Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir
Korxona yoki tashkilot haqida umumiy ma'lumot
Download 0.92 Mb.
|
hisobot
1.1.Korxona yoki tashkilot haqida umumiy ma'lumot
1.Umumiy qoidalar Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi "InTech NamMQI" unitar korxonasining (bundan buyon matnda "unitar korxona" deb yuritiladi), mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6079-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son qarori hamda Namangan muhandislikqurilish instituti Nizomi asosida va ularga muvofiq ishlab chiqildi. 1.1. Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshida tashkil etilgan "InTech NamMQI" unitar korxonasi ("InTech NamMQI" UK) mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ekt bo'lib, to'la xo'jalik hisobi va o'zini-o'zi mablag'bilan ta'minlash printsipiga asoslangan. "InTech NamMQI" unitar korxonasi ("InTech NamMQI" UK) Namangan muhandislik-qurilish instituti ("ta'sischi") Kengashi Majlisining 8-sonli bayonnomasidan asosan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, sanoat, qishloqxo'jaligi hamda fuqaro binolarini loyihalash, qurish, qurilish-ta'mirlash, pardozlash, me'morchilik, dizaynerlik ishlarini amalga oshirish, landshaft loyihalash ishlarini amalga oshirish, shahar va qishloq hududlarini bosh rejalarini ishlab chiqish, qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va sotish, zamin va poydevorlarni mustahkamlash hamda ta'mirlash bo'yicha maxsus ishlarni bajarish, muhandislik-geologik qidiruv izlanishlarini olib borish, me'yoriy xujjatlarni va loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, mutaxassislarning malakasini oshirish, yangi usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilishga doir ishlarni bajarish va xizmatlarni ko'rsatish, axborot va joriy qilish xizmatlari ko'rsatish maqsadlarida tashkil qilindi. "Unitar korxona" va "ta'sischi" o'rtasidagi munosabatlar ta'sis shartnomasi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 1.2. "Unitar korxona" o'z faoliyatini ta'sis shartnomasiga muvofiq amalga oshiradi. "Unitar korxona" har qanday davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlari va korxonalari hamda ayrim fuqarolik-xuquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega bo'lib, ular bilan munosabatlarni shartnomalar asosida yo'lga qo'yadi. 1.3."Unitar korxona" o'z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va xususiy nomulkiy tuzilmalar: vakolatxonalar, agentliklar, idoralar, do'konlar, filiallar va boshqa qisman hamda to'liq mustaqil bo'linmalarga egalik qilish 3 huquqiga ega bo'lib, ular haqidagi qoidalarni tasdiqlaydi, bir yo'la bir necha faoliyat turini olib boradi. 2. UNITAR KORXONA NOMI VA POCHTA MANZILI 2.1. Unitar korxonaning joylashgan joyi: 160100, O'zbekiston Respublikasi, Namangan shahri, I.Karimov ko'chasi,12 uy. 2.1. Unitar korxonaning rasmiy nomi: 16:12:01:02:02:01:96:00:01 a) davlat tilida: to'liq nomi - Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi "InTech NamMQI" unitar korxonasi. Qisqartirilgan nomi - Nammqi qoshidagi "InTech NamMQI" UK. b) rus tilida: to'liq nomi – Unitarnoe predpriyatie "InTech NamMQI" pri namanganskom Injenerno-stroitelnom Institute. Qisqartirilgan nomi – up "InTech NamMQI" pri namisi. v)ingliz tilida: to'liq nomi - "InTech NamMQI" Information Technology Namangan Muhandislik qurilish instituti. Qisqartirilgan nomi – "InTech NamMQI" UC through NECI. 2.2.Unitar korxonaning elektron pochta manzili: info@ilmiyinnovasionproekt.uz 2.3. Unitar korxonaning rasmiy veb-sayti: www. ilmiyinnovasionproekt.uz 2.4. Unitar korxona yuridik maqomga ega bo'lib, u o'z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o'zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. 2.5. Unitar korxona o'zining nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan o'rni ko'rsatilgan yumaloq muhrga ega bo'lishi lozim. Muhrda bir vaqtning o'zida unitar korxonaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin. 2.6. Unitar korxona faoliyat ko'rsatish muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi. 2.7. Unitar korxona o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha molmulk bilan javobgar bo'ladi. 3. UNITAR KORXONANING YURIDIK MAQOMI 3.1. Unitar korxona qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi. 3.2. Unitar korxona o'z maqsadiga erishish uchun qonun doirasida belgilangan tarzda faoliyatini amalga oshirib, o'z nomidan shartnomalar va 4 boshqa bitimlar tuzish, mulkiy va nomulkiy huquqga ega bo'lish, o'z faoliyati bilan bog'liq bo'lgan huquqlardan foydalanish, belgilangan majburiyatlarni bajarish, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. 3.3. Unitar korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramziga, shtamplar va blankalarga, o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, o'z emblemasi va boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir. 3.4. Unitar korxona mustaqil ravishda shtat jadvali, mehnatga haq to'lash tizimi va mehnatni mukofotlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda qonunda belgilangan tartibda xodimlarni ishga qabul qilish va ularni bo'shatishni amalga oshiradi. 3.5. Unitar korxona o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunlar, huquqiy-me'yoriy xujjatlar va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi. Unitar korxonaning faoliyat muddati chegaralanmagan. 4. UNITAR KORXONANI TASHKIL ETISH MAQSADI, ASOSIY VAZIFALARI VA FAOLIYAT TURLARI 4.1. Unitar korxonaning asosiy maqsadi - institut olimlari, professoro'qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalari, ularning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, konstruktorlik ishlari, ihtiro va patentlari, intellektual mulkning ishlab chiqarishga joriy qilish natijalari, hududdagi tashkilot va korxonalarning innovasion rivojlanishiga ko'maklashish ishlari, shuningdek ta'lim muassasalari ukuvchilarini zamon talabiga mos informatsion texnologiyalarni uzlashtirishlariga xissa kushish hamda tijoratlashtirish asosida import o'rnini bosuvchi dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarishga va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, loyihalash va ularni belgilangan tartibda amalga oshirish, hamda autsorsing xizmatlarini ko'rsatishdan iboratdir. Zamonaviy dasturlash tillarini o'rgatishda yoshlar uchun zamonaviy muhit hosil kilish. IT yunalishiga o'sib kelayogan yoshlarni tayyorlash. O'zbek tilidagi informatsion texnologiyalarga oid zamonaviy kitoblar manbaasini shakillantirishga hissa qo'shish. 4.2.Quyidagilar "InTech NamMQI" unitar korxona faoliyatining mazmuni va maqsadlari hisoblanadi: •Institut olimlari ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini, ixtiro va patentlarini kompyuter modellashtirish va innovasion xisoblash texnologiyalarini qo'llovchi muxit shakllantirish; • Institut olimlari, professor-o'qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalariga IT yo'nalishidagi Start-Up tashabbuslarini shakllantirishtirish va rivojlantirishga ko'maklashish; • qonun asosida IT soxasidagi xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-texnik 5 hamkorlikni yo'lga qo'yish; • Xorijiy investisiyalarni joriy etish, zamonaviy informasion texnologiyalarni mahalliy sharoitda joriy etish va ulardan foydalanish xizmatlarini ko'rsatish; • sanoat, qishloq-xo'jaligi va fuqarolar ehtiyoji uchun dasturlarni loyihalash, ishlab chiqish va joriy etish; • tashkilot va ta'lim muassasalari uchun joriy va zamonaviy dasturlardan foydalanishga oid qo'llanmalarni ishlab chiqish; • sanoat miqiyosidagi informasion dasturlarni kamchiliklarini o'rganish, ekspluotasiya jarayonlarini engillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; • Sanoat rivojiga hissa qo'shuvchi yangi informasin texnologiyalar yo'nalishida ilmiy-tadqiqot izlanishlarni o'tkazish; • zamonaviy kompyuter dasturlari asosida dasturlash, web-dizayn, 3D va VR texnologiyalari bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish; • informasion texnologiyalar yo'nalishidagi yangiliklarni aholiga uzluksiz etkazish ishlarini amalga oshirish; • shahar va qishloq hududlarini bosh rejalarini ishlab chiqish; • me'moriy obidalarning mustahkamlash hamda ta'mirlash bo'yicha maxsus ishlarni bajarish; • murakkab grunt va seysmik sharoitlarida maxsus quriladigan imorat va inshootlar loyihalarini ekspertiza qilish; • Xorijiy mamlakatlar bilan aloqa bog'lash; • xorijiy firmalar bilan birgalikda qo'shma korxonalar tuzish, ilmiy, ilmiy-tijorat va umumiy tijorat ishlarini olib borish, "nou-xau" bilan shug'ullanish; • Xalq iste'moli mollarini, qurilish materiallari, qurilmalari, buyumlarini hamda ishlab chiqarish texnikasi uskunalarini ishlab chiqarish; • qurilish sohasidagi foto-audio-video-kino va poligrafik maxsulotlarni tayyorlash, ko'paytirish, ko'rsatish, ijaraga berish, sotish va almashtirish; • turli sohalar bo'yicha axborot faoliyati bilan shug'ullanish, axborot banklarini barpo etish; • Korxonalarning aniq dasturlari va buyurtmalari bo'yicha rahbar xodimlar va kichik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; • O'zbekiston Respublikasining qonunlariga zid bo'lmagan boshqa xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanish. 4.3.Maxsus ruhsatnoma (lisenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari qonunchilikda o'rnatilgan tartibda lisenziya olingandan keyin amalga oshiriladi. 5.UNITAR KORXONANING HUQUQIY HOLATI 5.1.Unitar korxonaning huquqiy holati O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, ushbu Nizom asosida tartibga solinadi. 5.2.Unitar korxona bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda, o'zida ko'rsatilayotgan ish va xizmatlarga mustaqil ravishda narx belgilaydi. 5.3.Unitar korxonaning ta'sischisi uning mol-mulki, asosiy va aylanma jamg'armalari hamda boshqa moddiy boyliklari mulkdori hisoblanadi. 5.4.O'z faoliyatini amalga oshirishda unitar korxona quyidagi huquqlarga ega: • ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, bajarilgan ish, xizmatlarni kelishilgan narx va tariflar bo'yicha baholash va sotish; • texnik vositalarga xizmat ko'rsatish va ularni ijaraga berish, asbob-uskunalar lizingi shahobchalarini tashkil qilish; • O'zbekiston Respublikasi hududlarida davlat, yuridik va jismoniy shaxslar bilan turli bitimlarni amalga oshirish; 6. UNITAR KORXONA ISHTIROKCHILARI, ULARNING HUQUQ VA MAJBU RIYATLARI 6.1."Unitar korxona" Institut rektori tomonidan tayinlangan director tomonidan boshqariladi. 6.2."Unitar korxona" direktori barcha ishlarni tashkil qiladi va uning faoliyati uchun to'liq javobgar hisoblanadi, u "unitar korxona" nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha muassasalar, tashkilotlar va mazkur Nizomga muvofiq "unitar korxona" mulkini tasarruf qiladi, ishonchnomalar beradi, mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo'shatishda ishtirok etadi, "unitar korxona" xodimlarini rag'batlantirish yoki intizomiy jazo ko'rish yuzasidan zarur choralar ko'radi. 6.3."Unitar korxona" tuzilmasi (strukturasi) korxona rahbariyati bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va "unitar korxona" direktori tomonidan tasdiqlanadi. "Unitar korxona"ni tashkil qilishga ketadigan harajatlar smetasi mablag'larni imkon qadar tejash zaruriyatidan kelib chiqib, direktor tomonidan tasdiqlanadi. 6.4. Unitar korxona direktorligiga nomzod o'z biznes-rejasini ta'sischi yig'ilishiga taqdim etadi. Unitar korxona direktori ta'sischi bilan mehnat shartnomasini bir yil muddatga rasmiylashtiradi. Unitar korxona direktori yo'q bo'lgan paytda, ta'sischi buyrug'i asosida uch oy muddatga korxona direktori vazifasini bajaruvchi tayinlanadi. Hisobot yakunlariga ko'ra ta'sischi tomonidan ishda qolish yoki qolmaslik choralari ko'riladi. 6.5. Unitar korxona direktori quyidagi xuquqlarga ega: • Qonun va unitar korxonaning ta'sis xujjatlarida belgilangan tartibda uning ish faoliyatini boshqarishda ishtirok etish; • Unitar korxonaning yarim yillik, yillik faoliyati bo'yicha ta'sischiga xisobot berib borish; • Unitar korxona faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Ta'sischiga tegishli tartibda tavsiya va takliflar kiritish; • Unitar korxona faoliyatining asosiy yo'nalishlarini aniqlash, rejalarni va ularning bajarilishi xaqidagi xisobotlarni imzolash va tasdiqlash; • Unitar korxonaning ichki munosabatlarini aniqlaydigan xujjatlarni tasdiqlash; • Unitar korxona tuzilmasini aniqlash, shtat jadvalini tasdiqlash; • Unitar korxona qoshidagi bo'linmalar hamda xodimlarning maoshini belgilash; • Unitar korxonada mahsulotni sotish xaqida qaror qabul qilish (shu jumladan narxlarni tashkil kilish); • Qonunlar va unitar korxonaning ta'sis xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga xam ega bo'lishi mumkin. 6.6. Unitar korxona direktorining majburiyatlari: • Unitar korxona faoliyati to'g'risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmaslik; • Nizomga, amaldagi qonunchilikka va unitar korxonaning ta'sis xujjatlarga rioya qilish; • Qonun va unitar korxonaning ta'sis xujjatlarida belgilangan tartibda uning faoliyati to'g'risida axborot olish xamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa xujjatlarni tegishli tartibda yuritish; • Unitar korxonaning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mehnat qonunchiligiga asosan xodimni yollash, mehnat shartnomasi tuzish; • Qonun xujjatlarida belgilangan soliq, majburiy to'lovlar, moliya, bank, statistika kabi majburiy xujjatlarni o'z vaqtida va to'g'ri yuritish; • Amaldagi qonunchilikka va unitar korxonaning ta'sis xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo'lishi mumkin. 7. UNITAR KORXONANING PUL MABLAG'LARINI HOSIL QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH 7.1."Unitar korxona" mulki asosiy fondlar va aylanma mablag'lardan hamda qiymati "unitar korxona"ning mustaqil balansida aks ettiriladigan boyliklaridan tashkil topadi. 7.2.Korxonaning Nizom fondi 3.000.000 etib belgilanadi 7.3.Quyidagilar "unitar korxona" mulkini tashkil etadigan manbaalar hisoblanadi; -mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatishdan, shuningdek boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; -boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilgan tijorat tadbirlaridan olingan daromadlar; - qimmatli qog'ozlardan olingan daromadlar; - banklar va boshqa kreditorlarning kreditlari; - boshqa manbaalar. 7.4."Unitar korxona" ko'char va ko'chmas mulkni, jixozlarni, transport vositalarini, hom ashyo yoki moddiy boyliklarni olish, ijaraga olish, ijaraga qo'yish, tayyorlash, sotib olish, boshqalarga berish, sotish, almashtirish, ko'rish va yaratish, shuningdek balansidan chiqarish xuquqiga ega. 7.5. "Unitar korxona" mablag'lari Nizom fondiga, ehtiyoj fondga, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondiga, iste'mol fondiga, moddiy rag'batlantirish fondiga va boshqa daromadlarga taqsimlanadi. 7.6."Unitar korxona"ning shtatdagi raxbar xodimlari va mutaxassislari (direktori, bosh buxgalteri, loyiha muhandisi, ilmiy xodimlari)ni "unitar korxona" faoliyati natijalari bo'yicha (mavzular bo'yicha yillik ish rejalari bajarilganligi, ishlarning ilmiy va texnik darajasi ko'tarilganligi va sifati yaxshilanganligi, ilmiy-texnik va joriy qilish ishlarini o'tkazishni tashkil qilishning takomillashtirilganligi uchun) moddiy rag'batlantirish "Unitar korxona" direktorining ixtiyori bilan amalga oshiriladi. 7.7.Ta'sischi Nizom fondiga o'z ulushini quyidagi ko'rinishida kiritishi mumkin: • pul mablag'lari va vositalari; • xar-xil mol-mulk turlari (asbob-uskunalar, ko'chmas avtotransport, hom-ashyo va boshqa tovar-moddiy boyliklar); • qimmatli qog'ozlar. Ta'sischi tomonidan kiritilayotgan mol-mulkning qiymati O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida baholanadi. 8. UNITAR KORXONA BOSHQARUVI 8.1. Unitar korxonaning faoliyati ta'sischi tomonidan buyruq bilan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi. 8.2. Unitar korxonaning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish uning ijro etuvchi organi direktor tomonidan amalga oshiriladi. 8.3. Unitar korxona direktorining vakolatlari: • Unitar korxona faoliyati tashkil etish va uni rivojlantirish; • Unitar korxona nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, bitimlar tuzadi va imzolaydi; • Banklarda hisob va boshqa raqamlarini ochish, unitar korxonaning molmulki va moliyaviy mablag'larini o'z vakolati doirasida boshqarish; • Unitar korxona nomidan vakillik qilish xuquqi uchun ishonchnomalar berish; • Unitar korxona xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va bekor qilish, xodimlarga nisbatan rag'batlantirish choralari va intizomiy jazolarni qo'llash; • Shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash; • Shartnomalar tuzish va ular ijrosini ta'minlash; • Chorak balans va operativ xisobotlarni tayyorlash; • Ta'sischi tomonidan o'rnatilgan tartiblarga asosan moliyaviy yil oxirida yillik balans, xisobot va moliyaviy rejalar, ularning bajarilishi to'g'risida xisobotlarni tayyorlash va uni tasdiqlash uchun ta'sischiga taqdim etish. 9. HISOB-KITOB YURITISH TARTIBI 9.1. Unitar korxona o'z xo'jalik faoliyatini to'lik xo'jalik hisobi, o'z - o'zini moliyaviy ta'minlash va o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida olib boradi. Unitar korxona amaldagi Qonunchilik bilan o'rnatilgan tartibda xisob-kitob, tezkor va statistika xisobotini olib boradi; Unitar korxona hisob-kitob yili kalendar yiliga to'g'ri keladi. 10. UNITAR KORXONANING MOLIYAVIY FAOLIYATI 10.1. Unitar korxona mulkini asosiy va aylanma mablag'lar, asosiy jamg'armalar tashkil etadi, shuningdek, bahosi unitar korxonaning mustaqil balansida aks ettirilgan boshqa muomalada bo'lgan mablag'lar hisoblanadi. 10.2. Unitar korxona faoliyatini moliyalash manbalariga quyidagilar kiradi: • yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan shartnomaviy mablag'lar; • konsalting va servis xizmatlaridan kelib tushgan mablag'lar; • xizmatlar ko'rsatshsdan kelib tushgan mablag'lar; • tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushgan mablag'lar; • homiylik va hayriya to'lovlari; • qonunchilikda man etilmagan tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushadigan mablag'lar. 10.3. Unitar korxona muvozanatiga asosiy jamg'armalar, aylanma va valyuta mablag'lar, xonalar, uskunalar, transport va boshqa moddiy qiymatlar, korxonalar, tashkilotlar va xususiy shaxslarga sotilishi, berilishi, ijaraga topshirilishi va vaqtinchalik foydalanishi uchun o'tkazilishi amaldagi Qonunchilik asosida ta'sischi tomonidan belgilanadi va o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 11. UNITAR KORXONANING MEHNATGA OID MUNOSABATLARI 11.1. Unitar korxona va xodim o'rtasidagi o'zaro munosabatlar mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bo'yicha ishlayotgan shaxslarning mehnatiga xaq to'lash taraflarning kelishuviga ko'ra, biroq qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish xaqidan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi; 11.2. Unitar korxona o'z xodimlariga havfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy himoya choralarini ta'minlashi va ularning hayoti yoki sog'ligiga etkazilgan zarar uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Unitar korxona o'z xodimlari uchun xujjatlarda belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni mustaqil belgilashga xaqli. 12.XALQARO HAMKORLIK Unitar korxona mazkur Nizomda ko'zda tutilgan faoliyatlari doirasida va O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib-qoidalarga asosan xalqaro hamkorlik faoliyatini amalga oshiradi. 13. UNITAR KORXONA XUJJATLARINI SAQLASH Unitar korxona quyidagi hujjatlarni o'z faoliyati davomida saqlashi shart: 13.1. Unitar korxonani Davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi xujjat; 13.2.Balansida turgan mol-mulkka bo'lgan xuquqini tasdiqlovchi xujjatlar; 13.3. Unitar korxonaning ta'sis xujjatlari, shuningdek unitary korxonaning ta'sis xujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar; 14. UNITAR KORXONA FAOLIYATINI QAYTA TASHKIL QILISH VA TUGATISH SHARTLARI 14.1. Unitar korxonani qayta tashkil etish va tugatish (qo'shish, ajratish, ayirish, birlashtirish, qayta o'zgartirish) ta'sischi qaroriga ko'ra amaldagi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bankrotlik asosida tugatish tartibi O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. 14.2. Unitar korxonani qayta tashkil qilish va tugatishda ishdan bo'shatiluvchi xodimlarni xuquq va manfaatlarini himoya qilinishi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. 14.3. Unitar korxonada mavjud pul mablag'lari, shu jumladan, tugatish paytida uning mol-mulki sotishdan kelgan tushum ta'sischi qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling