Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni
:100 000 masshtabli kartani 1:25 000 mashtabli nomenklaturaga aylantirish
Download 155.98 Kb.
|
Topografiya oraliq nazorat javoblari
1:100 000 masshtabli kartani 1:25 000 mashtabli nomenklaturaga aylantirish
Yer yuzasidagi nuqtaning balandligi Geografik, to`g`ri burchakli koordinatlar bilan nuqtaning planli o`rni aniqlaniladi. Nuqtaning planli o`rni deganda, bu nuqtaning shartli qabul qilingan ellipsoid yoki shar yuzasidagi o`rni tushuniladi. Haqiqatda esa nuqta Yer ellipsoidi yuzasida emas, balki yerning tabiiy (fizik) yuzasida joylashgan nuqtaning o`rnini aniqlash uchun uning boshlang`ich satxiy (geoid) yuzasidan balandligini ham e’tiborga olish zarur. Nuqtaning boshlang`ich satxiy yuzasidan balandligi, uning balandlik koordinatasi hisoblanadi. Yer yuzasidagi nuqtaning balandligi, shu nuqtadan satxiy yuzaga tushurilgan tik chiziq uzunligiga tengdir. Nuqta balandligi qayerdan boshlab hisoblanishiga ko`ra absalyut, shartli hamda nisbiy bo`ladi. Yer yuzasidagi nuqtaning absalyut balandligi cean yoki dengiz satxiga nisbatan hisoblanadi. Nuqtaning absalyut balandligi N, bilan belgilanadi. Odatda har bir mamlakat hududidagi nuqtalarning absalyut balandliklari, shu mamlakat hududida joylashgan biron bir dengiz satxiga nisbatan aniqlaniladi. M: MDHda nuqtalarning absalyut balandligi Kronshtadt (Boltiq dengizi) futshtogining noliga nisbatan hisoblaniladi. Kronshtadt futshtogi – Kranshtadt aylanma kanalidagi ko`prikning granit ustuniga maxkamlangan mis taxtadir. Bu mis taxtaga fin qo`ltig`i suvining ko`p yillar kuzatish natijasida aniqlangan o`rtacha satxi chiziq bilan belgilangan. Bu chiziqqa futshtok noli deyiladi. Agar biron – bir joyda nuqtalar balandligini Boltiq derngizi satxiga nisbatan aniqlash mumkin bo`lmasa, ya’ni nuqta balandligi aniqlanayotgan joyda absalyut balandligi ma’lum bir nuqta bo`lmasa shu joydagi biron nuqtaning balandligi ma’lum bir miqdorga teng deb qabul qilinadi va bu nuqtaga nisbatan boshqa nuqtalarning balandligi aniqlaniladi. Bu nuqtalarning balandligi shartli balandlik hisoblanadi. Nuqtalarning shartli balandligi N1 bilan belgilaniladi. Yer yuzasidagi nuqtalarning mutlaq yoki shartli balandliklari farqi nisbiy balandlik deyilib, u h bilan belgilanadi. Nuqtaning nisbiy balandligi musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin. A nuqtaning mutlaq balandligi, ya’ni dengiz sathiga nisbatan balandligi NA,V nuqtaniki esa Nv chiziq uzunligiga tengdir. A. nuqtaning shartli, ya’ni ko`l sathiga nisbatan balandligi HU ,V nuqtaning shartli balandigi esa № chiziq uzunligiga teng. A va V nuqtalarning balandliklar farqi ya’ni bu nuqtalarning nisbiy balandligi (hAB ) – V. Nuqtaning balandligi (Nv) dan A nuqtaning balandligi (Nd) ni ayrilganiga teng, ya’ni hAV=NV-NA. A nuqtaning B nuqtaga nisbatan balandligi esa hAB =NA- NB. V.nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi musbat (+), A. Nuqtaning B nuqtaga nisbatatn balandligi esa manfiydir Download 155.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling