Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir
Download 1.53 Mb.
|
SAYNAZAROV AMALIYOT UCHUN HISOBOT JAMLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr jihozlar, elektron hisoblash va tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1.4 Berilgan topshiriq
TO’RAQO’RG’ON tumani FDXTEK kengashi web saytini yaratish. 1.4.1 Masalaning qo’yilishi. A II. Mehnat faoliyati havfsizligi : Biz amaliyot davrida kompyuterlardan to’g’ri foydalanishga ahamiyat berishimiz zarur,chunki o’zimizning salomatligiga zarar bo’ladi. Kompyuter oldida o‘tirib ishlovchi foydalanuvchilarda ham monitor ekranidagi dinamik harakatlanuvchi tasvirlarning almashishi, ayniqsa, yaqin masofadan turib, fayllar yoki o‘yinlar bilan shug‘ullanish ko‘z tizimiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun monitor ekrani bilan foydalanuvchi orasidagi masofa kamida 50 sm dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. Elektr jihozlar, elektron hisoblash va tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari: 1. Elektron hisoblash va tashkiliy texnika bilan ishlashda zararli ishlab chiqarish omillarini inson salomatligiga salbiy ta’sirini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan xavfsizlik talablari SanQvaM 0224-07 “Kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq bo‘lishi lozim 2. Xonalarda havo almashinuvi GOST 12.1.005-76 “OSBT. Ish zonasi havosi” talablariga mos bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish xonalaridagi ventilatsiya tizimi bir xodim uchun soatiga kamida 30 m3 havoni tashqaridan uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. 3. Ekran oldidagi ish joyi shovqinsiz bo‘lishi lozim. Displeyli zallarda konditsionerlar, telefon ovozi, protsessorlar keltirib chiqaradigan shovqin minimal darajada kamaytirilgan bo‘lishi zarur. Ish joyida shovqin darajasi GOST 12.1.003-83 “Shovqin. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 4. Elektron hisoblash vositalaridan (bundan buyon matnda EHV deb yuritiladi) foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi lozim. 5. Displeylarni bino va xonalarning shimoliy, shimoliy-sharqiy yoki shimoliy-g‘arbiy qismida joylashtirish lozim. 6. Ish maydonlari bitta xodimga 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va ishlab chiqarish xonalarining maydoni esa bitta xodimga 15 m3 dan kam bo‘lmasligi lozim. 7. Stolning o‘lchami kompyuter ekranining o‘lchamidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Umumiy holda stolning uzunligi 160 sm; kengligi 0,90 m; yuzasi 1,44 m2; balandligi operatorning antropometrik xususiyatlariga qarab 0,68 m dan 0,84 m gacha bo‘lishi lozim. 8.. Ekranning o‘z o‘qidan vertikal harakati +/–100 ni tashkil etishi lozim. Ko‘rish burchagi 20 — 30 min atrofida bo‘lishi kerak. 9. Ekran operator ko‘zidan 40 — 90 sm masofada joylashtirilishi kerak. Ekrandagi 2,5 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 50 sm, 3-4 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 0,80 m gacha bo‘lgan masofa bo‘lishi lozim. 10. Oyoq qo‘yish uchun mo‘ljallangan taglikning o‘lchamlari 40 x 30 x 15 sm bo‘lishi kerak. 11. Ish joyining yoritilganligi 300 dan 500 lyuks atrofida bo‘lishi lozim. 12. Ish joyidagi yorug‘lik operatorning ko‘rish doirasida mutanosib taqsimlanishi lozim. 13. Displey o‘rnatilgan zallarni yoritish uchun lyuminessentli lampali yoritqichlardan foydalanish lozim. 14. Yoritqichdan tushayotgan nur ekranda aks etmasligi uchun nur to‘g‘ridan to‘g‘rikompyuter ekraniga tushmaydigan qilib joylashtirilishi kerak. 15. Ekranda yorqin dog‘lar aks etmasligi uchun ish joyida yaltiroq predmetlar bo‘lmasligi, operatorning ust kiyimi to‘qroq rangda bo‘lishi va uning ortidagi barcha predmetlar kam yorqinlikka ega bo‘lishi lozim. 16. Jihozlar bir qator qilib joylashtirilganda to‘g‘risida turgan ekranlarning yorug‘ligi bir-biriga tushmasligi uchun ular oralig‘iga to‘siqlar qo‘yilishi zarur. 17. EHV bilan ishlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: EHVdan foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi; elektron nurli trubka asosidagi videodispleyli terminallardan foydalanishda bir ish joyining maydoni kamida 6 m2, yassi diskret ekranli (suyuq kristalli, plazmali) monitorlardan foydalanishda esa kamida 4,5 m2 ni tashkil etishi; videodispleyli terminal ekranidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 600 — 700 mm atrofida bo‘lishi va 500 mm dan yaqin bo‘lmasligi; EHV bo‘lgan xonaning poli va mebellari har kuni namlangan holda tozalab chiqilishi va EHV ishlatilayotgan xona har bir soatda shamollatib turilishi; ayollar homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab EHVdan foydalanmasligi; ish va dam olish rejimi reglamentlashtirilmaganda videodispleyli terminalda uzluksiz ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi; elektrostatik maydonning ruxsat etilgan darajasi 20 m2 dan oshmasligi. 18. Xodim EHVdan foydalanmayotgan vaqtda ishlab turgan kompyuterdan kamida 2 m masofada bo‘lishi yoki monitor quvvatdan uzilgan bo‘lishi lozim. 19. Ayollar kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab va bolani ko‘krak bilan boqish davrida EHVdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarga qo‘yilmasligi va boshqa ishga o‘tkazilishi lozim. 20. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasidan foydalanishda quyidagi asosiy xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi lozim: xonalar yetarli darajada tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanishi; nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish uchastkalarini yerto‘lada joylashtirmaslik; 21. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi: nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tizimidan o‘zmagan holda tozalash; nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasining nusxa ko‘chirish oynasiga suyanish, uning ustiga nusxasi ko‘paytiriladigan materiallarni va boshqa buyumlarni qo‘yish; nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish oynasi darz ketgan texnikasini ishlatish; apparatga tiqilib qolgan qog‘ozni nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tarmog‘idan uzmagan holda olish. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling