Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir
Download 1.53 Mb.
|
SAYNAZAROV AMALIYOT UCHUN HISOBOT JAMLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi
- Imkoniyatlari
ILOVA
Visual Studio Code (VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun „yengil“ kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish , Git vositalari , sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense va refaktoring vositalarini oʻz ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi koʻrinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yigʻilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi Visual Studio Code Electron'ga asoslangan va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako veb-muharriri orqali amalga oshiriladi. TarixiVisual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida eʼlon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi[8] 2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qoʻllab-quvvatlash eʼlon qilindi. 2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi. ImkoniyatlariVisual Studio Code — bu kod muharriri hisoblanadi. U koʻp tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qoʻllab-quvvatlash va boshqalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Visual Studio Codeʼning koʻp xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, koʻpincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi. 2018-yildan beri Visual Studio Code uchun ochiq kodli Python kengaytmasi mavjud. U dasturchilarga kodni tahrirlash, bosqichma-bosqich dasturlash va dasturni sinovdan oʻtkazish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Visual Studio Codeʼda plaginlarni qoʻllab-quvvash imkoniyati[20] Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi. 2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCodeʼni qoʻllab-quvvatlaydi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling