyoviy tarkibini aniqlashda qulay va oson bo’lishi uchun maydalanadi. Chunki, ozuqalar tarkibini aniqlash usullari ularga kimyoviy moddalar ta’sir etishiga asoslangan bo’lib, talqonsimon ozuqa bu moddalarga ta’sirchan bo’ladi. Ozuqa namunalarini maydalash uchun maxsus laboratoriya maydalagichi yoki tegirmonlardan foydalaniladi. Bu asboblarning o’rniga havonchadan ham foydalanish mumkin. Maydalangan ozuqa namunasi elakda elanadi, elak teshikchalari diametri 1 mm bo’lishi kerak, yoki mayda un xo’jalik elaklaridan foydalanish mumkin. Elangandan qolgan ozuqa qismlari yanada maydalanadi va elanadi.
Ushbu tartibda maydalangan ozuqa namunalari keyingi laboratoriya tahlili uchun toza va quruq shisha idishida og’zi mahkamlangan sharoitda saqlanadi. 4-MAVZU: OZUQALAR TARKIBIDAGI GIGROSKOPIK VA UMUMIY NAMLIKNI ANIQLASH Mashg’ulot maqsadi: ozuqalar tarkibidagi gigroskopik va umumiy namlikni aniqlash usullarini o’rganish. Havo-quruqlik holatidagi ozuqa tarkibida qolgan namlik gigroskopik namlik deyiladi. Ya’ni ozuqada boshlang’ich namligidan qolgan namlik gigroskopik namlikdir. Gigroskopik namlikni ozuqa namunasini quritgich shkafida 100-105 0C issiqlikda uning og’irligi o’zgarmaguncha quritish yo’li bilan aniqlash usuliga asoslangan. Asbob va uskununalar. Analitik tarozi. Quritgich shkafi yoki termostat. Byuks idishchalari (qopqog’i bilan). Ozuqani solish uchun qoshiq. Eksikator. Aniqlash tartibi. Byuks idishchalari qopqog’i bilan quritgich shkafida, og’zi ochiq holatda 100-105 0C issiqlikda 30-40 daqiqa davomida quritiladi va eksikatorda sovutiladi, bunda idishni olish uchun faqat ushlagichdan foydalaniladi. Sovutilgan idish qopqog’i bilan analitik tarozida tortiladi. Keyin bu idishga 2-3 g atrofida ozuqa namunasi solinib, idishning qopqog’i yopilgan holda tarozida yana tortiladi. Idish bilan ozuqa namunaning og’irligi va bo’sh idish og’irligi o’rtasidagi farq ozuqa og’irligi hisoblanadi. So’ngra ozuqa namunasi idishning qopqog’i bilan, qopqog’i ochiq holatda 3-4 soat davomida quritgich shkafida 100-105 0C issiqlikda quritiladi. Keyin idishning og’zi berkitilib, bir soat davomida eksikatorda sovutilib tarozida tortiladi. Sovutilgan ozuqa yana bir soat davomida quritgich shkafida quritiladi, bir soat eksikatorda sovutilib tarozida tortiladi. Oxirgi og’irliklar o’rtasidagi farq bo’lmaguncha (0,001 g farq bo’lishi mumkin) bu ish davom ettiriladi. Bug’langan namlik miqdori idish bilan ozuqaning quritishdan oldingi og’irligi va quritilgandan so’nggi og’irliklari o’rtasidagi ayirmasiga teng bo’ladi. Yuqorida olingan barcha ma’lumotlar quyidagi shaklga qayd etilib boriladi va ozuqa tarkibidagi gigroskopik namlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: GN - ozuqa tarkibidagi gigroskopik namlik, %; m1 - bug’langan namlik, g; m2 - havo-quruqlik holatidagi ozuqa og’irligi, g; 100 - foizga o’tkazish koeffitsienti. Gigroskopik namlikni aniqlash shakli
Ozuqa tarkibidagi umumiy namlikni aniqlash. Ozuqa tarkibidagi umumiy namlik boshlang’ich va gigroskopik namliklarining yig’indisidir. Ozuqa tarkibidagi umumiy namlik miqdori ikki usul bilan aniqlanadi. Birinchi usul boshlang’ich va gigroskopik namliklar ma’lumoti asosida va ikkinchisi - ekspress (tezkor) usuli bo’yicha. 1-chi usul. Umumiy namlik quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: Bunda: UN - umumiy namlik, %; a - boshlang’ich namlik, %; b - gigroskopik namlik, %; 100 - foizga o’tkazish koeffitsienti. 2-chi usul. Xo’jalik sharoitida ozuqalarning umumiy namligini qisqa vaqt ichida aniqlash zarur bo’ladi. Ozuqaning umumiy namligini ekspress usuli bilan aniqlash, namuna o’lchamini quritgich shkafida 130 0C issiqlikda 30-40 daqiqa davomida qurib aniqlash usuliga asoslangan. Asbob va uskunalar: Ozuqaning o’rtacha namunasi. Quritgich shkafi yoki termostat. Alyumin yoki shisha byuks idishi, qopqog’i bilan (diametri 50 mm, balandligi 20 mm). Analitik tarozi. Ushlagich. Eksikator. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling