Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni
Download 155.98 Kb.
|
Topografiya oraliq nazorat javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orientirlash
Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni Kartografiya fani juda ham ko’p fanlar bilan uzviy boglangandir. Kartografiya fanining geografiya bilan bog’liqligi haqida mashxur geograf L.I.Anuchin shunday degan edi: «Mamlakatnigeografik jihatdan qay darajada o’rganilganligi, shu hudud bo’yicha tuzilgan mazmunlikartalarning borligi bilan o’lchanadi». Kartografiya geografiya fanining hamma sohalari bilanbog’liqdir. Masalan, geomorfologiya, iqlimshunoslik, landshaftshunoslik va x.k.lar.Topografiya va kartografiya fani – geografiya, geodeziya, geofizika, matematika, geometriya, informatika, biogeografiya, landshaftshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan. Bu bog’lanishlar natijasida geografik kartalarning mazmun va mohiyati, ularda tasvirlanadigan voqea va hodisalarning joylashuvi to’g’ri talqin qilinadi. Kartografiya doirasida kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartani loyihalash va tuzish, kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish, kosmik va geoinformasion kartografiya va boshqa bo’limlarni o’zichiga oladi. Kartografiya – geodeziya va topografiya bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mayda masshtabligeografik kartalarning asosi topografik kartalardir. Kartaning asosi geodezik yo’llar bilananiqlanadi. Matematikasiz kartografiyani tasavvur qilib bo’lmaydi. Hamma kartografikproeksiyalar matematik yo’l bilan tuziladi. Xatto matematik kartografiya fani ham mavjud.Kartografiya boshqa fanlar bilan ham uzviy bog’liqdir. Kartografiya fani bir qancha qismlarga bo‘lib o‘rganiladi: Kartashunoslik – kartografik nazariyani va uning taraqqiyot (tarixini, xususiyatlarini, xillarini va kartadan foydalanish usullarini o‘rgatadi. Matematik kartografiya – geografik kartalar tuzishda ishlatiladigan kartografik proeksiyalarini, ya’ni yer ellipsoidini tekislikda (qog’ozda tasvirlash usullarini o‘rgatadi. Kartometriya – kartalarda maydon, masofa, past va balandliklarini hamda boshqa miqdor ko‘rsatkichlarini kartada hisoblash usullarini o‘rgatadi. Kartani loyihalash va tahrir qilish hamkartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lib kartaning dastlabki nusxasini tuzish va nashrgatayyorlashgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kartani chizish va jihozlash ham alohida o‘rganilib, unda kartani chizish yo‘llari, kartani nashrga tayyorlash jarayonlari o‘rganiladi.Kartani nashr qilish kartografiyaning eng asosiy qismlaridan biridir. Bu qismda kartani nashr qilish jarayoni, ishlatiladigan poligrafiya mashinalari, rang berish va tayyorlash maxsulotni sifatini aniqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Kartografik korxonalarni tashqil qilish va iqtisodiyotini o‘rganish ham alohida qismga bo‘lib o‘rganilmoqda. Orientirlash Joyda plan olishda, burchak o’lchash ishlarini bajarishda nuqtaning o’rni gorizontal yoki atrofdagi predmetlarga qarab aniqlanadi. Joyda boshlang’ich deb qabul qilingan nuqta yoki chiziqqa nisbatan o’z o’rnini aniqlashga orientirlash (lotincha “oriens” sharq ma’nosini bildiradi)deyiladi. O’lchash ishlarini olib borishda joydagi predmetlarga (quyosh, oy va yulduzlar, relef,daraxt, imorat va boshqalar) qarab gorizont tomonlarini aniqlash mumkin. Kompas kashf etilgangaqadar gorizont tomonlari ko’pincha quyoshga qarab sharqqa nisbatan aniqlangan. Kompas ishlatilaboshlagandan keyin (shimol, sharq, g’arb, janub) magnit qutbi yordamida aniqlanadigan bo’ldi.Plan olishda yo’nalishlar oralig’idagi burchaklar o’lchanadi, bu burchaklar orientirlash burchaklari deyiladi. Geografik kengklik (φ) va geografik uzoqlik (λ) burchaklari bilan aniqlanadi. Download 155.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling