Margarin namlik miqdorini aniqlash


Download 19.54 Kb.
Sana04.11.2021
Hajmi19.54 Kb.
#170697
Bog'liq
TEXNOLOGIYA ASOSLARI LABARATORIYA ISHI-3


3-Labortaoriya MASHG’ULOTi

MARGARIN NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH
Namlikni massa ulushini ikkita usul bilan aniqlash mumkin: margarin namunasini quritish shkafida doimiy og’irlikkacha quritish (arbitraj usuli); elektrplitada quritish (tezlashtirilgan usul). Operativ nazorat uchun ko’pincha ikkinchi usuldan foydalaniladi.

Margarin mahsulotlari resepturasidagi asosiy komponentlari-gidrogenlangan yog’lardir. Ularni asosiy sifat ko’rsatkichlarini quyidagilar tashkil qiladi, erish harorati, organoleptik ko’rsatkichlari, qattiqlik va maxsulot plastikligi.



Usul prinsipi. Usul, margarin namunasini 160-180oC haroratda quritishga asoslangan.

Reaktiv va asboblar: soat oynasi, qizdirilgan qum, tarozi, elektr isitgich, shisha tayoqcha, diametri 40-50mm va balandligi 40-60mm bo’lgan metall byuks.

Ishning bajarilish. Quritilgan, shisha tayoqchali metall byuksga 10-15g qizdirilgan qum, 5-6g margarin texnik tarozida tortib olinadi va elektrplitada 160-180oC haroratda shisha tayoqcha bilan uzluksiz aralashtirib turib qizdiriladi. Chirsillash tugagach, byuksni yuzi soat oynasi bilan yopiladi. Quritish jarayonini tugaganini soat oynasi xiralashmasligidan va margarin rangini to’q qizil rangga kirishidan bilinadi. Buning uchun soat oynasini har zamonda olib yuzasi (sirti) tekshiriladi.

Namlikni haydagach, byuks plitkadan olinadi, sovitiladi va tortiladi.

Namlikni massa ulushi (X) quyidagi formula bilan hisoblanadi:

X = (m1 – m2 )  100 / m

bu yerda:

m1–margarinli byuksning quritguncha bo’lgan og’irligi, g

m2–margarinli byuksning quritgandan keyingi og’irligi, g

m–namunani og’irligi, g

Parallel aniqlashdagi farq 0,2%dan ko’p bo’lmasligi kerak.





3-rasm byuks

Takrorlash uchun savollar

1. Margarin – bu nima?

2. Margarinning ozuqaviy qiymati.

3. Margarin ishlab chiqarishning zarurligi.



4. Margarin ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyolar.
Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling