Fanning geografiya fanlari ichida tutgan o’rni


Download 155.98 Kb.
bet6/18
Sana30.01.2024
Hajmi155.98 Kb.
#1816855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Topografiya oraliq nazorat javoblari

Geografik koordinatalar— yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangʻich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik G. k. boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, G. k. esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS sh.k.da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian „boshlangʻich meridian“, „nolinchi meridian“ deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharqda Oʻrta asrlarda xarita tuzishda Xoʻjand sh.dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor

  • Fanning maqsadi va vazifalari

    “Topografiya va kartografiya asoslari” fani geografik fanlar ichida fundamental fanlardan
    biri bo’lib, unda kishilik jamiyati va inson faoliyatida muhim hisoblanadi. Kishilik jamiyatidankartaning o’rni alohida bo’lib, turli geografik tadqiqotlar va yer yuzasidagi voqea-hodisalarning hududiy tarqalishi kartada yaqqol namoyon bo’ladi.
    Fanning asosiy maqsadi, respublikamizning umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim
    muassasalarida topografik va kartografik bilimlar berishga e’tibor qaratiladi. Masalan,
    umumta’lim maktablarining 3-4-sinflar va 5-9 sinflarida “Tabiyot va geografiya” fanlari dasturida topografiya va kartografiyaga oid mavzular alohida katografik yondashuvlar asosida o’tiladi, darsliklarning matn oralig’i va ilovalarida geografik kartalar beriladi. O’rta maxsus tizimda esa, fanning dasturidagi mavzularga mos ravishda bilimlar berib boriladi, oliy ta’lim tizimida ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga kiritilgan matematika va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik va qo’shimcha fanlarning har bir mavzusida geografik kartalarga murojat etishni taqazo etadi. Fanning vazifalari doirasida quyidagilar belgilanadi:
    - kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida, turli
    geografik tadqiqotlarda kartalarning o’rni alohida bo’lib yer yuzasidagi voqea va hodisalarning hududiy tarqalishi kartalarda ko’rgazmali tarzda tasvirlanishi o’rganiladi;
    - geografik adabiyotlarda yer yuzasidagi voqea va hodisalar so’z bilan ifodalansa,
    geografik kartalarda maxsus belgi-modellar yordamida chizma usullarida tasvirlanishiga e’tibor qaratiladi;
    - geografik kartalarning asosini topografik kartalar tashkil qilishi, biror hududning
    geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topografik plani va kartasining tuzilishi
    belgilanadi;
    - joyning topografik kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan geodezik asos
    bo’lishi, bu orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o’lchamlari aniqlanadi, so’ngra topografik
    kartaning asosi yaratilishi, geodezik asosning yuzaga kelishi mazmun jihatidan o’rganiladi.
    Topografiya va kartografiya fanlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan va bir-birini
    to’ldirib boradigan geografik fan hisoblanadi


    1. Download 155.98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling